|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 136/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAIsh kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va uning asosiy birdan-bir yaratuvchi elementidir. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning ikkala omili fan-texnika inqilobi ta’siri natijasida takomillashib boradi. Ishlab chiqarish vositalari va inson mehnati bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadi.
Ish kuchi ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, buning natijasida mehnat jarayoni ro‘y beradi. Faqat insongina ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va ulardan foydalanish usullarini aniqlaydi, huddi ana shu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar tizimida shaxsiy va moddiy omillarning o‘zaro bog‘liqlikda umumiy yo‘nalishini tashkil etadi.
Hozirda ishchi kuchi iqtisodiy taraqqiyotning bosh omili sifatida e’tirof etilmoqda. SHvetsiyalik iqtisodchilarning quyidagi fikrlari, ayniqsa diqqatga sazovor. “Barcha narsani iste’dod va vaqt hal qiladigan yangi davr keldi..., - deb yozadi K. Nordstrem va Y. Ridderstrale, - Ishlab chiqarish uchun eng muhim resurs botinkalarda yurib, har kuni soat 5 da ish joyini tark qiladi.84Ularning fikricha, hozirda vaqt tig‘izlashib, oniy lahzalar bilan uyg‘unlashmoqda. Inson egalik qiladigan bilimlar eskirib, kerakli yangi tajribalarga talab oshmoqda. Axborotga egalik qilish hech narsa bermasa ham, biroq undan foydalana bilish dunyo ustidan hukmronlik qilishga imkon bermoqda. Stokgolm iqtisod maktabining ikki professori ishi bejizga bestseller darajasiga etgani yo‘q. YAngi dunyoga oddiy qarash va paradigma o‘zgarishlarini qayd etish ularga shon-shuxrat va omad keltirdi. “Fanki-biznes kelajakda ko‘pdan ko‘p savollar yuzaga kelishini va bu savollarga yanada kam standart javoblar bo‘lishini ifodalaydi. Eynshteyn nohaq bo‘lgan. YAxlit nazariya bizni qutqarmaydi, dunyo ustidan hilma hillik hukmronlik qiladi”.85
Muayyan davrda ish kuchiga ega bo‘lish kerak bo‘lgan xususiyatlar qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish vositalari va o‘zlashtirilgan texnologiyalarning holati bilan ham belgilanadi. Mana shu ichki ziddiyatlar birligi orqali ishlab chiqarish omillarining bir biriga mos kelishining mohiyati namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro mos kelishi tabiatan turg‘un emas, balki o‘zgaruvchandir.
YAngi texnika va texnologiya hech qachon o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi, ularni insonlar ijod qiladi, biroq ilg‘or mehnat vositalari va texnologiyalari ishlab chiqarishda keng tarqalgandan so‘ng ishchi kuchining umumiy holatini yangi talablar darajasiga ko‘tarish kerak bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining oddiy yig‘indisi emas, chunki ular o‘zaro ta’sir qiluvchi murakkab tizimni hosil qiladi. Har qanday bir butun tizim esa uning elementlarining oddiy yig‘indisidan sifat jihatdan farq qiladi. Ishlab chiqarishning samarali bo‘lishiga texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish ta’sir qiladi.
Texnologiya ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ifoda etgan holda fan yutuqlariga asoslanib mehnat ashyolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonlar ashyolarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini o‘zlashtirib, progressivroq bo‘lgan texnologiyani joriy qilish natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish sirlarini bilib oladilar, bu esa ish kuchiga, ishchining malakasini oshirishga yangidan-yangi talablar qo‘yadi. Ushbu jarayon esa ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan uning omillari qiyofasi, fe’li va o‘zaro ta’siri ham o‘zgarib boradi.
Hozirgi ishlab chiqarish jarayonida energiya va axborotning ahamiyati oshib boradi. SHubhasizki, qudratli energiya manbaalarini o‘zlashtirmasdan turib ish kuchi, mehnat buyumlari va vositalarining o‘zaro ta’sirini samarali bo‘lishiga erishish mumkin emas. Hozirgi ishlab chiqarishni energiya bilan ta’minlash birinchi darajali masaladir.
Fan-texnika inqilobi ishlab chiqarish jarayonining zaruriy omili sifatida axborotni oldinga surmoqda. Uning mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda roli beqiyosdir.
Ishlab chiqarish munosabatlarida mulkchilik alohida o‘rin egallaydi (uni “mulkchilik munosabatlari” sifatida ifodalaydilar). Mulkchilikning ikki turi mavjud: iqtisodiy va ma’naviy mulkchilik. Iqtisodiy mulkchilik munosabatlari huquqiy maqomga ega bo‘lib, u huquqiy aktlar bilan mustahkamlanadi. Mulkchilikning alohida shakli ma’naviy intellektual mulkchilikdir: san’at asarlari, ilmiy kashfiyotlar va h.k.86 Gegelning ta’kidlashicha: “SHaxsiy farovonlikka egalik qilishim uchun mening ichki qarashim va hoxishimning o‘zi etarli emas va bunday farovonlikka erishishim uchun, bunday qo‘lga kiritilgan farovonlik boshqalar tomonidan ham tan olinishi kerak”87. Bu erda gap davlatning mulk egalarini, aniqroq qilib aytganda, xususiy mulkchilikni himoya qiladigan xukuqiy tuzilmalari haqida ketmoqda. Mulkchilikning turli shakllari va uni himoya qiluvchi huquqiy mexanizmlar iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida maydonga chiqadi.
Insonlar o‘z muammolarini tabiat kuchlaridan foydalangan holda hal qilishlari mumkin edi. Buning uchun esa jamiyat iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, unda yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarni hal etish uchun muassasaviy strukturalar va muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni topishi, ularning harakat qilishi uchun sharoit yaratuvchi va pirovard natijada undan foydalanish zarurdir. Ikkinchi tomondan muassaviy strukturalar, muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar bir biridan farq qilishi mumkin, binobarin iqtisodiy tizimlar turlicha bo‘lishi mumkin.
|
| |