|
Bozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari
|
bet | 138/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFABozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari. Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozor asosiy ijtimoiy-iqtisodiy institut hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotning o‘ziga hos generatori vazifasini bajaradi. Iqtisodiy hayotni bozorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ishlab chiqarish iste’molsiz mavjud bo‘lmaydi, ishlab chiqarishsiz esa iste’mol bo‘lmaydi. Har ikki jarayonning birligi bozor bilan taqozolangandir.
Bozorning jamiyat uchun zarurligi borasidagi qarashlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Hususan, Aflotun bozorning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuqori baholagan. Har qanday sharoitda ham inson bozorga ehtiyoj sezishini ta’kidlab, hattoki, “agar muayyan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti bilan bozorga kelib, unga xaridor topmasa, vaqtini behuda sovurgan bo‘ladimi?”, degan savolga “Yo‘q, - deydi Aflotun, - ushbu ahvolni ko‘rib, unga o‘z xizmatini taklif qiladigan odamlar topiladi... Ular bozorda pulga nimanidir xarid qilishni ... va uni yana pulga ayirboshlashni kutib o‘tiradilar”89.
Avvalo bozor insoniyat madaniyatining eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Tarixan olib qaraganda bozorning yuzaga kelish genezisi bir qaror omillar bilan bog‘liq holda kechgan. Inson hamisha, hatto o‘zining eng quyi taraqqiyot bosqichi – ibtidoiy sharoitda ham faqat o‘zi uchungina mehnat qilmagan. U jamiyat a’zosi, uning mehnat ayirboshlash mexanizmi orqali boshqalarning mehnatiga bog‘lanib ketgan. Mehnat taqsimoti, uning yangi shakllari bu bog‘liqlikni yanada zaruriyroq qilib boradi. Mehnat natijalarini ayirboshlashga erishish insoniyat tarixida juda katta inqilobiy o‘zgarish edi. Mashhur fransuz tarixchisi Fernan Brodel mahsulot ayirboshlashni haqli ravishda ozodlik, yorib o‘tish, boshqa dunyoga erishish imkoniyati bilan tenglashtiradi. Dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi bilan – chorvachilikdan dehqonchilik ajralib chiqqanidan keyin, ayirboshlash tasodifiy hodisadan doimiy jarayonga aylandi. O‘sha vaqtlardayoq qiymati bir qator tovarlar qiymatiga muqobil bo‘la oladigan tovarga zarurat paydo bo‘lgan edi. SHunday qilib pul paydo bo‘ladi. Umuman, bozor madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishida bizning zaminimiz – Turkistonning muhim va betakror xizmati bor. Bu haqda tarixiy va madaniy yodgorliklar dalolat beradi. Markaziy Osiyodagi Amu va Sirdaryolarning etaklari buyuk Nil, Dajla, Efrat, Xuanxe va Gang daryolari oqimlaridek, qadimiy madaniyat beshiklaridan hisoblanadi. YAna shuni ham e’tiborga olish kerakki, Turonzamin bir tomondan Mesopotamiya va Eron, ikkinchi tomondan Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa edi.90.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozorning asosiy institut sifatida ko‘rsatgan maktablardan biri – klassik siyosiy iqtisoddir. Ushbu maktabning bosh yutug‘i – mehnat qiymati nazariyasiga asos solinishida bo‘lgan. A.Smit (1723-1790), D.Rikardo (1772-1823) tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o‘lchanishini va buni muvofiqlashtirishda iqtisodiy hayotning murakkab tizimi sifatida bozorning rolini ochib berdi.
A.Smit bozorga obrazli qilib “barcha iqtisodiy agentlar harakatini “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” boshqarib turadi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha “bozor munosabatlarini har bir agent mustaqil ish tutib, o‘z manfaatini ro‘yobga chiqara borib, pirovard natijada “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” vositasida, o‘zi ko‘zlamagan holda maqsad sari yo‘naltiradi. U o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘pincha o‘zi ongli tarzda intilganiga nisbatan jamiyat manfaatlariga ancha ko‘proq samarali tarzda xizmat qiladi”91.
SHunday qilib, A.Smitning fikricha, iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi, bu – bozordir, millat boyligi ortishining asosiy sharti – insonga uning iqtisodiy faoliyatida erkinlik berishdan iboratdir.
Neoliberalizm oqimining taniqli namoyondasi amerikalik iqtisodchi M.Fridman iqtisodiy erkinlik himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi. Uning fikricha, bozor tizimidan iqtisodiy erkinlikni ajratib bo‘lmaydi. SHuning uchun u buyruqbozlik tizimiga nisbatan bozor tizimi hayotga ko‘proq darajada moslashuvchan, deb hisoblaydi.
Bozor mexanizmida talab va taklif muhim o‘rinni egallaydi va ko‘zga ko‘rinmas kuchga ega. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to‘lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj– kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ifodalanishi “talab” tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Bozorda xaridor o‘ziga zarur bo‘lgan narsalarni sotib olib, ehtiyojlarini qondirishga intiladilar. Ammo kishi ehtiyojlarining qay darajada qondirilishi uning muayyan tovarga bo‘lgan talabi, aholining pul daromadlari va uning o‘zgarishiga, bozor hajmiga, bozordagi mollarning narxlariga, iste’molchilarga beriladigan imtiyozlar kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo‘lishi, tovarning sifati va narxining muvofiqligi. ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga qarab tovarlarni yaratadilar, bozor talabi qondirilganda daromad topadilar. YAratilgan tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni bir vaqtda ham sotuvchi, ham xaridor vazifasini o‘tashadi. Bozor aloqalari kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo‘ladi. Tovar-pul munosabatlari umuminsoniy hodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni bir-biriga bog‘lab turadi. Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj topganda bozoriqtisodiyotiga aylanishi nazariyotchilar tomonidan tan olingan.
Ishlab chiqarishda yaratilgan turli-tuman mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bozor orqali etib boradi. Bozor ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydi, chunki hech bir narsa tekinga berilmaydi, uni bozorda pulga sotib olish talab qilinadi.
Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi92. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo‘jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo‘ladi. Agar aholi bozordan iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka tartibda ishlovchilar asbob-uskuna, mashinalar, yoqilg‘i, elektr energiya, xom ashyo va ish kuchini sotib oladilar. Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga qaytadan boshqa tovar sotib olinadi.
Demak, bozor munosabatlarida ham tovarlar, ham pul ishlatiladi. SHuning uchun buni tovar-pul munosabati deb aytiladi.
Tovar yaratuvchining mehnati ixtisoslashgan bo‘ladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar faqat u yoki bu tovarni ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, natijada kasblarning turi ko‘payib boradi. Masalan, XXI asrga kelib er yuzida 20 mingdan ziyod kasblar paydo bo‘ldiki, ular bilan mashg‘ul kishilar 60 trillion dollardan ziyod (2010 y.) mahsulot va xizmatlarni yaratdilar, bular g‘oyat xilma-xil tovarlar bo‘lib, ularni ishlab chiqaruvchilar bozor orqali bir-biriga etkazib beradilar.
Hozirgi dunyoda, ayniqsa, G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyot haqida gap ketganda, faqat bozor iqtisodiyoti anglanadi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti g‘oyat ko‘p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodi sharoitida vujudga keladi, hozirgi eng rivojlangan mamlakatlarda aniq ko‘rinadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo‘ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib (tartiblanib) turuvchi iqtisodiyotdir. O‘ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy yo‘nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo‘lgan sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi – iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining turli-tuman bo‘lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo‘lib, ayrim mulk shaklining hukmronligiga yo‘l berilmaydi. Xo‘jalik yuritish usullari ham har xil bo‘ladi. YAkka tartibda, jamoa-uyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoxud aksionerlik asosida, o‘z mablag‘iga yoki qarzga olingan mablag‘ga tayanib xo‘jalik yuritish, er va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar birgalikda boradi. Bozor iqtisodiyotiga xos yangi huquqiy tizimning o‘zagini – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil etadi. SHu bois ham, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”, – deyilgan.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti bo‘lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikka ega bo‘lishidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi o‘z tovarini yoki pulini o‘zi bilganicha ishlatadi, bunga u haqli. Har bir korxona, tashkilot, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar, fermerlar, ayrim fuqarolar o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish bilan shug‘ullanadi. Xo‘jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohida bo‘ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har xil ish bilan shug‘ullanadilar. Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar ko‘pchilikdan iborat bo‘lib, tarqoq holda foyda-zararni o‘z zimmasiga olib ish yuritadilar. Ammo ularning faoliyati qanchalik tarqoq bo‘lmasin, baribir bozor orqali bir-biriga bog‘lanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‘lganidan, u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Iqtisodiyotdagi monopolizm ishlab chiqarishning o‘zida, savdo-sotiqda, kredit-bank tizimida yoki iste’mol doirasida mavjud bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi monopolizmning tayanchi muayyan mulk shaklining tanho hukmronligidir. Bunday mavqe esa siyosiy hokimiyat va g‘oyaviy sohadagi monopolizmni yuzaga chiqaradi. Iqtiso-diy taraqqiyotga yo‘l ochish uchun iqtisodiyotdagi monopolizmni tugatish zarur, chunki mopopoliya o‘z tabiatiga ko‘ra ishlab chiqarishda turg‘unlik paydo qiladi, hukmron mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay, foyda ko‘rishi mumkin, raqobatning yo‘qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o‘z izmini o‘tkazishi mumkin. Monopoliya turg‘unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. SHu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‘nalishga ega. SHu bois, davlat raqobatlashish muhitining vujudga kelishi va uni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda davlat tomonidan iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman antimonopol yo‘l tutishga mustaqillikning dastlabki yillaridan e’tibor qaratildi. CHunki busiz raqobatlashish vaziyati paydo bo‘lmaydi. SHuni nazarda tutib, O‘zbekistonda “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra:
bozorda sun’iy taqchillik hosil etish;
narxlarni monopollashtirish;
raqobatlarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish;
raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarni ko‘zlagan holda o‘rnatiladi. Ish yuzasidan bo‘lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o‘rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‘ladi. 2008 yilning avgustida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi talabning pasayishiga olib keldi. Dunyo mamlakatlarida talabni oshirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda ishlab chiqilgan inqirozga qarshi dasturlar mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi – narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi.
Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o‘rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, o‘zgalarnikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat yo‘lida kurash qoidalariga rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan-bir yo‘li talabgir, ya’ni jamiyat uchun zarur tovarlarni ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflaganholda ularni samarali ishlatish ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. SHu jihatdan raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo‘lib, ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo‘lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashni, hatto monopoliya hosil etgan holda o‘z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartiblab turadi. Tartiblanmagan raqobat iqtisodiy erkinlikka kafolat bera olmaydi, iqtisodiyotni monopollashtirishga intilishni jilovlab tura olmaydi, chunki u o‘zbilarmonlik bo‘ladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, birinchidan, manfaatlar to‘qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchidan, sub’ektlar o‘z faoliyatini, binobarin, manfaatlarini ham muvofiqlashtirishga intiladilar. Aks holda, ularning ishi yurishmaydi. Sub’ektlarning ajralishi va yaqinlashib o‘z xatti-harakatlarini moslashtirishi bu iqtisodiyotning ikki ziddiy tomonidir. Raqobat iqtisodiy sub’ektlarning ajralishi bo‘lsa, integratsiya ularni birlashtiradi. Integratsiyaning zarurligi ham doim raqobat qilavermay, murosaga kelish, shu yo‘sinda manfaatlarni moslashtirishni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zining regulyatorlariga ega. Bozor regulyatorlari – bozordagi o‘zgarishni ishlab chiqarishga etkazib, uning bozorga moslashuvini ta’minlovchi vositalardir. Albatta, ular ma’muriy emas, balki iqtisodiydir. Ulardan eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, tovarlar jadal sotilsa, foyda ko‘payadi, ular ko‘proq ishlab chiqariladi. Tovarlar narxi pasayib, ular yaxshi o‘tmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki undan tamomila voz kechish kerak bo‘ladi.
Ammo bozor iqtisodiyotini hamma dardga davo deb, uni haddan tashqari olqishlash unga xolisona baho berishdan yiroq. Uning o‘ziga xos muammolari, nobop, zaif tomonlari ham yo‘q emas, albatta. Bozor iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo‘lganidan, unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. U o‘z-o‘zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz tabiatni muhofaza etish, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan, lekin xarajatlar qaytimi sekin bo‘ladigan, katta mablag‘ talab qiladigan inshootlar va binolarning qurilishini rag‘batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat kelajagi uchun muhim bo‘lgan nazariy izlanishlarni ham rag‘batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti ham sakrab-sakrab siklli ravishda rivojlanadi, iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo‘ladi. Prezident Islom Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish tajribasi va hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida barqarorlikka erishayotgani haqida to‘xtalib, dunyoviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xulosa va qoidalarni alohida ta’kidlagan: “bozor (talab va taklif) hamma narsani hal qiladi, degan tamoyildan kelib chiqqan holda, bozor munosabatlariga sajda qilaverish mumkin emas. Hayot tajribasi shuni necha bor ko‘rsatdiki, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni boshqarish, murakkab vaziyatlardan chiqib ketish uchun ustuvorliklar tanlashda davlatning rolidan foydalanish (bozor kuchlilar engadi, degan Darvin tamoyiliga amal qilishini e’tiborga olgan holda), aholining ko‘pchilik qismi manfaatlarini ifodalovchi davlatning rolini, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan milliy strategiyaning o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmaydi” ilmiy qoidasi bozor iqtisodiyotini ilohiylashtirish kerak emasligiga undaydi.
Bozor iqtisodiyotining ham, har qanday iqtisodiyot kabi o‘z rivojlanish qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal qilishda davom etgan qonunlar;
b) faqat bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar.
Bozor shuning uchun ham zarurki, u bir qator foydali funk-siyalarni bajaradi.
1. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lash funksiyasini bajaradi. Tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. SHu harakatning qanday yuz berishi bozorga bog‘liq. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarishdan pirovard maqsad iste’mol uchun tovar yaratishdir. Bozor tizimida ehtiyojlar tovarlarni pulga ayirboshlash orqali qondiriladi, chunki tovar ishlab chiqarish bor joyda mahsulotlar va xizmatlar bozordan o‘tmay turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelib tushmaydi. Tovarlarni albatta bozordan sotib olish zarur.
2. Bozor ishlabchiqarishning qaytadan yangilanib turishiga, ya’ni uzluksiz yuz berishiga sharoit hozirlaydi. Bozorda tovarlar sotilgach, ularning egasi qilgan xarajatlarining pulini chiqarib olish bilan birgalikda foyda ham ko‘radi. Tovarni sotishdan tushgan pulga bozorning o‘zidan resurslar olinib, ularning o‘rni qoplanadi, ular miqdoran ko‘payadi, ya’ni ishlab chiqarish omillari yangidan hosil bo‘ladi. Natijada iqtisodiy faoliyat takrorlanadi.
3. Bozor iqtisodiy regulyator, ya’ni iqtisodiyotni tartiblovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunga bozor narxlari orqali erishiladi. Narx pasaygan joydan resurslar chiqib ketadi, ular narx oshgan erga oqib o‘tadi. Bozor talabning o‘zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi haqidagi signalni (axborotni) ishlab chiqarishga etkazadi. SHunga binoan resurslar taqsimlanib, kerakli sohalarga yuboriladi va talabgir tovarlarni ishlab chiqarishga erishiladi. Mana shu jarayonlar bozor iqtisodiyotini tartiblashda qatnashib turishiga dalolat beradi. SHuningdek, pulni resurslar bilan ta’minlab pul muomalasini barqarorlashtirish vazifasini o‘taydi.
4. Bozor turli mamlakatlar, millatlar va elatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bozor munosabatlari xalqaro iqtisodiy hamkorlikning etakchi sohasi hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, YAqin SHarq,Yevropa davlatlari bilan bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli “Ipak yo‘li” nomi bilan shuhrat qozongan. Xalqaro savdo-sotiq orqali turli mamlakatlar o‘rtasida muntazam aloqalar o‘rnatiladi, davlatlar iqtisodiy jihatidan bir-biriga bog‘lanadi. Bozor ishlab chiqarishning davlatlararo miqyosda aniq ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-ehtiyojni mo‘ljalga olib yuritilishini taqozo etadi. Xullas, bozor xalqaro aloqalarni o‘rnatish va ularni kengaytirish vositasi ham bo‘ladi.
Bozorning ichki tuzilishiga har xil mezonlar jihatidan baho beriladi. Bu mezonlar raqobat, bozor sub’ektlarining ahvoli, bozor ob’ektining xarakteri, bozor muomalasining miqyosi, bozor aloqalarining qonuniyligi kabilardir. Ularning orasida raqobat va sub’ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei asosiy o‘rinda turadi. Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko‘ra bozorni ikki turga ajratish mumkin: a) erkin, mukammal raqobatli bozor; b) nomukammal raqobatli, monopollashgan yoki raqobat mutlaqo bo‘lmagan bozor.
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib, ulardan hech biri bozorda hukmron mavqega ega bo‘lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo‘lishadi. Bozor ishtirokchilarining aloqasi erkin oldi-sotdi munosabatiga asoslanadi. Monopollashgan bozor – bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron bo‘lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo‘q bozor.
Bozorning taraqqiy etishida davlat tomonidan olib boriladigan islohotlarning ahamiyati katta. Bozor islohotlari – xalq ishtirokida, lekin davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarining davlat nazorati ostida amalga oshirilishidir.
Islohotlarning quyidagi turlari mavjud:
- mulkiy munosabatlar islohoti;
- agrar islohot;
- moliya-kredit tizimi islohoti;
- ijtimoiy islohotlar;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- huquqiy islohotlar.
O‘zbekiston jahon tajribasini rad etmagan holda, ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos va mos yo‘lini ishlab chiqdi va shu yo‘ldan dadil bormoqda.
O‘z yo‘li deganda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va mustaqillikni ta’minlash muammolarining birgalikda hal etilishi tushuniladi. Mazkur yo‘lning o‘ziga xosligi shundaki, ilgari birorta mamlakat ijtimoiy (davlat) mulkka asoslangan sotsialistik tuzum o‘rnida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yo‘naltirilgan ko‘p ukladli tuzum qurmagan, ya’ni bu borada sinalgan yo‘l yo‘q edi.
Bu yo‘lning o‘ziga mosligiga kelsak, SHarq mamlakatlari, ayniqsa, O‘zbekistonda yashash, ishlash, tadbirlar o‘tkazish – hamma-hammasi qadimdan sherikchilikka, jamoa bo‘lib ish tutishga asoslangan.
Bu yo‘l O‘zbekistonni kelajakda iqtisodiyoti rivojlangan, demokratiya rivoj topgan, sotsial barqarorlik hukm surgan davlatga aylantirishni mo‘ljallaydi, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat degan ilmiy xulosaga asoslanadi. Mustaqillikning ilk yilidayoq Prezident Islom Karimov Vatan taraqqiyotini ta’minlovchi yo‘lning ahamiyatini quyidagicha ta’kidlab: “Respublikaning bozor munosabatlariga o‘tishida o‘z yo‘lidan izchillik bilan borishi demokratik o‘zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish, uning xalqaro obro‘-e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi”93, – deb ta’kidlagan edi.
Bu borada O‘zbekiston oldiga quyidagi vazifalarni belgiladi:
- barcha mulk shakllarining tengligini ta’minlash;
- iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;
- ishbilarmonlikni rivojlantirish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish;
- erkin narx-navoga o‘tish;
- iqtisodiy monopolizmga yo‘l bermagan holda raqobatga keng yo‘l ochish;
- ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatga mos bo‘lgan strukturasini yaratish;
- qudratli iqtisodiy salohiyatga tayangan holda mamlakat
- milliy boyligini oshirib, xalqning hamma qatlamlariga farovonlik, kelajakka ishonch berish;
- xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuviga erishish.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy faoliyatning erkinligi;
- mulk shakllarining xilma-xilligi;
- iqtisodiyotning antimonopolistik xarakteri;
- raqobat;
- sog‘lom pul muomalasi;
- yuridik va jismoniy shaxslarning teng imkoniyati;
- narx-navoni erkinlashtirish;
- iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirishga erishish;
- ijtimoiy yo‘nalishlarning kuchayishi;
- boshqaruvga asoslanganligi.
Bozor iqtisodiyotining jadal borishini ta’minlovchi kuchlar:
- iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu tadbirkorlar uchun keng imkoniyat yaratadi;
- qonuniy daromadlarning cheklanmasligi – bu qo‘shimcha daromad topishga undaydi;
- sog‘lom raqobat kurashi – bu kim o‘zdi qoidasini yuzaga keltiradi, yangilikni joriy etishga undaydi, texnika-texnologiyani, mehnat unumdorligini va sifatini oshiradi. Qattiq mehnat va ijro etish intizomini yaratadi.
SHunday qilib, O‘zbekiston o‘zining istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi, o‘zining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo‘lini ishlab chiqdi. Ammo, bu yo‘l g‘oyat mashaqqatli va uzoq yo‘ldir. Mustaqillikning dastlabki yillarida “O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, – deb ta’kidlagan edi Islom Karimov, – bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati etkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir. Bu – jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilish chinakam siyosiy va iqtisodiy istiqlolga erishish yo‘lidir. Bu yo‘ldan faqat haqiqiy vatanparvargina, o‘z mamlakati va xalqining taqdiri uchun butun qalbi va yuragini bag‘ishlagan, o‘z manfaatlarini respublikaning qudratli va farovon bo‘lishiga erishish maqsadlariga bo‘ysundira oladigan, bunga o‘zining kuch-g‘ayrati, tashabbusi, bilimi va mehnatini bag‘ishlay oladigan kishilargina yura oladi”94.
“O‘zbekiston yo‘li” va unga binoan respublikamizda o‘tkazilayotgan islohotlarni akademik M. SHarifxo‘jaev “Istiqlol istiqbollari” risolasida ta’kidlaganidek, “Islom Abdug‘anievich islohotlari”, deb atalsa xato bo‘lmaydi. CHunki islohotlarning ilmiy-nazariy asoslari va yo‘nalishlari Prezidentning mamlakat taraqqiyotiga bag‘ishlangan risolalari, nutq va chiqishlarida bayon etilgan. Islohotning o‘zi ham bevosita Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilmoqda95.
Bozor munosabatlari shakllanishining sotsial-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo‘ladi.
SHu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Fransiyada chop etiladigan “Liberason” gazetasi muxbirining “Turkiya modeli” xususida bergan savoliga Prezident Islom Karimov quyidagicha javob berdi: “Turkiya bozor munosabatlari yo‘liga o‘tib erishgan tub o‘zgarishlari bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil O‘zbekiston Turkiya yo‘lidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmoqchi emas. Odamzod birovning bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi”96.
Prezident Islom Karimov bozor munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi bo‘lmagan, betakror yaxlit andozamizni ishlab chiqdi va o‘z yo‘limizni belgilab berdi. Bu yo‘l uch tarkibiy qismdan iborat:
- ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi (xarakteristikasi);
- qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo‘liga o‘tishning eng muhim prinsiplari;
- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlagan, yangi jamiyat barpo etish borasida o‘z milliy andozasini ishlab chiqqan. Bunda ilk poydevor vazifasini:
- kishilarning o‘z qadriyatlari tizimi va aniq maqsadni ko‘zlab tutilgan yo‘li;
- milliy an’analar va tarixiy shart-sharoit;
- real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit;
- odamlarning tarkib topgan turmush tarzi va dunyoqarashi o‘tagan.
“O‘zbekiston yo‘li” Islom Karimov bozor islohoti yuzasidan olg‘a surgan besh tamoyilga asoslanadi. Ularning mohiyati quyidagicha:
|
| |