• Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi
  • Faol ijtimoiy siyosat
  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish
  • Iqtisod siyosatga nisbatan ustuvor




    Download 4,4 Mb.
    bet139/311
    Sana20.12.2023
    Hajmi4,4 Mb.
    #125403
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   311
    Bog'liq
    IJTIMOIY-FALSAFA

    Iqtisod siyosatga nisbatan ustuvor bo‘lishi zarur – bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqadi. Iqtisodiyot qanday bo‘lsa, ijtimoiy hayotning boshqa tomonlari ham shunga yarasha bo‘lishini tarix tasdiqlagan.
    Davlat bosh islohotchi bo‘lmog‘i kerak – bu bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan islohotlar keng jamoatchilik ishtirokida, davlat ishlab chiqqan dasturlar asosida, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshiriladi.
    Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi – bu tamoyil qonunlar oldida barchaning baravarligi, qonunlarga rioya etish, hamma uchun ham farz, ham qarz bo‘lishini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanishi, unga xos bo‘lgan faoliyat qoidalari, iqtisodiy munosabatlar, qabul qilingan huquqiy qonunlarda qayd etilishi zarurligi O‘zbekiston konsepsiyasida hisobga olinadi.
    Faol ijtimoiy siyosat yurgizish – O‘zbekiston konsepsiyasida aholining keng qatlamlari, eng avval uning nochor guruhlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish zarur, deb qaraladi. Himoyalash dasturlari aholining ruhiyati va ko‘nikmalarini e’tiborga olishi zarur.
    Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish – totalitar tizim o‘z-o‘zidan bozor tizimiga aylana olmaydi, uni faqat chuqur isloh qilish bilangina bozor tizimiga o‘tish mumkin. Tarixda hech qachon bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga o‘tish birdaniga, qisqa vaqt ichida va farmon e’lon qilgan bilan bo‘lmaydi.
    Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi.
    Davlatimiz rahbari Islom Karimov: “Faqat farmonlar, farmoyishlar chiqarish bilan bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. U uzoq tarixiy taraqqiyotning natijasi bo‘lib, tegishli infrastrukturani va huquqiy asosni yaratishgina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o‘zgarishlarni, xo‘jalik faoliyati va amaliy munosabatlarni asoslashni ham ko‘zda tutadi”97, – deb ta’kidlagan.
    Mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan davr ichida O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lining salmoqli qismini bosib o‘tdi. Iqtisodiy va siyosiy tizimni yanada isloh qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish, ichki va tashqi siyosatni shakllantirishning puxta bazasi yaratildi.



    Download 4,4 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   311




    Download 4,4 Mb.