BUDDA SHAKYA MUNI Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va nomavjud narsalarning nomavjudligini belgilovchi omildir. PROTAGORDIOHEN (DIOGEN) Insonlardagi boylikka va aslzodalikka intilish havasi qabr ichidagina barham topadi. SHAN YANARASTU (ARISTOTEL) Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi. ARASTU (ARISTOTEL)EPIKUR Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi. EPIKURXAN FEY Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘lida davom etaverishi — aqlsizlik. SITSERON MARK TULLIYEPIKTET Ey Tangri, sen inson jismiga uni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi jonli ruh ato etding. AVGUSTIN AVRELIYABULQOSIM FIRDAVSIY YOlg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin. IBN SINOL.N.TOLSTOY Toki johillik mavjud ekan, inson yovuzlikka qarshi biron chora topolmaydi. ROJER BEKON Inson qo‘li bilan yaratilgan hech bir narsa mukammal emas... ROJER BEKON PETRARKA FRANCHESKO Insonning ko‘ngli doimo bir xil taom tusamaydi. Bas, shunday ekan, aql ham mudom bir tarzda oziqlanavermasligi joiz. PETRARKA FRANCHESKO MONTEN Inson aslida kim bo‘lsa o‘shadir: u o‘z tajribasi doirasidagina fikr yurita oladi; harchand urinmasin, faqat o‘z qalbinigina bila oladi. MONTENFRENSIS BEKON Inson tafakkuriga qanot emas, balki uni qaltis sakrash va parvozdan asrovchi qo‘rg‘oshin bog‘lamoq joiz. FRENSIS BEKON |
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 180/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFABu sahifa navigatsiya:
- BUDDA SHAKYA MUNI Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va nomavjud narsalarning nomavjudligini belgilovchi omildir. PROTAGOR
- DIOHEN (DIOGEN) Insonlardagi boylikka va aslzodalikka intilish havasi qabr ichidagina barham topadi. SHAN YAN
- ARASTU (ARISTOTEL) Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi. ARASTU (ARISTOTEL)
- EPIKUR Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi. EPIKUR
- XAN FEY Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘lida davom etaverishi — aqlsizlik. SITSERON MARK TULLIY
- EPIKTET Ey Tangri, sen inson jismiga uni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi jonli ruh ato etding. AVGUSTIN AVRELIY
- ABULQOSIM FIRDAVSIY YOlg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin. IBN SINO
- L.N.TOLSTOY Toki johillik mavjud ekan, inson yovuzlikka qarshi biron chora topolmaydi. ROJER BEKON Inson qo‘li bilan yaratilgan hech bir narsa mukammal emas... ROJER BEKON
- PETRARKA FRANCHESKO Insonning ko‘ngli doimo bir xil taom tusamaydi. Bas, shunday ekan, aql ham mudom bir tarzda oziqlanavermasligi joiz. PETRARKA FRANCHESKO
- MONTEN Inson aslida kim bo‘lsa o‘shadir: u o‘z tajribasi doirasidagina fikr yurita oladi; harchand urinmasin, faqat o‘z qalbinigina bila oladi. MONTEN
- FRENSIS BEKON Inson tafakkuriga qanot emas, balki uni qaltis sakrash va parvozdan asrovchi qo‘rg‘oshin bog‘lamoq joiz. FRENSIS BEKON
Mustaqil o‘qish uchun
Faylasuflarning inson to‘g‘risidagi fikrlari
|
Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayotganda suv o‘rniga ko‘z yoshlardan foydalangan. SHu bois insonga kuch bilan ta’sir o‘tkazishga urinish befoyda ekan. Insonni bo‘ysundirish uchun imkon boricha uni yaxshi so‘zlar bilan tinchlantirib, ko‘nglini yumshatmoq va ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va mehribonlik tuyg‘ulari uyg‘onishi shubhasizdir. EZOP
Nima mushkul? — Ishning chappa ketishini xotirjam kuzatish.
Inson uchun totli narsa nima? — Umid.
Inson qaysi ishdan zavq oladi? — Foyda olishdan.
Eng yaxshi maslahatchi kim? — Vaqt. PRIENALIK BIANT
Inson hayoti azob-uqubatlardan iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish, o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni engish orqali uni engillatish mumkin. SHuningdek, inson behuda yugur-yugurlardan, mol-dunyo orttirish havasi va haddan ziyoda huzur-halovat istagidan ozod bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda har bir boy va kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta-qayta kelish azobidan xalos bo‘ladilar. BUDDA SHAKYA MUNI
Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va nomavjud narsalarning nomavjudligini belgilovchi omildir. PROTAGOR
Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish kerak. MO-SZI (MO DI)
Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar. SUQROT
O‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi. SUQROT
Aflotundan “Inson — patlardan xoli ikki oyoqli jonivordir”, degan ta’rifni eshitgan Diohen xo‘rozning patini yulib tashlaydi-da, Akademiyaga keltiradi va shunday xitob qiladi: “Mana, Aflotunning odami!” (SHundan so‘ng odamning ta’riflariga “Enli tirnoqli jonivor”, degan ibora ham qo‘shilgan ekan). DIOHEN (DIOGEN)
Insonlardagi boylikka va aslzodalikka intilish havasi qabr ichidagina barham topadi. SHAN YAN
Tabiiylik va inson... Agar biz yog‘och kursini erga ko‘mib, uning o‘sib chiqishi uchun yo‘l topolganimizda ham undan bari bir yangi kursilar emas, balki daraxtlar o‘sib chiqaveradi. ARASTU (ARISTOTEL)
Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi. ARASTU (ARISTOTEL)
Hatto eng bo‘lmag‘ur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini g‘ajib tashlaydi. EPIKUR
Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi. EPIKUR
Inson baquvvatlik borasida ho‘kizdan ojizlik qilib, chopqirlikda otdan ortda qolsa-da, bu jonivorlarning har ikkisini o‘z izmiga bo‘ysundirib, ishlata biladi. Buning boisi nimada? CHunki insonlar ho‘kiz va otdan farqli o‘laroq hamjihatlikda yashash iqtidoriga egadirlar. Xo‘sh, insonlar nimaning evaziga hamjihatlikda yashaydilar? Buning siri insonlar o‘rtasidagi vazifalarning o‘zaro taqsimlanishidadir. Xo‘sh, bu taqsimlanish nimaning evaziga amalga oshiriladi? U burch tuyg‘usi evaziga amalga oshiriladi. SYUN-SZI
Inson qalbini idishdagi suvga qiyoslash mumkin. Idishdagi suv harakatsiz, tinch turganda loyqalar tubiga cho‘kadi va suv tiniqlashadi. Bu suvdagi aksingizda qoshlaringizni, kipriklaringizni va hatto yuzingizdagi ajinlarni ham ko‘rishingiz mumkin. Ammo salgina epkin esib, idishdagi suv chayqalsa, tubidagi loyqa cho‘kindi harakatga keladi. Natijada suv xiralashadi. Endi bu suvga tikilib, hech nimani ajratib bo‘lmaydi. Inson qalbi ham shunday. Tamoyillar yordamida to‘g‘ri yo‘naltirilib, xotirjamlik va osudalik ko‘magida tarbiyalangan qalbni hech bir narsa to‘g‘ri yo‘ldan ozdirolmaydi. Ana shunda inson qalbi yaxshi-yomonni ajratib, mujmal narsalarni bilmoqlikka qodir bo‘ladi. SYUN-SZI
Har bir inson nimanidir to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bu holat donoga ham, ahmoqqa ham birdek tegishli. Biroq ular to‘g‘ri deb topgan narsalar bir-biriga o‘xshamaydi. Dono bilan ahmoq o‘rtasidagi farq ana shundadir. SYUN-SZI
Agar insonning boshiga kulfat tushsa, uning qalbi dahshat va qo‘rquv bilan to‘ladi. YUrak dahshat va qo‘rquvga to‘lgach, amallarimiz to‘g‘ri, fikrlarimiz esa etuk bo‘ladi. Fikrlar etuklashgach, ishning mohiyatiga etish uchun yo‘l ochiladi. Amallar to‘g‘ri bo‘lsa, kulfat va zararli oqibatlar barham topadi. Kulfatlar va zararli oqibatlardan xalos bo‘lgan inson bemalol yoshini yashab, oshini oshaydi. Ishning mohiyatiga etgan odam muvaffaqiyatga erishadi. YOshini yashab, oshini oshagan inson tinchlik-xotirjamlikda uzoq umr ko‘radi. YUtuqlarga erishgan odam, albatta, boylik va aslzodalikka noyil bo‘ladi. Tinchlik-xotirjamlik va umruzoqlik, boylik va aslzodalik baxt deb ataladi. Biroq baxtning poydevori baxtsizlikning ustida qad ko‘taradi. SHu bois: “Eh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir”, deyiladi. XAN FEY
Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘lida davom etaverishi — aqlsizlik. SITSERON MARK TULLIY
Aql-idrok — inson tanasiga jo etilgan ilohiy ruh zarrasi. SENEKA
Oliy baxt tuyg‘ularda emas, aql-idrokda yashirin. SHuning uchun ham insondagi eng oliy sifat — aql-idrok. U aql kuchi bilan hayvonotdan ustun turadi va ilohlarga tenglashadi. SENEKA
Eng zafarli harakatlarda ham ezgulik yoki axloqsizlik ochiq namoyon bo‘lavermaydi. Goho qandaydir arzimas bir qiliq, so‘z yoki hazil inson fe’l-atvorini o‘n minglab odamlar halok bo‘ladigan jangdagidan ko‘ra aniqroq va ro‘y-rost namoyon etadi. XERONEYALIK PLUTARX
Men nimaman? Insonman. Agar o‘zimga boshqa narsalardan alohida va mustaqil bir jon deb qaragudek bo‘lsam, u holda men so‘zsiz uzoq umr ko‘rishim, boy-badavlat, baxtiyor va sog‘lom hayot kechirishim kerak. Agar o‘zimga butunning kichik bir zarrasi sifatida qaragudek bo‘lsam, u holda ana shu butunga nisbatan har qanday xastalikka, muhtojlikka bo‘ysunishim yoki hatto bevaqt o‘limga ham shay turmog‘im lozim. SHunday ekan, mening noshukrlik qilishga haqqim bormi? Axir men noshukrlik tufayli yurishdan bosh tortib, tanadan ajralib qolgan oyoq kabi insonlikdan mahrum bo‘lib qolish mumkinligini yaxshi bilaman-ku! EPIKTET
Ey Tangri, sen inson jismiga uni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi jonli ruh ato etding. AVGUSTIN AVRELIY
Zulm inson tomonidan sodir etiladigan va u boshidan kechiradigan narsadir. Sodir etiladigani — gunoh, boshdan kechiriladigani — jazo... Inson o‘zi istagan holda zulmni sodir etadi, istamagan holda uni o‘z boshidan kechiradi. AVGUSTIN AVRELIY
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi. ABULQOSIM FIRDAVSIY
YOlg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin. IBN SINO
Insonlar va mavjudotlar dunyoga keladilar-u, so‘ng yana qaytib ketadilar. Xo‘sh, ular qaydan keladilar va qayga ketadilar? Hokimi Mutlaq tabiatni yaratib, tartibga soladi-yu, so‘ng nega unga talafot etkazdi? Agar sabab tabiatning yaroqsizligida bo‘lsa, buning uchun kim aybdor? Agar tabiat yaxshi bo‘lsa, u holda uni vayron qilishning sababi nimada? UMAR XAYYOM
Inson yuragi bitta. Agar bu yurakda oliy Samoviy qoida saqlanib qolsa, insoniy xohish-istaklar g‘oyib bo‘ladi. Aksincha, insoniy xohish-istaklar g‘olib kelsa, oliy Samoviy qoida halok bo‘ladi. Olimu fuzalolar yurakdagi insoniy xohish-istaklarni butkul yo‘qotib, uning o‘rniga oliy Samoviy qoidani mangu jo etmoqlari joiz. Eng oliy darajadagi komil donishmandlarning minglab dono so‘zlari insonlarga oliy Samoviy qoidani tushunib, tizginsiz xohish-istaklarni bartaraf etishni o‘rgatadi. CHJU SI
Umuman, tajribaga asoslangan ilmlarning hayot savoliga munosabatini bunday ifodalasa bo‘ladi. Savol: «Men nima uchun yashayapman?» Javob: «CHeksiz katta fazoda cheksiz uzoq vaqt davomida cheksiz kichkina zarralar cheksiz murakkablikda turlarini o‘zgartiradilar. Agar sen ana shu turlar o‘zgarishining qonunini anglasang, nima uchun yashayotganingni ham anglab olasan».
Ilmi aqliyaga taalluqli ilmlar sohasida o‘zimga o‘zim shunday derdim: «Butun insoniyat ma’naviy ibtidolar va ularga rahnamolik qiluvchi ideallar asosida yashaydi va rivojlanadi. Bu ideallar dinlarda, fanlarda, san’atlarda, davlatchilik shakllarida o‘z ifodasini topadi. Bu ideallar yuksalgandan yuksala boradi va insoniyat eng oliy ne’matlar sari boradi. Men insoniyatning bir bo‘lagiman, shuning uchun ham mening vazifam insoniyat ideallarini anglash va amalga oshirishga ko‘maklashishdir». Men aqlim qodir vaqtlarimda shu gaplarga qanoat qilgan edim, ammo ko‘nglimda hayot savoli aniq - taniq holda ko‘ndalang bo‘lishi bilan bu nazariya bir zumda boshdan - oyoq kunpayakun bo‘ldi. Avvalo shuni aytish kerakki, bunga o‘xshash ilmlarda muayyan g‘irromlik bor — ular insoniyatning kichik bir qismini o‘rganish oqibatida chiqargan xulosalarini umumiy xulosalar o‘rnida taqdim etadilar. Bundan tashqari bunday qarashlarning turfa xil tarafdorlari o‘rtasida «insoniyat ideallari nimadan iborat», degan masala ustida bir - biriga zid fikrlar mavjud. Ammo eng bema’nisi demayligu, eng g‘alatisi shundaki, bu nazariyaga ko‘ra har bir odam qarshisida ko‘ndalang bo‘luvchi «Men nimaman?» yoxud «Men nima uchun yashayapman?» yoki «Men nima qilmog‘im kerak?» degan savollarga javob berishdan avval inson bitta masalaga javob bermog‘i lozim. Bu masala quyidagicha turur: «Butun bir insoniyat bor. Uning nima ekani menga ma’lum emas. Men uning bir zarrasiman, binobarin, shu zarraning qisqagina bir muddat mobaynidagi hayotini bilaman. SHunga qaramay, men «butun insoniyatning hayoti nimadir? degan masalani hal qilib berishim kerak». Binobarin, odamzod o‘zining nima ekanini anglamoq uchun uning o‘zi kabi hali o‘zligini anglab etmagan ayrim - ayrim odamlardan tashkil topuvchi sirli imkoniyatning nima ekanini anglab olmog‘i zarur.
... Insoniyat donolari hayot savollariga bergan bevosita javoblar bunday turur:
«Jismning hayoti yovuzlikdan va yolg‘ondan iborat . SHuning uchun ham bu jism hayotini mahv etish ne’matdir, biz shu ne’matni tilamog‘imiz darkor», — deydi Suqrot .
«Hayot shunaqa narsaki , uning boridan yo‘g‘i yaxshiroq bo‘lardi . Hayot — yovuzlik, yovuzlikdan hechlikka ko‘chish hayotdagi birdan - bir ne’matdir», — deydi SHopengauer .
«Dunyodagi hamma narsa — hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-xurramlik va qayg‘u-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson o‘ladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bema’nilikdir», — deydi Sulaymon payg‘ambar .
«Azob - uqubatlar, zaiflashish, qarish va o‘lim muqarrar ekanini anglab turib yashab bo‘lmaydi, odam o‘zini hayotdan xalos etmog‘i, har qanday yashash imkonidan mahrum etmog‘i kerak», — deydi Budda .
Ana shu katta aql egalari aytgan narsalarni ularga o‘xshagan million - million odamlar ham aytgan, o‘ylagan, his etgan. Men ham shunday o‘ylayman va shunday his qilaman. L.N.TOLSTOY
Toki johillik mavjud ekan, inson yovuzlikka qarshi biron chora topolmaydi. ROJER BEKON
Inson qo‘li bilan yaratilgan hech bir narsa mukammal emas... ROJER BEKON
Har bir odamning shaxsiy tashvishi o‘ziga etib ortadi. Nahotki sen boshingga tushgan ko‘rguliklarga boshqa hech kim duchor bo‘lmaydi, deb o‘ylasang. YAnglishasan. Deyarli hech kim tashvishlarni chetlab o‘tolmaydi. Kimning asari yoki jasorati ko‘zi ochiqligida yuzaga chiqibdi? Inson o‘limidan so‘ng shuhrat qozonadi. Buning sababini bilasanmi? CHunki hasad uning jismi bilan birga yashaydi va birga o‘ladi. PETRARKA FRANCHESKO
Inson toki tirik ekan, yoshidan qat’i nazar, fikrlash va hukm chiqarishga qodirdir. Uning umr yo‘lida ezgulik va illatlarga ham, shon-shuhrat va sharmandalikka ham joy topiladi. Odatda kuz oyining yoqimli va barakali bo‘lishi uchun yozda mehnat qilib uning g‘amini eyish kerak. Xuddi shunga o‘xshab, umr shomi — keksalik hayotning tussiz, mevasiz, hasratli va befoyda qismiga aylanib qolmasligi uchun yoshlikda tinimsiz mehnat bilan uning poydevorini mustahkamlash zarur. Ana shunda keksalik osoyishtalik, mo‘l-ko‘lchilik va ezgulikdan kuch oladi, foydali va quvonchli o‘tadi. PETRARKA FRANCHESKO
Insonning ko‘ngli doimo bir xil taom tusamaydi. Bas, shunday ekan, aql ham mudom bir tarzda oziqlanavermasligi joiz. PETRARKA FRANCHESKO
Inson ruhiy kuch-quvvat yordamida erisholmagan narsasiga ba’zan or-nomus kuchi ko‘magida erishadi. PETRARKA FRANCHESKO
Insonning izlagani va topgani o‘rtasidagi doimiy nomuvofiqlikdan kim bexabar? NIKKOLO DI BERNARDO MAKIAVELLI
Inson qolgan barcha tirik mavjudotlardan baland ham, tuban ham emas. MONTEN
Inson aslida kim bo‘lsa o‘shadir: u o‘z tajribasi doirasidagina fikr yurita oladi; harchand urinmasin, faqat o‘z qalbinigina bila oladi. MONTEN
Insonning Erdagi hayoti — urush holatidan o‘zga narsa emas. CHunki u dangasalarning nochorligini engishi, yuzsizlikni jilovlashi, dushman zarbasidan ogoh bo‘lishi lozim. FRENSIS BEKON
Inson tafakkuriga qanot emas, balki uni qaltis sakrash va parvozdan asrovchi qo‘rg‘oshin bog‘lamoq joiz. FRENSIS BEKON
Insonning asl tabiatini yolg‘iz qolganda aniqlash oson. CHunki ayni shu damlarda u o‘zidagi yasama xo‘jako‘rsinlik niqobini olib tashlaydi. Insonni yana g‘azab otiga minganda yaxshi bilib olasiz. CHunki u bu onlarda o‘z qoidalarini unutib qo‘yadi. Insonning asliyatini yangi sharoitga tushib qolganda bilib olsa ham bo‘ladi, chunki bunday damlarda uning odatlari o‘z kuchini yo‘qotadi. FRENSIS BEKON
|
Manba: Jo‘raeva S. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. T., Yangi asr avlodi. 2002.
|
| |