|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 182/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAFUQAROLIK JAMIYATI
Reja:
1. Fuqarolik jamiyati mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari
2. Fuqarolik jamiyati haqidagi ijtimoiy falsafiy qarashlar
3.Fuqarolik jamiyati institutlari
4. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi
Tayanch tushunchalar
Jamiyat, davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tashkil etish, nosiyosiy munosabatlar, liberalizm, neoliberalizm, nodavlat notijorat tashkilotlar, nohukumat tashkilotlar, ijtimoiy sheriklik, fuqarolik nazorati.
Fuqarolik jamiyati mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari.Fuqarolik jamiyati – bir qancha gumanitar fanlarning tushunchasi bo‘lib, ijtimoiy falsafiy jihatdan jamiyatdagi nosiyosiy va siyosiylashmagan ma’naviy va iqtisodiy munosabatlarning yaxlit majmuasi. Ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida ko‘pgina jamiyatshunos olimlar “fuqaro” va “fuqarolik jamiyati”ga o‘z munosabatlarini bildirgan. Masalan, mashhur yunon faylasufi Aristotel (Arastu) o‘zining “Siyosat” deb nomlangan asarida fuqarolik jamiyat masalasiga alohida to‘xtalgan edi. Uning fikricha, qadimiy grek polislari, bu – fuqarolik jamiyatning o‘ziga xos modeli. Arastu davlat va jamiyat boshqaruvining asosiga umumxalq manfaatini ko‘zlash va fozillik tamoyillarini qo‘yadi. Agar bu tamoyillarga amal qilinmasa, fuqarolik jamiyatini qurish juda murakkab ishga aylanadi.
SHarq faylasuflaridan fuqarolik jamiyati muammosi bilan shug‘ullangan mutafakkirlardan biri Abu Nasr Forobiydir. U o‘zining “Fozil odamlar shahri” deb nomlangan asarida fuqarolik jamiyati masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Bu asarda fuqarolik jamiyatining ichki tuzilishi, fozillik va johillik asosiy sabablari, hokimiyat va boshqaruv to‘g‘risida Forobiy o‘z nuqtai nazarini to‘la ochib berdi. Bunda shuni aytish lozimki, Forobiy idealida fuqarolik jamiyati fozil jamiyatdan boshqa narsa emas, albatta.
YAngi davr falsafasida fuqarolik jamiyati muammosiga fransuz mutafakkirlari ko‘p e’tibor berganlar. SHulardan biri – Jan-Jak Russo. U o‘zining “Ijtimoiy shartnoma yoki siyosiy huquqtamoyillari” deb nomlangan mashhur asarida fuqarolik jamiyatini tuzish asoslarini qarab chiqdi: o‘zaro tenglik, huquq,qoida va me’yorlarga hurmat, siyosatda xalq manfaatlariga markaziy e’tibor qaratishdir.
Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant shunday deb yozgan edi: “Davlat alohida shaxslardan iborat, ularning birligini, garchi u shunchaki umumiylikdan iborat bo‘lsa-da, fuqarolar jamiyati, deb tushunadilar”.
SHuni ta’kidlash lozimki, “jamiyat” va “fuqarolik jamiyati” tushunchalari sinonimlar emas. Umuman olganda, jamiyat – bu kishilarning butun umumiyligi, ularni muayyan maqsad manfaatlari organik birligi va yaxlitligi. Fuqarolik jamiyati esa jamiyatningmuayyan bir ko‘rinishi bo‘lib uning bosh tamoyili o‘zini-o‘zi boshqarish, fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi. Davlat - siyosiy-ijtimoiy faoliyatida qancha ko‘p demokratiya qoidalari ishlatilsa, fuqarolik jamiyatining unsurlari shuncha ko‘p rivojlanadi. Haqiqiy demokratik davlat, bu – albatta rivojlangan fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lgan davlatdir.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi bag‘rikenglik, ochiqlik, o‘zaro hurmat, ezgulik kabi qadriyatlarga asoslanadi. Jamiyatning madaniyati va ma’lumot darajasi o‘z-o‘zini tashkil etish sinergetik jarayonlari, hamkorlik, birdamlik va o‘z-o‘zini bilishni qabul qilishga qanchalik tayyor bo‘lsa, u shunchalik fuqaroviyjamiyat bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli ta’sir etdi. Jumladan, “fuqarolik jamiyati” tushunchasini keng va tor ma’nolarda ishlatish rusumga kirdi. Keng ma’nodagi “fuqarolik jamiyati” — davlat va uning tuzilmalari tomonidan jamiyatni egallab olinmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatning qo‘li etmagan qismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevosita unga qaram bo‘lmagan qatlam sifatida rivojlanadi. SHuningdek, fuqarolik jamiyati keng ma’noda faqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balki avtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati siyosiy hokimiyat tomonidan butunlay “yutib” yuboriladi.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi tor ma’noda talqin etilganda, u huquqiy davlatning ikkinchi tomoni bo‘lib, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiy davlat sharoitida davlat tasarrufida bo‘lmagan erkin va teng huquqli individlarning o‘zaro munosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi. Bunday sharoitda jamiyat sohalariga xususiy manfaatlar va individualizmning erkin munosabatlari qamrab olinadi. Bu kabi jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi individlarning erkinlikka intilishi, ularning davlatga tobe bo‘lgan fuqarolikdan erkin mulkdor fuqarolarga aylanishi, o‘z shaxsiy hurmat-obro‘sini his qila borishi, xo‘jalik va siyosiy mas’ullikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Fuqarolik jamiyatiqurish jarayonining asosiy vazifasi – odamlarni ajratuvchi chegara va to‘siqlarni bartaraf etib, hamkorlikda ish yuritishni o‘rganishdan iborat. Fuqarolik jamiyatiinsonsoniy faoliyatining barcha sohalarida fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi. CHunonchi, siyosatda asosiy maqsad – aholi muayyan qatlamlarining manfaatlarini himoya qilish.
Iqtisodiy islohotlar tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Amaliyotda buning yo‘lida to‘siqlar mavjud bo‘lib, ishbilarmonlar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli ijtimoiy tashkilotlar, NNT (nodavlat notijorat tashkilotlari) kabi tashkilotlarga uyushmoqdalar.
Ijtimoiy himoya sohasida aholiga ijtimoiy himoyaning asosiy holatlari haqidagi ma’lumot etkaziladi, shuning uchun jamiyatda nogironlar, pensionerlar, maktab o‘quvchilari, talabalar kabi kam ta’minlangan aholi qatlamlarini himoya qilish maqsadida turli ijtimoiy uyushmalar vujudga kelmoqda.
Ijtimoiy muhit NNTlar fuqarolarning turli-tuman fikr-mulohazalarini ifodalab, hokimiyatga bildiruvchi“bufer” rolini bajarishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Ular fuqarolar faoliyatini o‘zaro to‘ldiradilar, boyitadilar. Ijodiy faollik bahs-munozaralar, “aqllarhujumi” kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Natijada muammoga yangicha qarash, unga bo‘lgan yangi yondashuvlar shakllanadi, yangi muhim natijalarga erishiladi. Bular asosida fuqarolik jamiyat davlat siyosatiga tuzatish kiritish, uni to‘g‘rilashga, jamiyatdagi keskinlikni kamaytirish va siyosiy jarayonlarda fuqarolar ishtiroki darajasini hamda qaror qabul qilish qobiliyatini oshirishga qodir. Bularning hammasi odamlarning atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga munosabatini o‘zgarishini aniqlaydi. Odamlar o‘rtasida mavjud salbiy vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirilgan yangi munosabatlar shakllanmoqda, inson endi passiv kuzatuvchi emas, balki insonlar va hodisalar o‘rtasidagi yangi munosabatlarning faol yaratuvchisidir.
Ijtimoiy muhit odamlar o‘rtasida yangi o‘zaro munosabatlarga bag‘ishlangan g‘oyalar bilan boyib bormoqda. Ijodiy yondashish jarayonida paydo bo‘lgan yangi g‘oya va tushunchalar ijtimoiy muhitda tarqalib, fuqarolar faolligini aniqlaydi va mamlakatda demokratik o‘zgarishlarning rivojlanishiga yordam beradi. Insonning o‘zi, dunyoqarashi, o‘z-o‘ziga baho berishi, atrofidagi odamlar va hodisalarga hamda o‘ziga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. Fuqarolik jamiyati – shaxsni faollashtiradigan determinantadir.
Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar “buferi” rolini bajaruvchi fuqarolik jamiyati, ular o‘rtasida haqiqatan sheriklik munosabatlarning o‘rnatilishiga yordam beradi. Birinchidan, bu – ixtiyoriy o‘z-o‘zini boshqaruvchi fuqarolar uyushma(assotsiatsiya)lari; ikkinchidan, ular manfaatlari davlat apparati tarkibiga kirish uchun kurash hamda daromad olish bilan bog‘liq emas; uchinchidan, faoliyati o‘z-o‘ziga xizmat qilish yoki aholining keng qatlamlari ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy muammolarni birgalikda hal qilishga yo‘naltirilgan.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi umumlashtirilsa, zamonaviy fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi:
- iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ-shirkatlar; ijara jamoalari; aksiyadorlik jamiyatlari; uyushmalar; korporatsiyalarning mavjudligi;
- ijtimoiy sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; ish va yashash joylaridagi o‘z o‘zini boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axborot vositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning madaniylashgan tartiblari; ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligi;
- ma’naviy sohada: so‘z, vijdon va fikr erkinligi; o‘z fikrini ochiq bildira olishning real imkoniyati; ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatdan ta’minlangani.
SHuningdek, fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bunday institutlar rivojlanmaydi. Eng avvalo, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo‘lishi zarur. Qolaversa, jamiyat a’zolaridan mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyati, ijtimoiy, intellektual, ruhiy jihatdan yuksalish ham talab etiladi. SHuningdek, har bir fuqaro o‘z shaxsiy mulkiga ega bo‘lishi, bu mulkni o‘zi istagan tarzda tasarruf qila olishi uchun bu mulkka nisbatan shaxsiy yoki jamoaviy huquqning ta’minlagan bo‘lishi shart.
Demak, bunday jamiyatning asosini fuqarolik jamiyati institutlari — siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari majmui tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati insonlardagi o‘zini o‘zi anglash, ob’ektiv ravishda mas’ullik hissini sezish qobiliyatining yuksalishi bilan hamohang ravishda shakllanib boradi. Bunday jamiyatda shakllangan fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati ham yuqori bo‘ladi.Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish fuqarolardan siyosiy, huquqiy, ma’naviy yuksaklikni talab etadi. Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bunday jamiyatni barpo etishning alohida ustuvor yo‘nalishidir. SHu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday deb ta’kidlaydi: “Biz barchamiz shuni yaxshi tushunib olishimiz zarurki, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy faolligining o‘sishi, uning siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechog‘li faol ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq”274.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamiyat boshqaruvining markazsizlashtirilishi muhim ahamiyatga ega. CHunki, bugungi kunda davlatning yakka o‘zi, agar butun jamiyat ko‘mak bermasa, barcha ijtimoiy muammolarni hal eta olmasligi aniq bo‘lib qoldi. Markaziy hokimiyat organlari inson taraqqiyoti salohiyatini shakllantirishga qaratilgan tarmoqlar rivoji bilan bog‘liq strategik masalalar bilan shug‘ullanishi kerak. U kundalik ijtimoiy muammolarni hal etishga aralashishi kerak emas. Bu vazifani mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va oilalarning o‘ziga topshirilishi kerak. Markazsizlashtirish jamiyat ijtimoiy farovonligiga taalluqli ko‘plab ijtimoiy masalarni hal etishning muhim vazifasi bo‘lib qolyapti275.
Fuqarolik jamiyati haqidagi ijtimoiy falsafiy qarashlar. Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlar antik davrdan buyon shakllanib kelayotgan bo‘lsa-da, ammo uning aniq xususiyatlari yangi davrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarda o‘z aksini topa boshladi. Mana shu davrdan boshlab davlat va jamiyat o‘rtasiga chegara tortuvchi, ularning bir-biridan farq qiluvchi tomonlari mavjudligi g‘oyalari ilgari surildi. Jon Lokk va Immanuil Kant kabi faylasuflar ham “fuqarolik jamiyati” deganda, avvalo, “davlat”ni tushunishga moyil bo‘ldilar. Ammo, bora-bora fuqarolik jamiyati bilan mutlaq davlat institutlari o‘rtasidagi tafovut ko‘zga yaqqolroq tashlanaverdi. Tomas Gobbs, Jon Lokk, SHarl de Monteske kabi olimlar jon-jahdlari bilan himoya qilgan individualizm konsepsiyasi esa kun tartibiga jamiyatning erkin fuqarosi, shuningdek, shaxs erkinligi masalasini qo‘ydi. Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi mavjud konsepsiyalar o‘ziga kshplab murakkab muammolar tizimini qamrab oldi. Bu nazariyalarni, ularning metodologik manbalari va tarixiy yo‘nalishini tadqiqot jarayonidagina anglash mumkin.
Yevropada fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi ilk g‘oyalar XVII asr o‘rtalarida Tomas Gobbsning “Tabiiy va siyosiy qonunlar unsurlari”, “Fuqaro haqida”, “Leviafan” asarlarida o‘z ifodasini topganidan keyin shakllandi. SHu davrdan boshlab fuqarolik jamiyati dolzarb ijtimoiy-siyosiy tasavvur va tushuncha sifatida takomillashib bordi. Tomas Gobbs dastavval insondagi tabiiylikni uning ijtimoiy sifatlariga qarama-qarshi qo‘ydi. Bu davrdagi qarashlarda boshqarilib bo‘lmaydigan, nosiyosiy, shu sababli ham ijtimoiylashmagan, ya’ni jamiyat va davlat qonunlariga yoki hokimiyatga, shuningdek, siyosatga bo‘ysinuvchi ijtimoiy borliqda ayrim kengliklar ham mavjudligiga doir tasavvurlar shakllandi.
Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi yangi qarashlarning dastlabki muammolaridan biri – uning kelib chiqishidagi tabiiylik bilan ijtimoiy-siyosiy jihatlarini asoslab berish edi. Bu davrda insonni o‘zini ikki xil – tabiiy va ijtimoiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi qarashlar paydo bo‘lgan edi. Unga binoan, jamiyat, davlat va uning siyosati tabiiylik kasb etishi lozim. Jamiyatning ana shunday siyosati tabiiylik kasb etishi lozim. Jamiyatning ana shunday tabiiy boshlanishini sivilizatsiyaga erishganlik, deb baholash rasm bo‘ldi. Natijada civilitas – boshqaruv, fuqarolik, davlat, siyosat, fuqarolik jamiyati tushunchasiga o‘tish boshlandi.276
Tomas Gobbs jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, fuqarolik munosabatlari bilan siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirish maqsadlari huquqiy davlat qurish muammolarini kun tartibiga qo‘yishini yozgan edi. Uning fikricha, albatta, huquqiy davlatni barpo etmay turib, fuqarolik jamiyati qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi277.
Demokratik jamiyat qurish qurish masalalari sohasida boy ilmiy meros va tadqiqot uslublari shakllanishiga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Jan Jak Russodir. Russo o‘rta – “uchinchi tabaqa” mafkurasi asoschilari jumlasiga kiradi.
Russoning yozishicha, “Tabiiy holatda ozgina bo‘lgan notenglik bizning qobiliyatlarimiz rivojlanishi va inson tafakkuridagi muvaffaqiyatlar hisobiga o‘sib boradi va nihoyat, mulkchilik va qonunlarning o‘rnatilishi natijasida yanada mustahkamlanadi va qonunlashadi”278. Natijada shaxslar o‘rtasidagi notenglik huquqi tabiiylik huquqi bilan ziddiyatga kirishadi. SHundan kelib chiqib, Russo ilgari surgan ijtimoiy shartnomaga muvofiq holda xalqning suverenlik huquqi asoslab berilgan: shartnoma faqat xalq va huqumat o‘rtasida emas, balki millatning barcha a’zolari o‘rtasida tuziladi. Bu shartnoma ijtimoiy atomlar qorishmasi yoki individumlar yig‘indisi emas, balki hamyurtlar – vatanparvarlar hamjamiyatidir. Hamyurtlar irodalari mexanik yoki arifmetik jihatlardan birlashmaydi. Bu “barchaning irodasi” emas, balki haqiqiy hamyurtlar umumiy manfaatlarini ifodalaydigan umumiy irodadir. Bu umumiy iroda “har vaqt doimiy, o‘zgarmas va shaffofdir”. U o‘zida bo‘linmas va ajralmas xalq suverenitetini ifodalaydi, hukumat xalqning qo‘lidan xalq irodasiga muvofiq bajaradigan ijroiya hokimiyatini topshiriq sifatida oladi va bu irodani buzishga haqqi yo‘q.
SHu bilan birga, yillar o‘tgan sayin Russo nazariy qarashlarida o‘zgarishlar ham ro‘y bera boshlaydi. U o‘zining “Tengsizlikning kelib chiqishi va sabablari tshg‘risida mulohazalar” asarida yozishicha, go‘yoki jamiyat rivojlanishining o‘zi ichki zaruriyat bo‘lib, pirovard natijada despotizmga barham beradi. “Ijtimoiy shartnoma” asarida esa bu kabi zaruriyatga ehtiyojlar ko‘zga tashlanmaydi: ichki zaruriyat emas, balki faqat hukumatning o‘z hokimiyatini suiste’mol qilishi xalqning dastlabki erkinliklarini xavf ostiga qo‘yadi. O‘z hokimiyatini suiste’mol qilish natijasida hukumat oliy hokimiyatni egallagan davrdan boshlab “ijtimoiy shartnoma buziladi va oddiy fuqarolar o‘zlarining dastlabki tabiiy erkinlik huquqlariga ega bo‘lgan holatga qaytadilar. Bunda fuqarolarni faqat zo‘rlik bilan itoat ettirish mkmkin, lekin endi ular itoat etish majburiyatini o‘zlaridan soqit qiladilar”.
Umuman Russoning nazariy qarashlari, ayniqsa, xalq suverenitetiga doir ilmiy merosi hozirgi davrdagi fuqarolik jamiyatiga oid nazariy qarashlarni rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdi. Uning axloq me’yorlari va ijtimoiy shartnoma asosida jamiyat barpo etishga doir ilmiy izlanishlari inson erkinligi va huquqini ta’minlash soxasidagi birlamchi manba sifatida yashab kelmoqda. SHuningdek, jamiyatni o‘rganishning Russo asoslab bergan uslubiy yondashuvlari hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Fuqarolik jamiyatiga doir nazariy manbalarning rivojlanishida Immanuil Kantning munosib hissasi bor. Kant fuqarolik jamiyati barpo etishni insoniyatning eng asosiy vazifasi, deb bildi: “Inson zotini o‘z muammolarining echimini topishga intilishi natijasi, bu – umumiy huquqiy fuqarolik jamiyatiga erishishdir. O‘z a’zolariga buyuk erkinliklar beradigan jamiyatgina o‘zida to‘la antagonizm mavjud bo‘lishiga qaramasdan, boshqalarning erkinliklari bilan kelisha oladi, bu erkinliklarni aniqlab va belgilab beradi. Faqat shunday jamiyatdagina tabiatning oliy maqsadi amalga oshishi mumkin: insoniyatga ato etilgan barcha qobiliyat nishonalari rivojlanadi; shu bilan birga, unga nisbatan belgilangan boshqa maqsadlar qatorida ana shu maqsad ham o‘z-o‘zidan amalga oshishi tabiatning xohishidir”. Insonning fuqaro sifatidagi muxim huquqiy belgisi erkinlik, tenglik va mustaqillikdir279.
SHubhasiz, fuqarolik jamiyati va davlat munosabatlarini mukammal ishlab chiqqan mutafakkirlardan yana biri G.Gegeldir. Fuqarolik jamiyati, deb ta’rif beradi Gegel, faoliyati qonun bilan boshqariladigan shaxslar, sinflar, guruhlar va boshqa institutlarning majmuasi bo‘lib, bu majmua to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy davlat boshqaruviga bog‘liq emas. SHuningdek, Gegel bu haqda quyidagi fikrni bildirgan: “Fuqarolik jamiyatining tabiati shundayki, unda har bir alohida insonning huquqi davlatning shaxsiy huquqiga aylanishga ulgurgan bo‘lib, unda davlat “o‘zining zimmasiga” mening huquqlarimni xuddi o‘zining huquqlaridek himoya qilish va qaror toptirish majburiyatini oladi”280.
Gegel birinchilardan bo‘lib “davlat” va “fuqarolik jamiyati” o‘rtasida ham tafovutlar, ham o‘zaro bog‘liqliklar borligini ta’kidlab, fuqarolik jamiyatini inson mehnatining rohatini topadigan joy, deb qaraydi. SHu bilan birga, mutafakkir davlat insonga bunday jamiyat qurish imkoniyatini ochib beradi, degan fikrni bildiradi281.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari jamiyatlaridagi o‘rta mulkdorlar tabaqasining mustahkamlanib borishi, sanoat va savdoning rivojlanishi, bozor munosabatlarining kengayib borishi bilan erkinlashtirish mafkurasi ham shakllanib bordi. XIXasrga kelib bu mafkura ta’sirli siyosiy va intellektual oqimga aylandi. Bu mafkuraning tarafdorlari boshqa turlicha ijtimoiy tabaqalarda ham mavjud edi. Lekin, liberalizmning asosiy ijtimoiy tayanchi, avvalo, sanoat va savdo sohasidagi o‘rta tadbirkorlar, shuningdek, mayda mansabdorlarning ba’zi vakillari, erkin kasb egalari va universitetlar olimlaridan iborat edi.
O‘rta ijtimoiy qatlam, ya’ni “uchinchi tabaqa”ning liberal mafkurasini yaratishga Ieremiya Bentam (2748-1832) katta hissa qo‘shdi. U Tomas Gobbs, Jon Lokk, David YUm ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari, XVIII asrdagi fransuz ma’rifatparvarlari Klad Andian Gelvetsiy, Anri Golbax qarashlarini chuqur o‘rganish asosida utilitarizm nazariyasiga asos soldi. Unga muvofiq to‘rtta qoida asos qilib olinadi: qoniqish olish va azoblanishning barham topishi insoniy faoliyatning mohiyatini tashkil etadi; foydali bo‘lish, qandaydir masalani echish vositasi bo‘lish imkoniyati – barcha hodisalarni baholashning eng ahamiyatlim mezoni hisoblanadi; ma’naviyat odamlarga baxt-farovonlik keltirish maqsadida ko‘pchilik tomonidan yaratiladi; individual va umumiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan umumiy foydani ko‘paytirish insoniyatning eng muhim rivojlanish g‘oyasidir282.
Bentam XIX asrdagi liberalizmga asos solgan mutafakkirlardan biridir. Lekin Bentam liberalizmining betakror tomonlari ham bor. Ma’lumki, liberalizmning negizi, deb shaxs erkinligi to‘g‘risidagi qoida, individning xususiy mulk va siyosiy-huquqiy tizim tomonidan ta’minlanadigan faoliyatning avtonom kengligi va individning o‘zini o‘zi ifodalay olishi kabilar tushunilgan. Lekin Bentam alohida olingan inson haqidagina fikr yuritmaydi, balki u ko‘proq shaxsning havfsizligi va manfaatlari nuqtai nazaridan baho beradi. Inson o‘zining g‘amini o‘zi eyishi, o‘z farovonligini ta’minlashi, tashqi yordamga kamroq muhtoj bo‘lishi lozim. Faqat insonning o‘zigina shaxsiy manfaat va foyda nima ekanligini belgilay oladi. Bentam individlarga erkinlik berish bilan jamiyatga ko‘proq foyda keltirish mumkinligini aytgan edi. SHu bilan birga, Bentam fuqarolik jamiyatining eng muhim belgisi bo‘lgan inson erkinligi va uning mezonlarini tahlil etishning uslubiy asoslarini ham rivojlanishiga kata hissa qo‘shdi.
Liberalizm asoschilarining ichida Jon Styuart Mil (1806-1873) alohida ajralib turadi. Millning fikricha, axloqiylikning oliy darajada ifodalanishi, bu ideal insoniylik bo‘lib, bu fazilat boshqalarning baxtu saodati uchun jamiyatga fidoyilik bilan xizmat qilish demakdir. Bularning hammasi faqat erkin inson uchun taalluqlidir. Indiavid erkinligi shunday “farmonbardor yuksaklikka”, uni Mill siyosiy va huquqiy muammolarni hal etish kafolati, deb qabul qiladi. Erkinlik liberalizm uchun an’anaviy bo‘lib, ular quyidagilardir: insoniy shaxs erkinligini saqlash va uning uchun shart-sharoit yaratish, erkinlik, tartib va taraqqiyot, optimal siyosiy tuzum, davlatning ta’sir qilish darajasining chegaralanganligi va hokozo.
Mutafakkir talqiniga binoan, individual erkinlik insonning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan xatti-haraktlaridagi mutlaq mustaqillikdir; bu shuni ifodalaydiki, insonning bu sohada o‘ziga o‘zi janob bo‘lish imkoniyati va unda o‘zining shaxsiy fikri asosida xatti-harakat qilishidir. Mill individual erkinlik doirasi sifatida, xususan, quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi: fikrlash va fikr bildirish erkinligi, boshqa individlar bilan o‘zaro haraktdagi erkinlik, hayotiy maqsadlarni tanlash va ulardagi erkinlik, shaxsiy taqdirni mustaqil belgilash. Bularning hammasi individning rivojlanishi, faoliyatini o‘zi amalga oshirishi, shu bilan birga, tashqaridan avtonom shaxsga o‘tkaziladigan tazyiqlarga to‘siqlar qo‘yilishidir.
Millning fikricha, shaxs avtonomligiga tahdid faqat “hukumatning musta’bidligidan” emas, balki jamiyatdagi fikrlar musta’bidligidan, ko‘pchilikning fikri ozchilik erkinliklarini cheklash natijasida ham ro‘y berishi mumkin.
Individ erkinligi xususiy shaxs sifatida siyosiy tizim va uning faoliyatiga nisbatan birlamchidir. Bunday muhim holat davlatning kishilarni risoladagiday insoniy hayot qurish, uni yaxshilashga doir irodasi va qobiliyatiga bog‘liq ekanligini ochib beradi: jamiyat qanday bo‘lsa, davlat ham shundaydir; jamiyat davlatning adolatli faoliyat yuritishi uchun mas’uldir. Munosib davlatning asosiy yashash sharti, bu – xalqning o‘zini o‘zi takomillashtirishi va insonlarning davlatni adolatli siyosat yuritishga doir o‘zlari mo‘ljjallagan yuksak sifatga intilishi darajasiga muvofiq bo‘lgan natijadir.
Mill fuqarolik jamiyatining asl mohiyatini quyidagicha ifodalaydi: “Qanday boshqarilishidan qat’i nazar, individum fikrlash va so‘z erkinligiga, shuningdek, uyushmalar tuzish erkinligiga ega bo‘lmagan jamiyatning o‘zi erkin emas, faqat shunday jamiyatni erkin deyish mumkin: unda individual erkinlikning barcha turlari kimligidan qat’i nazar, mazkur jamiyatning barcha a’zolarining hammasi uchun bir xilda mutlaq ravishda mavjud bo‘ladi... Agar jamiyat har bir insonning qanday yashashini boshqalar tomonidan majburiy belgilab berishiga emas, balki, har bir insonga o‘zi eng yaxshi deb tanlagan hayot tarzini kechirishiga imkon yaratib bersa, u faqat yutuqqa erishadi”283.
Millning liberalizm mafkurasi g‘oyalari nafaqat individual erkinlik, balki davlat va jamiyatni tashkil etish mexanizmini demokratik va huquqiy asoslarda tashkil etishga yo‘g‘rilganligi bilan e’tiborlidir. Xullas, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat konsepsiyasi liberal siyosiy fikrlarning bosh maqsadlaridan biridir. Hattoki, liberalizm asoschilari jamiyatning kuchli bo‘lishi uchun dvlat hokimiyati boshqaruvi faoliyati chegarasi va yo‘nalishlarini aniq belgilash, ularning bajaradigan funksiyalari hajmi ko‘payib ketmasligining tarafdori bo‘lib chiqdilar. Masalaning ana shunday tarzda qo‘yilishi esa tarixiy zaruriyat edi. Mill ilmiy merosi fuqarolik jamiyatining eng muxim jihatlarini o‘rganish uslubiyoti sifatida ham hozirga qadar o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. XIX asrning birinchi yarmida Fransiyada yangi shakllangan o‘rta qatlamlar mafkurasi asoschilaridan biri Benjamin Konstanning fuqarolik jamiyatini shakllantirish, jamiyat a’zolari erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holda huquqiy davlat qurishga doir nazariy qarashlari hozirgi davr liberalizmi g‘oyalarini shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. Aksariyat olimlar asosli ravishda Benjamin Konstan tomonidan umrining so‘ngi yillarida yozgan asarlaridan kelib chiqqan holda, uni “Yevropa liberalizmining ruhiy otasi”, deb ham ataydilar. Konstan uchun davlat va jamiyat hayotini tashkil etishning shunday tartiboti tabiiylik kasb etishi zarurki, unga binoan davlat institutlari individual erkinlik, shaxs huquqining begonalashmasligi kabi asoslarga tayanib turuvchi piramidani tashkil etsin; ana shu holatdagina davlatning o‘zi bir siyosiy butunlik sifatida mamlaktda shakllangan kishilarning turli jamoalari tizimini ifodalaydi.
Konstan inson huquqlari va erkinligi ta’minlanmasa, u jamiyatda mustaqil shaxs sifatida va erkin tafakkurlash asosida o‘zini o‘zi namoyon qila olishiga ishonmaydi. Kishilar o‘zlarining individual xatti-harakatlari evaziga o‘zlaridan yuqori turadigan qandaydir shaxslarning hukmronligisiz ham munosib hayot kechira olishiga qobildirlar. Ana shu qarashlarga amal qilgan Konstan J.J.Russoning xalq suvereniteti ulug‘vorligiga erishish to‘g‘risidagi tezislariga tuzatishlar kiritadi. Bu suverenitet chegarasi “xususiy shaxs va shaxsiy hayot mustaqilligi” boshlangan joyda tugashi lozim. Ana shunday doiraning mavjudligi hokimiyatni kuchayib ketmasligini tiyib turish va uning ustidan nazorat etishni jamiyat siyosiy-institutsional tuzilishining muhim prinsipiga aylantiradi.
Lekin Konstan “davlat umuman kuchsiz bo‘lishi lozim”, degan liberallar sirasiga kirmaydi. Bu sohada uning talablari boshqacha: hokimiyat institutlarining ijtimoiy foydali tomonlarini mustahkam mexanizmlar bilan aniq ravishda kengaytirish va belgilash lozim. Jamiyat uchun davlat hokimiyati hajmiga qanchalik zarurat tug‘ilsa, davlatga shunchalik huquqlar berish kerak bo‘ladi. SHuningdek, quyidagi ko‘rsatilgan vazifalar asosidagi davlatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur: “huqumat o‘z sohasi doirasidan chetga chiqishi kerak emas, ammo uning hokimiyati o‘z sohasi yo‘nalishida hech bir cheklanmasligi shart”284.
Jamiyat va jamoatchilik tomonidan nazorat etiladigan davlat hokimiyati institutlari bilan bir qatorda matbuot erkinligi, shaxsiy erkinlik kafolati singari mezonlar tayanadigan huquq ham yuqori darajaga ko‘tarilishi lozim. Konstan huquqning jamiyatni tashkil etishdagi o‘rniga yuksak baho berib, huquq har qanday ko‘rinishlardagi o‘zboshimchalikka qarshi turishini ochib beradi. Huquqiy shakllar “insoniy jamiyatning go‘yoki najot farishtalari”, tashkiliy mohiyati, “insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun shart-sharoitlar yaratuvchi birdan-bir imkoniyat asosi”dir285.
Fuqarolik jamiyati sharoitida shaxsiy erkinlikni barcha huquqiy asoslar vositalari bilan ta’minlash va uni qattiq himoya qilishga kirishgan mutafakkirlardan biri – Aleksis de Tokvildir (1805-1859). Uni dunyoga mashhur qilgan asarlar – “Amerikadagi demokratiya” va “Eski rejim va inqilob” nomli kitoblaridir.
Tokvil, asosan demokratiyaning nazariy va amaliy jihatlariga ko‘proq qiziqdi. Bu sohani u o‘z davrining eng ahamiyatli voqeligi, deb qaradi. SHuningdek, Tokvil demokratiyani keng talqin qildi. U feodal tuzumga qarama-qarshi bo‘lgan, shuningdek, oliy hamda quyi tabaqalar o‘rtasidagi chegarani tan olmaydigan ijtimoiy tuzumga o‘tish g‘oyasi bilan yashaydi. Bu g‘oya mazkur ijtimoiy tuzumni ifodalaydigan siyosiy shaxs faoliyati bilan ham uzviy bog‘liq edi. Demokratiyaning negizi – tarixda qaror topishi kutilgan tenglik prinsiplaridir. “Tenglikning asta-sekinlik bilan qaror topishi yuqoridan hukm etilgan va chetlab o‘tib bo‘lmaydigan zaruriyatdir. Bu jarayon quyidagi asosiy belgilar bilan aniqlanadi: u butun dunyoviylik va uzoq muddatlilik xarakterini kasb etadi va har bir kun oz-ozdan rivojlanib boradi, unga erishish kishilar irodasiga bog‘liqdir...”.
SHuningdek, Tokvil demokratik institutlar qatoriga matbuot erkinligi, maslahatchilar sudi, sudning mustaqilligi kabilarni ham kiritadi. Tokvil etuk demokratiya nazariyotchisi, bir vaqtning o‘zida izchil liberal sifatida ana shu haqiqatni chuqur anglab etdi va ularni liberalizmning asosiy qadriyatlari sifatida ifoda etdi. Darhaqiqat, ana shu qadriyatlar xalqning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan davrida, ya’ni, tenglik oliy maqom darajasiga ko‘tarilgandagina oliy qadriyat – erkinlikni to‘liq, bekamu ko‘st ta’minlash imkoniyatlari tug‘iladi.
XIX asrning birinchi yarmida fuqarolik jamiyatiga doir nazariy qarashlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan nemis olimlaridan liberalizm mafkurasining yirik namoyondalari qatoriga – Fridrix Dalman, Robert fon Mol, Kerl Rottek, Karl Velker, YUlius Fryobel kabilarni kiritish mumkin. Ularning qarashlari va faoliyati o‘sha davrdagi Germaniya siyosiy va ruhiy iqlimiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Lekin, ularning ichida umumYevropa ahamiyatiga ega, liberal g‘oyalari va asarlari bilan tanilgani – Vilgelm fon Gumboldtdir.
Gumboldt ijtimoiy fanlar tomonidan XVIII asrda boshlangan jamiyat va davlatni differensiyalash tarafdori edi. Bu differensiyalash chegaralari esa quyidagicha o‘zaro farqlanishlardan iborat bo‘ldi:
milliy muassasalar tizimi (tashkilotlar, ittifoqlar, individlar tomonidan, quyidan shakllanadigan har qanday uyushmalar) bilan davlat institutlari va xizmati o‘rtasidagi farqlanish;
“tabiiy va umumiy huquq” bilan bevosita davlat tomonidan tuziladigan pozitiv huquq o‘rtasidagi farqlanishlar;
“inson” bilan “fuqaro” o‘rtasidagi farqlanishlar.
Davlat va jamiyat o‘rtasida chegaralar o‘tkazar ekan, Gumboldt ularga teng qimmatga ega bo‘lgan o‘lchovlvr sifatida qaraydi. Uning nuqtai nazaricha, jamiyat davlatdan ahamiyatliroqdir, inson esa siyosiy ittifoq (“davlat”) a’zosi (shaxs) – fuqaroga nisbatan ancha kattaroq va ahamiyatliroqdir. Ana shu sabablarga binoan, “tabiiy va umumiy huquq” pozitiv huquqning yagona asosi sifatida davlat qonunlarini ishlab chiqish va qabul qilishda amal etishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich ko‘rsatmadir.
Davlatning yashash maqsadi – jamiyatga xizmat qilishdir: “davlat hokimiyatining haqiqiy hajmi jamiyat farovonligi uchun barcha imkoniyat darajasida qilishi kerak bo‘lgan ishlardir”. Gumboldt mavhum “jamiyat” tushunchasida jamiyatni alohida – tashkil etuvchi individni anglashga intiladi. Undan shunday tezis kelib kelib chiqadi: “davlat tuzumi yagona maqsad emas, balki u insonning rivojlanishi uchun bir vositadir”, xolos.
Gumboldt Yevropa ilk burjua liberalizmi uchun xos bo‘lgan “minimal davlat” konsepsiyasi tarafdori edi. U fuqarolarning ijobiy farovonligi uchun davlat murabbiyligi g‘oyasiga butunlay qarshi edi. YA’ni, u davlatning ularning axloqi, sog‘ligi, turmush tarzi, shaxsiy baxtiga aralashishini ma’qul ko‘rmas edi.
Gumboldtga binoan davlat funksiyalarining faolligi doirasi keskin qisqargan edi. Uning sababini u quyidagicha izohlaydi: kishilarni yagona ijtimoiy uyushmaga birlashtirish cheksiz va turli-tuman insoniy kuch va faoliyatlarni yaratadi. Ana shunday sharoitlarda boy qiyofalar, to‘laqonli harakterlar rivojlanadi; unda o‘z qadr-qimmatiga egaligidan faxrlanadigan ichki g‘ururga va erkinlikka doxil insonlar shakllanadilar. Davlat esa o‘z tabiati va o‘tmishidan kelib chiqib, betakrorlik, turli-tumanlik, har qanday ziddiyatlar va mojarolarga betoqatlik bilan munosabatdagi oliy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtiradi. CHunki, u ijtimoiy uyushishga xos, individualliklar, manfaatlar, irodalar, turlicha fikrlar, xatti-harakatlarning cheksiz turli-tumanligini noxush qabul qiladi.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasiga V.I.Kuraev, jamiyatdagi nosiyosiy: iqtisodiy, sotsial, ma’naviy, diniy, milliy va boshqa munosabatlarning mutanosibligini ifodalaydigan tushuncha sifatida qaraydi. Davlat tomonidan halaqit berilmaydigan va davlat aralashmaydigan erkin fuqarolar, ixtiyoriy jamiyatlar, assotsiatsiyalar va tashkilotlarning faoliyat maydonidir. Fuqarolik jamiyatida, deb yozadi I. A. Gobozov “davlatning barcha fuqarolari tashabbus ko‘rsatishlari mumkin, rasmiy hokimiyat va davlat organlarining u yoki bu harakatlariga, qarorlariga nisbatan ochiqdan ochiq e’tiroz bildirishlari, muhokama va tanqid qilishlari mumkin va ko‘pchilik hollarda norasmiy tashkilotlar, strukturalar ta’siri ostida rasmiy tashkilotlar o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladilar”286.
Fuqarolik jamiyatining nosiyosiy, nodavlat xususiyatga ega ekanligini A. A. Fedoseevningquyidagi ta’rifida ham ko‘rishimiz mumkin: “Fuqarolik jamiyati – bu, o‘z ehtiyoj va manfaatlarini nosiyosiy, nodavlat usullari bilan qondiradigan individlar ijtimoiy hayot tarzining tabiiy formasi”287.
Fuqarolik jamiyatining hozirgi zamon talqini quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
– fuqarolik jamiyati ochiq ijtimoiy organizmdir. Unda so‘z erkinligi, tanqid qilish erkinligi, oshkoralik, axborot olish erkinligi, mamlakat hududida erkin harakatlanish huquqlari e’tirof etiladi;
– fuqarolik jamiyati hurfikrlilik o‘rnatilgan jamiyatdir. Turli manfaat va nuqtai nazarlarni ifodalovchi ijtimoiy institut va tashkilotlar (nodavlat notijorat tashkilotlari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, tadbirkorlar uyushmalari, assotsiatsiyalar, klublar va h.k.) mavjud bo‘ladi;
– fuqarolik jamiyati – o‘zini o‘zi boshqarish tizimiga ega jamiyatdir. Ushbu jamiyat davlatdan mustaqil holda o‘zini rivojlantira oluvchi ichki salohiyat va manbalarga egadir. SHu bois, u davlat hokimiyatini chegaralash vositalariga ega bo‘ladi. Bunda fuqarolar tashabbuskorligi va siyosiy faolligi rag‘batlantiriladi;
– fuqarolik jamiyati huquqiy demokratik jamiyatdir. Bunda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi ta’minlanadi. Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati qaror topishi natijasidagina rivojlanadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatiga qarama-qarshi qo‘yilmaydi.Ular bir-birini to‘ldiradi. SHunday qilib, umumlashtirilgan tarzda fuqarolik jamiyati, avvalo, kishilik jamiyatining eng mukammal, eng yuqori bosqichi ekanligini ta’kidlash joiz.
|
| |