2
Malakaviy ishlab chiqarish amaliyotining dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202__ yil “____” _____________ dagi _______ -sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan (buyruqning ilovasi) “Suv xo‘jaligida
innovatsion
texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti va
namunaviy o‘quv rejasi asosida tayyorlangan.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” Milliy tadqiqot universiteti Kengashining 202__yil “__” ___________dagi
____ -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
A.G.Sherov
B.T.Amanov
N.N.Gadayev
Taqrizchilar:
B.Soliyev
S. Nurjanov
–
“TIQXMMI”MTU, “Gidromeliorativ tizmlardan
foydalanish” kafedrasi mudiri, prof, t.f.d.;
–
“TIQXMMI”MTU, “Gidromeliorativ
tizimlardan
foydalanish” kafedrasi dotsenti.
–
“TIQXMMI”MTU, “Gidromeliorativ tizimlardan
foydalanish” kafedrasi dotsenti (PhD).
–
“Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot
instituti” laboratoriya mudiri dotsenti. t.f.d;
–
“TIQXMMI”
MTU,
“Gidrologiya
va
gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti, t.f.n.;
“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish”
kafedrasi mudiri:
2022 yil «_____» «_____» _____________ A.Sherov
imzo
3
KIRISH
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-145-sonli Quyi
boʼgʼinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari
orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida qarorida Suv
resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini toʼlaqonli
yuritish, suv
isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarga
xususiy sektorni keng jalb qilish maqsad qilingan. Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-144-sonli Qishloq xoʼjaligida suvni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida qarorida
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni
bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini
yumshatish,
shuningdek, qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali
foydalanish maqsad qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27
dekabrdagi “Paxta xomashyosini yеtishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalardan
keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlarga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 4087-sonli qarori, 2019 yil 9 oktyabrdagi
“Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ - 4486-sonli qorori, 2020 yil 7 iyuldagi PQ – 6024 - sonli “O’zbekiston
Respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo’ljallangan
Konsepsiyasi va 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimni
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-3702 sonli qarorlarida
ko‘rsatilgan oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlash, talabalarning
malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazishni samarali tashkil etish,
har bir talabaning tegishli tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida
malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini tashkillashtirish, talabalarning ishlab
chiqarish va malakaviy amaliyotlarini sohaviy korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish
jarayonlari bilan chambarchas bog‘lash, korxona va tashkilotlar ob’ektlarida talabalarning
amaliyotini tashkil qilish va ustoz-shogird tizimi asosida o‘tilishini ta’minlash hamda
talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy
hujjatlari, zamonaviy informatsion
dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish, tizimdagi korxonalar va
tashkilotlarda talabalarning ilmiy ishlarni bajarishga ko‘maklashish kabi belgilangan
vazifalar amalga oshirish maqsadida ushbu amaliyot dasturi ishlab chiqilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish
va jadal rivojlantirish” bandida sug‘oriladigan еrlarning meliorativ holatini yanada
yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish
sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni
tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan
4
qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish singari muhim masalalar bugungi kunda soha
oldidagi asosiy vazifalar ekanligini ta’kidlagan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
2020 yil 7 iyuldagi PQ-6024-sonli “O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan Konsepsiyasida ta’kidlanishicha,
yurtimizda Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini
kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan
sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025 yilgacha 1 million
gektarga, 2030 yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish
texnologiyasi 77,4 mingdan 2025 yilgacha 300 ming gektargacha va 2030 yilga kelib 600
ming gektargacha еtkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari
talabalarining malakaviy
amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30
oktyabrdagi №305 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, hozirgi kunda barcha oliy
ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotlar ushbu Nizom talablari asosida
o‘tkazilmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi
bo‘lgan talabalar amaliyoti tanlangan sohaga mos keladigan ilg‘or korxonalar, muassasalar
va tashkilotlarda o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Chunki, talabalar amaliyoti bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish
jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomi hisoblanadi.
Shuningdek, yеtuk kadrlarni tayyorlash uchun ularga nazariy jihatdan chuqur bilim berish
va olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy jihatdan mustahkamlash muhimdir. O‘quv
amaliyoti dasturi DTS, o‘quv reja hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
muassasalari talabalarining malakaviy amaliyot haqida»gi Nizomi asosida tuzildi.