O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyoti bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana02.07.2024
Hajmi0,76 Mb.
#266351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquv tanishuv qidiruv amaliyoti 2 kurs

O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyoti bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga 
qo‘yiladigan talablar 
Amaliyotni tashkillashtirish va uni o‘tkazish sifati kafedraning ma’sul 
o‘qituvchilariga yuklatiladi. Amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin kafedra qoshida 
talabalar majlisi o‘tkaziladi, majlisda barcha talabalarga amaliyot maqsadi, vazifalari
uning mazmuni, bajarish va hisob-kitob yakunlari tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot 
beriladi. Talabalarga amaliyotni o‘tkazish uchun zarur xujjatlarni, ya’ni amaliyot dasturi 
va uslubiy ko‘rsatmasi, kundalik daftar, qalam, yozma qog‘ozi, kalka, millimetr shaklidagi 
qog‘oz, o‘chirg‘ichlar, lineyka, kley va o‘xshash o‘quv vositalarini tayyorlab olishlari 
to‘g‘risida axborot beriladi. 
Majlisga “Hayot faoliyat xafsizligi” kafedrasi o‘qituvchilari taklif qilinadi, ular 
talabalar xavfsizlik instruktaj darsini o‘tkazib, maxsus jurnalida imzolarni chektiradi. 
Ushbu maxsus jurnalga imzo chekmagan talaba o‘quv tanishuv va qidiruv amliyotiga 
qo‘yilmaydi. 
Amaliyot o‘tkaziladigan joylariga o‘tishdan so‘ng, ma’sul o‘qituvchilar talabalarni 
bir nechta 4-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘ladi. Har guruhga boshliq tanlanadi. Mas’ul 
o‘qituvchi har guruhga 40-50 gektarlik sug‘oriladigan dalani va u yerda joylashgan barcha 
gidromeliorativ tarmoqlarni, hamda gidrotexnika inshootlarini o‘rganishni vazifasini 
yuklaydi. Talabalar ushbu birkitilgan maydondagi o‘quv-tanishuv amaliyotida ko‘rsatilgan 
maqsad vazifalari bajaradilar. 
Guruhlarda bajariladigan ish yakunlarini ma’sul o‘qituvchi doimiy ravishda va har 
kunning yakunida tekshirib boradi va talaba kundaligida qayd qiladi. 
1. Qishloq va suv xo‘jaligida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada 
yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, unumdorligi 



yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi innovatsion texnologiyasidan foydalanish singari muhim 
masalalar bugungi kunning soha oldidagi asosiy vazifasi haqida ma’lumot va 
tushunchalarni bilishi, foydalana olish; 
2. Suv xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va 
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishning usullarini 
amaliyotda qo‘llanilish tartibini bilish; 
3. Suv xo’jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish hujjatlarini to‘ldirish 
va hisobotlarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 

Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyoti bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish