Malakaviy ishlab chiqarish amaliyotining dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.07.2024
Hajmi0,76 Mb.
#266351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquv tanishuv qidiruv amaliyoti 2 kurs

 
Asosiy qism 
 
I.
 
O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyotining maqsad va vazifalari 
Gidromelioratsiya 
fakultetining 
60813000-“Suv 
xo‘jaligida 
innovatsion 
texnologiyalar va ulardan foydalanish” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan 
talabalar o‘quv rejasiga asosan 2 kurs 6 - semestrdan keyin qidiruv amaliyotini o‘taydilar. 
O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyoti jarayonida talabalar eng avvalo o‘zlarining 
bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagilarni o‘rganadi: 
a) Suv xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va 
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishning usullarini 
boshlang‘ich xujjatlarning yuritilishi, rasmiylashtirilishi, umumlashtirilishini;
b) O‘qituvchi yordamida, mustaqil ravishda suv xo‘jaligini boshqarishda irrigatsiya 
tizimlari havza boshqarmalari, jumladan suvdan iste’molchilar uyushmalarida 
bajariladigan ishlar, sug‘orish va zax qochirish tarmoqlaridagi gidrotexnika inshootlari, 
kanallar va kollektor-zovurlar, hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga bo‘lgan talabi va 
sug‘orish usullari bilan atroflicha tanishadi. 
II.
 
O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyotining mazmuni 
 
Amaliyot davrida talabalar suv xo‘jaligi korxonalarida suv hisobini tashkil qilish
korxonalarda yuritiladigan boshlang‘ich xujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va yillik 
xisobot shakllarini to‘ldirish tartibini o‘rganadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari 
amaliyotga rahbarlik qiladi, hamda doimiy ravishda amaliyotning o‘tishi ustidan nazorat 
olib boradi. 
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi: 
1.Sug‘orish usullari, ularning afzallik va kamchiliklari; 
2. Sug‘orish texnikasi va texnologiyasini o‘ziga xos tomonlari, shu jumladan 
sug‘orish me’yorlari va vaqtlarini belgilash tartiblarini o‘rganish; 
3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli sug‘orishni ahamiyatini aniq 
ishlab chiqarish misollarida isbotlash; 
4. Sug‘orishda egatga beriladigan suv sarfini to‘g‘ri o‘lchab berish, suv o‘lchash 
qurilmalarini o‘rganish va ulardan to‘g‘ri foydalanish usullarini o‘zgartirish; 
5. Sug‘orishda foydalanilgan qurilmalarni (yumshoq sug‘orish quvuri, sifon, 
salfetka, gidrotexnika inshooti davozasi va h.q.) to‘g‘ri tanlashni va ulardan foydalanishni 
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; 



6. Sug‘orish va gidromelioratsiya tarmoqlardan foydalanish, sug‘orish va zax 
qochirish tarmoqlarining qurilmalari va gidrotexnika inshootlarining ish holati, mavjud 
yangi sug‘orish texnika va texnologiyalarini o‘rganish; 
7. Yomg‘irlatib, tomchilatib va yer ustidan boshqa sug‘orish usullari bilan batafsil 
tanishish, yopiq, yotiq, tik va turli drenaj qurilmalari ish tartibi va ularning o‘lchamlarini 
aniqlash. 
Amaliyot o‘tish joyi Talabalar bo‘ladigan o‘quv tanishuv amaliyotini institutning 
«Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish» kafedrasi auditoriyalari va laboratoriyalarida, 
amaliyot o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan, shartnomada ko‘rsatilgan ob’ektlarda Chirchiq-
Oxangaron ITXB, O‘zsuvloyixa AJ, “Bo‘zsuv” ITB, Ecodrip MCHJ, Pepe texnologiya 
MCHJ, Agrodrip MCHJda o‘tkaziladi. 
Talaba amaliyot o‘tkazish jarayonida topshiriqqa mos ravishda bajarilganishlar 
bo‘yicha hisobot tayyorlaydi. 

Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malakaviy ishlab chiqarish amaliyotining dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish