5
-
amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot
natijalari himoyasida ishtirok etish;
-
talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqish va tavsiyanoma berish;
-
talabalar amaliyot o‘tganligi va ularning amaliy tayyorgarligidagi
kamchiliklari
ko‘rsatilgan, amaliyotni yanada takomillashtirish bo‘yicha bayon etilgan takliflar,
yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etish;
-
barcha amaliyot bilan bog‘liq ishlarni amaliyotdan
biriktirilgan rahbar bilan
birgalikda amalga oshirish va boshqalar.
Amaliyot yakunida talaba yuqorida aytib o‘tilganidek, yozma hisobot tayyorlaydi va
uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga
oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot
davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar,
amaliyot obekti
bo‘limlarining qisqacha izoxi, ular faoliyatining
tashkiliy asoslari, amaliyot natijalari
bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z ichiga oladi.
Amaliyot o‘tgan xar bir talaba:
-
amaliyot o‘tish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishi;
-
chet ellardagi ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganishi uning ilg‘or
natijalarini
amaliyotga joriy etishga e’tibor berishi;
-
hisobot mazmunini shakllantirishda o‘z tanlagan sohasi bo‘yicha amaliyot
davomida olgan ma’lumotlarni oldingi ma’lumotlar
va internetdan olingan
ma’lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilishi lozim.