10
O‘quv tanishuv va qidiruv amaliyoti kundaligini to‘ldirish
O‘quv tanishuv amaliyoti davomida har bir talabadan mustaqil amaliyot kundalik
daftari yuritish talab etiladi. Kundalik daftarining yagona shakli «Gidromeliorativ
tizimlaridan foydalanish» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilib,
kafedra
majlisida tasdiqlanadi.
Har bir talaba amaliyot kundalik daftarini amaliyotning birinchi kunidan boshlab to
oxirgi kunigacha to`ldirib borishi kerak. Amaliyot kundalik daftari amaliyot hisobotini
tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘playdigan ish daftari hisoblanadi.
Shunga ko‘ra har bir talaba amaliyot kundalik daftarida amaliyot sanalari bo‘yicha
amaliyot ob’ekti va uning bo‘limlari hamda amaliyot mavzusining qisqacha izohi yoritib
borilishi kerak.
Amaliyot
kundaligida amaliyot taqvimi, amaliyot rahbarining xulosasi, amaliyot
natijasi bo‘yicha kommisiya a’zolarining xulosasi va qo‘ygan bahosi aks ettiriladi.
Amaliyot to‘g‘risida hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish o‘quv
amaliyotini
o‘tkazgandan so‘ng bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yoziladi. Odatda o‘quv
amaliyotining hisobot o‘lchamlari 210x297 mm bo‘lgan A-4 yozuv qog‘ozining bir
tomoniga qo‘lda yoziladi va uning hajmi har bir bakalavriat yo‘nalishi uchun o‘quv
rejasida belgilangan o‘quv amaliyoti soatlaridan kelib chiqqan holda taxminan 20-25 betni
(ilovalarsiz) tashkil etishi mumkin. Hisobotni kafedra tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy
qo‘llanma asosida rasmiylashtirish quyidagi hujjatlar asosida bajariladi. Har bir hujjatning
na’munasi asosida hisobot tayyorlanadi.
1.
Hisobot titul varaqasi -1 bet.
2.
Institut rektori tomonidan amaliyotni o‘tkazish to‘g‘risida chiqarilgan
buyrukdan yoki yo‘llanma nus’hasi -1 bet.
3.
Kundalik daftar (ishlab chiqarish ob’ekti rahbari yoki
mutaxassislari tomonidan
tasdiqlanib muhrlangan holda) -1 daftar.
4.
Amaliyot ob’ekti va uning faoliyatida bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot -15-20
bet.
5.
Buxgalteriya hisobi boshlang‘ich hujjatlari nusxalari.
Yuqoridagilar hisobot shaklida tikilib, «Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish»
kafedrasiga o‘quv tanishuv amaliyoti tugatgan kundan boshlab 3 kalendar kuni muddatida
topshiriladi.
«Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish» kafedrasi majlis qarori bilan amaliyot
natijalari to‘g‘risida yozilgan hisobotlarni baholash hay’ati tuziladi. Hay’at
raisi
tomonidan hisobotni qabul qilish vaqti va joylari belgilanadi. Hisobotni himoya qilmagan,
topshirmagan yoki qoniqarsiz baholangan talabalarga hay’at a’zolari amaliyotni qayta
o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi.