|
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi
|
bet | 190/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAO‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi.
XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etishga qaratilgan islohotlarning jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: “Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish — bosh vazifadir… YAngilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”304.
Xalqimiz tarixi, dunyoqarashi, ma’naviyati, milliy manfaatlari va milliy an’analarini chuqur anglagan mamlakat Prezidenti I.A.Karimov Mustaqil O‘zbekiston xalqining manfaatlari va orzu istaklaridan kelib chiqib fuqarolik jamiyati va demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilinish jarayoniga boshchilik qildi.
Respublikada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning siyosiy va huquqiy kafolatlari qisqa muddatlarda yangi Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topdi. Natijada, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun huquqiy asoslar yaratildi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, ya’ni ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1991 yilning 15 fevralida O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun respublikada faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilish, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanish, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur Qonunda jamoat birlashmalarining maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta’riflab berildi: “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...”305 maqsadlarida tuziladi.
Mamlakat tarixida ilk bor fuqarolik jamiyati institutlari — jamoat birlashmalarining mustaqilligi, ularning davlat va hukumatdan alohida faoliyat yurituvchi huquqiy sub’ekt ekanligi tan olindi. Bu holat fuqarolik jamiyatiga xos belgilardan biri edi. Qonunda davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishi, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri — Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda o‘tish davri uchun mo‘ljallangan davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini besh asosiy qoida asosida amalga oshirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy qoidaning mohiyati quyidagicha:
«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur;
ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;
to‘rtinchidan, axolining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda axolini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»306.
SHu bilan birga, O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etishga doir islohotlarni rivojlangan demokratik mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar tajribasidagi demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi.CHunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayoniga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: “Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”307.
SHu bilan birga, Prezident I.A.Karimovning qarashicha, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir mamlakat milliy qadriyatlari, xalqning milliy mentaliteti va milliy an’analarini o‘zida ifodalashi zarur. Bu shuning uchun ham zarurki, fuqarolik jamiyati barpo etishda har bir xalq o‘z milliy manfaatlari ifoda etilishini ham anglashi lozim. Buning uchun milliylik yangi jamiyat mazmuni va shaklu shamoyili bilan uyg‘unlashishi lozim. O‘zbekiston esa boshqa mamlakatlarga nisbatan adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarga boyligi bilan ajralib turadi.
SHuningdek, mamlakatda yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar inqilobiy yo‘lni ham qabul qilmaydi. CHunki, bu yo‘l vayronalik, millionlab axolining ijtimoiy ahvoli pasayishi, jamiyatni qutblashgan tomonlarga bo‘linib ketishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining O‘zbekiston uchun o‘ziga xos quyidagi jihati ilgari surildi: “SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi…”308.
SHu bilan birga, YUrtboshimizning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir nazariy qarashlari rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan demokratik tamoyillar asosidagi tajribalarga hamohang tarzda rivojlandi. Ushbu nazariy qarashlardafuqarolik jamiyatining asosi o‘zini o‘zi boshqarish organlarini o‘ziga munosib vakolatlar bilan ta’minlashda, deb ta’kidlandi.
SHuningdek, Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barhayotligining asosiy shart-sharoitlardan biri, bu — davlat hokimiyati vakolatlarini chegaralash, fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish uchun qanchalik zarur bo‘lsa, shunchalik etarli vakolatlar berish ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining yashash qobiliyati fuqarolarning siyosiy jarayonlarda nechog‘likishtirok etishlari bilan uzviy bog‘liqekanligini ham chuqur anglab etgan edi.
Davlat vakolatlarini jamiyat institutlariga berish asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadida quyidagi vazifalar belgilandi: “Ammo haqiqiy milliy ravnaqqa biz faqat davlat hokimiyati vazifalarini qat’iy va mukammal belgilab va shu bilan birga cheklanib qo‘yilgan fuqarolik jamiyati sharoitidagina erishmog‘imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh vazifasi taraqqiyot strategiyasini aniqbelgilash va uni hayotga joriy etish uchun qattiqnazorat olib borishdan iborat bo‘ladi… Ana shunday davlat va jamiyatni qurish, haqiqiy demokratik qadriyatlarni vujudga keltirish — bizning bosh konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir”309.
YUrtboshimizning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida o‘z takomiliga etganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O‘zbekiston mamlakati shart-sharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. SHuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxs-jamiyat-davlat» o‘zaro uyg‘unligi asosida tahlil etilgan. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yurituvchi siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatning rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan farovon bo‘lishi hamda barqarorligi uchun mas’ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq ravishda kecha boshladi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik qadriyatlarni o‘z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlar bildirdi: “Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular — xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi,oddiyfuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”310.
SHuningdek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishida va uning barqarorligini ta’minlashda muxolifatning o‘rni masalasiga ham katta e’tibor berildi. Ma’lumki, demokratik mamlakatlarda muxolifat o‘z jamiyati va davlatlarining boshqaruv usullarini demokratlashtirishda, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan“Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlanib bordi.
YUrtboshimiz tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish(liberallashtirish) konsepsiyasi ishlab chiqildi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berildi:
- mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;
- mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;
- nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
- jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;
- inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.
I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasidagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi va tamoyillarini ilgari surdi: “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa u ham bo‘lsa, “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyatga o‘tish” degan shiorni amalda ro‘yobga chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalariga o‘tkazish talab qilinadi. Bular qatorida biz, birinchi navbatda, o‘zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini ko‘zda tutamiz. Ikkinchidan — jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko‘mak va yordam ko‘rsatish darkor”311.
Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari, Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.
Prezident I.A.Karimovning asarlarida adolatli demokratik jamiyat qurishning konseptual nazariy asoslari yanada boyitildi. Prezidentning quyidagi fikri mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi: “Hammamizga ayonki, bu yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim… Hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li — markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir”312.
Mamlakatda “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklari, mulk egalarining huquqlari, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda.
SHuningdek, strategik ahamiyatga molik, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. SHu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham, asosan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish vazifasi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasida jamiyatni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasi, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”, degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar aniq — ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish”313 vazifasi belgilandi. SHu bilan birga, “o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish”314 muhim vazifalar sirasiga kiritildi.
YUrtboshimiz o‘zining mazkur qo‘shma majlisdagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish masalalarini ilgari surar ekan, bu bilan “axolining turli ijtimoiy va sotsial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo‘lgan nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirini oshirishga katta e’tibor” berishga da’vat etdi. SHu bilan birga, “odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos”315ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
XXI asrning boshida ilgari surilgan “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual dasturini amalga oshirish yangi bosqichga kirdi. Bu bosqichda nazariy qarashlarni hayotga tatbiq etish davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi har qanday davlatda ham ro‘y beravermaydi. Bu jamiyatning shakllanishi uchun faqat huquqiy davlatgina har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi mumkin. Huquqiy davlat amal qilishining eng asosiy sharti esa davlat hokimiyatining uchga bo‘linish prinsipini hayotda amalga oshirishdir. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi mamlakat siyosiy tizimida uning amal qilishi maqsadlarida mazkur prinsipni quyidagi mazmunda ifodalab berdi: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi”316. Mazkur modda mamlakat parlamenti — qonun chiqaruvchi hokimiyatida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini mukammal tarzda ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratib berdi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati institutlari bilan muvozanat saqlashi, jamiyat institutlarini davlat organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatishida jamiyat va davlatni rivojlantirish omillaridan eng asosiysi, bu — siyosiy plyuralizmdir. Jamiyatda plyuralizmning etishmasligi oqibatida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tizimi “yutib” yuborishini tarix o‘z vaqtida isbotlab bergan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida siyosiy plyuralizmning davlat va jamiyatning yashash prinsipi sifatida e’tirof etilishi fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berdi. Xususan, Konstitutsiyaning 12-moddasi quyidagicha talqin qilinadi: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”317.
SHuningdek, Konstitutsiyaning 13-moddasida fuqarolik jamiyatining yashashi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlardan yana biri — inson erkinligi va huquqini ta’minlashga qobil bo‘lgan demokratik prinsiplar davlat hokimiyati va jamiyat hayotini tashkil etishning asosi va oliy qadriyat sifatida e’tirof etildi: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”318.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurish va uni takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda kechayotgan tub o‘zgarishlarda davlatning bosh islohotchilik vazifasi asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizlarini shakllantirish jarayonida namoyon bo‘lmoqda.
YUrtboshimiz ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”dagi konseptual maqsadlar yurtimizda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bir davrini boshlab berdi.
Konsepsiyada quyidagi yo‘nalishlar demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilandi:
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish;
Sud-huquq tizimini isloh etish;
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash;
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish;
Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotniliberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.
Konsepsiyadagi asosiy vazifalardan biri fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish hamda samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishdan iborat. SHuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish jarayoni jamoatchilik va fuqarolik nazorati institutlarining, jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq holda kechishi ko‘zda tutilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yillarda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati institutlari sifatida tobora rivojlantirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi rolini oshirish maqsadida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va boshqa huquqiy asoslar natijasida ushbu tashkilotlar o‘zlarida fuqarolik jamiyati institutlariga xos belgilarni ifoda eta boshladilar.
SHu bilan birga, Prezidentimiz taklif etgan konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va demokratlashtirish, jahon hamjamiyatiga yanada chuqurroq integrasiyalashish, davlat boshqaruvida xalq irodasini to‘liq ifodalash, aholining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish maqsadida qator qonunlar qabul qilishga zarurat sezilayotgani har tomonlama asoslab berildi. Jumladan, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning oshkoraligi va samaradorligini, davlat organlari bilan fuqarolar munosabatida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, bu qonunning “aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar”ni o‘z ichiga olishiga alohida e’tibor qaratildi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sheriklik ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy sheriklik turli ijtimoiy birliklar, qatlamlar va guruhlarning o‘ziga xos ijtimoiy munosabati bo‘lib, u, bir tomondan, davlat organlari, xodimlar va ish beruvchilarning bozor iqtisodiyotiga xos o‘zaro munosabatini ta’minlovchi, ikkinchi tomondan, ish beruvchi bilan ishlovchining teng huquqli hamkorlik qilishi, ular manfaatining o‘zaro optimal muvozanatini ta’minlovchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolik jamiyati institutlari harakatini kuchaytirib, davlat organlari bozor iqtisodiyoti mezonida ish yuritishiga qulaylik tug‘diribgina qolmay, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklarini ta’minlash mexanizmi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy sheriklik jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini adolat tamoyillari asosida muvofiqlashtiruvchi omilga aylanadi.
SHuningdek, konsepsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida takomillashtirish, aholi manfaatlarini kengroq ifodalash uchun mahallalar faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash, ish ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv idoralari bilan o‘zaro munosabatini izchillashtirish maqsadida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Bu mahallalarni “...aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, ularning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish” demakdir.
Albatta, mahallani fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish, shu tarzda aholida o‘zini o‘zi boshqarish malakasini kuchaytirish, har bir fuqaroda voqelikka daxldorlik, ogohlik va mas’ullik hissini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonda faol ishtirok etishini ta’minlash uchun mustahkam huquqiy asos kerak. SHu ma’noda, mazkur qonun kuchli fuqarolik jamiyati kafolatlaridan biri bo‘ladi.
Konsepsiyada mahalla fuqarolar yig‘inlari mavqeini oshirishga ham alohida e’tibor berildi. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi taklif shu maqsadga xizmat qiladi. Unda yig‘in raislari va maslahatchilarni saylashda yuksak talablar — “oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutish” belgilab berildi.
Keyingi paytlarda fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari faoliyatini yanada kuchaytirish bilan birga, ularning faoliyatini mahalla ahli tomonidan nazorat qilinishiga zarurat sezilayotgan edi. Umuman, fuqarolar yig‘iniga saylangan shaxslar aholi manfaati va ehtiyojini qay darajada hisobga olib ish ko‘rmoqda? Tabiiyki, bunday nazoratni kuchaytiruvchi mexanizmni takomillashtirish lozim. Mazkur qonunga doir taklifda fuqarolar yig‘inining saylanadigan organlari mahalla ahli nazoratida talab darajasida ish yuritishi, uning fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarini yanada rivojlantirishga urg‘u beriladi.
Ma’lumki, huquqiy davlat va odil jamiyat sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar va fuqarolar manfaatlari go‘yoki davlat manfaatlari sifatida namoyon bo‘la boshlaydi. Qolaversa, jamoatchilik nazorati davlat idoralari faoliyati jamiyat manfaatlari asosida kechishini ta’minlashga ta’sir etadi. Muhimi, bu jarayonda faol ishtirok etayotgan fuqarolar ham ijtimoiylashib boradi, bu esa siyosiy madaniyatning asosiy shartlaridan biridir.
SHuning uchun ham konsepsiyaga binoan «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish belgilandi. Mazkur “qonunda jamoatchilik nazoratining turlari, shakllari va sub’ektlarini, nazorat predmetini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartlarini belgilab qo‘yish zarur”ligi ta’kidlandi.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim jihati — insonga, uning erkinligi va huquqlarini ta’minlashga e’tibor qaratilishi, bu jarayonda esa davlatning asosiy mas’ul siyosiy institut ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham konsepsiyada “inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega” ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Unga muvofiq ravishda mazkur “dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak”ligiga e’tibor qaratildi.
Konsepsiyada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jamiyat va davlat qurilishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning taklif etilishi fuqarolik jamiyati institutlariga o‘z konstitutsiyaviy va qonuniy vakolatlarini mustaqil institut sifatida amalga oshirishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Albatta, kodeksga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 58-moddasini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, nodavlat notijorat tashkilotlarning qonunlar doirasida erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yanada takomillashadi.
Hozirgi kunga kelib, dunyodagi global xavf-xatarlar qatoriga ekologik tahdidlar ham qo‘shildi. Qolaversa, ekologik vaziyat inson sog‘lig‘iga, tabiatning o‘z qonuniyatlari asosida yashashiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. SHu bois, rivojlangan mamlakatlarda “yashillar” harakatlari va partiyalari bejiz tashkil topmagan. Mamlakatimizda ham ekologiyani himoyalashga doir tashkilotlar tuzildi, parlament quyi palatasida bu harakatlar manfaatlarini ta’minlashga qodir deputatlar guruhi shakllandi.
Konsepsiyada “atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilish” taklifining ilgari surilishi nafaqat ekologik jarayonlarni yaxshilaydi, balki bu sohada aholi faolligini oshirishga, ekologik madaniyatni shakllantirishga kuchli ta’sir etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, konsepsiyaning e’lon qilinishi, unda ilgari surilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish natijasida fuqarolik jamiyati institutlari xalqaro me’yorlar darajasida rivojlanadi, bu jarayonga bog‘liq holda mamlakatda inson taraqqiyotini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Zero, hozirgi davrga kelib inson manfaatlarini amalga oshirish inson taraqqiyotining asosiy kafolati ekan, bu jarayon faqat biz qurayotgan fuqarolik jamiyati sharoitida to‘la-to‘kis amalga oshishi mumkin.
|
| |