1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi




Download 159,82 Kb.
bet1/7
Sana22.02.2024
Hajmi159,82 Kb.
#160579
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
707 22.11.2021




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlarning va xarajatlarning hisobini yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha besh nafargacha xodimlarni yollash huquqi beriladi;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar elektron tartibda shaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali davlat soliq organlarida ro‘yxatga qo‘yiladi;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi;
yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlariga kirishgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaralmaydi va ular yakka tartibdagi tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas;
xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyat faqat bitta manzil bo‘yicha shoxobchada amalga oshiriladi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritish soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda bank hisobvarag‘i ochgandan so‘ng xodimlarni yollash huquqiga ega bo‘lishi;
yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasini tuzish tartibi;
mehnat shartnomasining amal qilish muddati va xodimning mehnat stajini hisoblash tartibi;
davlat soliq xizmati organi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor yollagan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini yuritish tartibi;
xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan soliqlarni hisoblash tartibi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yuritilishi, ularda yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi;
tovar cheklari daftarchasi yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga asosan u ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi;
daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarini tasdiqlash, registrlarni saqlash muddati;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad solig‘ini to‘lash tartibi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-noyabr,
707-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-son qaroriga
1-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni (keyingi o‘rinlarda — xodim) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda bank hisobvarag‘i ochgandan so‘ng xodimlarni yollash huquqiga ega bo‘ladi.
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega.
4. Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlariga kirishgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaralmaydi va ular yakka tartibdagi tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas.
2-bob. Yakka tartibdagi tadbirkor va yollangan xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish hamda mehnat stajini hisoblash tartibi
5. Yakka tartibdagi tadbirkor va uning yollangan xodimi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
6. Yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat huquqlariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
7. Xodimni yollashda (ishga qabul qilishda) yakka tartibdagi tadbirkor ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma mehnat shartnomasini tuzadi.
Xodim ahvolini qonunchilikda belgilangan normalarga nisbatan yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi shartlari haqiqiy hisoblanmaydi.
8. Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
9. Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda va ikkinchi nusxasi xodimda qoladi.
10. Mehnat shartnomasida yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash va ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
11. Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish
12. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Yakka tartibdagi tadbirkor xodimini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasi orqali eksterritorial tarzda taqdim etadi.
14. Xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizaga yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi ilova qilinadi.
15. Davlat soliq xizmati organi tomonidan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza olingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha QR-kod qo‘yilgan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasi (keyingi o‘rinlarda — hisobga qo‘yish kartochkasi) yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovasiga jo‘natiladi.
16. Hisobga qo‘yish kartochkasi xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga beriladi.
17. Amal qilish muddati tugagan hisobga qo‘yish kartochkasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
O‘z kuchini yo‘qotgan hisobga qo‘yish kartochkasini qayta tiklash uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq shaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali eksterritoriallik tamoyili asosida ariza jo‘natiladi.
Mazkur arizaga asosan davlat soliq xizmati organi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmasdan yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovasiga ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq hisobga qo‘yish kartochkasi jo‘natiladi.
18. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasi orqali soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish joyidagi davlat soliq xizmati organiga xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda bir ish kunidan kechiktirmasdan eksterritorial tarzda yuboradi.
Davlat soliq xizmati organi xabarnoma qabul qilingan kunning o‘zida xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini bekor qiladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z vaqtida yubormaslik, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblashni to‘xtatib turishga asos bo‘lmaydi.
19. Hisobga qo‘yish kartochkasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan hollarda davlat soliq xizmati organi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovasiga jo‘natilgan kartochkadan qayta chop etish orqali foydalanilishi mumkin.
20. Davlat soliq xizmati organlari yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollangan xodimlari hisobini belgilangan tartibda yuritadi.
4-bob. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliqlarni hisoblash
21. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga xodim uchun O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lash majburiyati yuklanadi.
22. Xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini faqat bitta manzil bo‘yicha shoxobchada amalga oshirish huquqiga ega.
23. Ijtimoiy soliqni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lashda to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi)da xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va to‘lovning qaysi davr uchun to‘lanayotgani majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Bunda, har bir xodim bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) alohida yoziladi.
24. Agar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa, o‘zining shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasi orqali soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq yuborgan xabarnomasi asosida xodimga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.
Faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati qayta tiklangan sanadan boshlab hisobga qo‘yish kartochkasining muddati o‘tmagan bo‘lsa, belgilangan tartibda xodimga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisoblanadi.
Faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati qayta tiklangan sanadan boshlab hisobga qo‘yish kartochkasining muddati o‘tgan bo‘lsa, ushbu Nizomning 14-bandiga asosan shaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali eksterritorial tarzda ariza jo‘natadi.
Mazkur ariza tushgan sanadan boshlab davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 16-bandiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasiga hisobga qo‘yish kartochkasini jo‘natishi lozim.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat shartnomasini tuzmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar aniqlangan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor xodimlar sonini yashirganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
26. Xodimlarni ishga jalb qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda soliqlar va yig‘imlarni hisoblashning to‘g‘riligi hamda ularning qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan javobgardirlar.
27. Yakka tartibdagi tadbirkorning xodimi savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini buzgan taqdirda, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda javobgarlik choralari tatbiq etiladi. Bunda, moliyaviy sanksiya xodimni ishga jalb qilgan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan qo‘llaniladi.
28. Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA


Download 159,82 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 159,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi

Download 159,82 Kb.