• Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot tushunchasi, mohiyati.
  • O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti




    Download 4,4 Mb.
    bet192/311
    Sana20.12.2023
    Hajmi4,4 Mb.
    #125403
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   311
    Bog'liq
    IJTIMOIY-FALSAFA

    IJTIMOIY – TARIXIY TARAQQIYOT


    1-mashulot
    Reja:
    1. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot tushunchasi, mohiyati
    2. Ijtimoiytaraqqiyot haqidagi nazariyalar
    3. Jamiyat taraqqiyotining qonun va qonuniyatlari


    Tayanch tushunchalar

    Rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot, progress, regress, turg‘unlik, chiziqlilik, sikllilik, iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy yuksalish, barqaror taraqqiyot, inson taraqqiyoti, ijtimoiy taraqqiyot mezonlari, inson taraqqiyoti indeksi.




    Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot tushunchasi, mohiyati. Ijtimoiy taraqqiyot ijtimoiy falsafaning asosiy bahsli mavzularidan biri hisoblanib, uning mohiyati, sub’ektlari, omillari va harakatga keltiruvchi kuchlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish jamiyatning rivojlanish dinamikasini to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
    Avvalo “taraqqiyot” tushunchasi falsafiy ma’noda rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishini ifodalaydi. Adabiyotlarda taraqqiyotni ko‘pincha rivojlanish bilan aynanlashtirib ko‘yishadi, aslida u rivojlanishning bir yo‘nalishidir. SHuningdek, taraqqiyotni ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi rivojlanish ma’nosida qo‘llashadi, bu ham bir yoqlama yondashuvdir. SHuningdek, taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qo‘llaniladi. Odatda rivojlanishning ikki muhim yo‘nalishi bo‘lib, biri taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) deyiladi. Taraqqiyotni faqatgina jamiyatga ko‘llashning xatosi shundaki, jamiyatdan tashqaridagi sistemalarda ham yuksalish ro‘y beradi. Masalan, muayyan tirik organizmlarning taraqqiyoti, bemordagi kasallikning taraqqiyoti, kimyoviy jarayonning taraqqiyoti va boshqalar. Taraqqiyot nisbiydir. Rivojlanish bir sistema uchun taraqqiyot, boshka sistema uchun regress bo‘lishi mumkin. Masalan, kasallikning rivojlanishi, kasallikni vujudga keltiruvchi viruslar uchun taraqqiyot bo‘lsa, bemor organizmi uchun inqiroz(regress)dir. Har qanday sistema o‘zining rivojlanishi mobaynida taraqqiyotni ham, inqirozni ham boshidan kechiradi. Sistemaning ravnaq topishi taraqqiyotni anglatsa, uning emirilishi esa inqirozni anglatadi. Taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiatga xam, jonli, organik tabiatga ham, jamiyatga, inson tafakkuriga, ruhiyatiga ham xos bo‘lgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot mikro-makro-megadunyoda ham sodir bo‘ladi. Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish ro‘y beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulg‘ayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir. Demak taraqqiyotning jamiyatga hos ko‘rinishi, bu – ijtimoiy taraqqiyotdir.
    Ijtimoiy taraqqiyot tarixiylik hususiyatiga ega. Ijtimoiy taraqqiyot tarixiy davrda yuz beradi. Biz jamiyat tarixini tahlil qilish asnosida muayyan tarixiy taraqqiyot davrlarini, sivilizatsiyalarni aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
    Jamiyatning yashashi, hayoti va faoliyati tartibsiz, stixiyali ravishda kechadigan jarayon emas. U ma’lum bir qonuniyatlar asosida taraqqiy etadi. Jamiyat o‘zining mavjudlik holatida tarixiy tarqqiyot qonunlari - progress va regress jarayonini ob’ektiv ravishda o‘z boshidan kechiradi. Bu dialektik juftlik jamiyatning butun xayotini o‘zaro o‘rin almashgan xolda belgilaydi.
    “Progress” – ildanma harakat, “regress” – orqaga harakat ma’nolarini ifodalab, boshqacha aytganda progress-taraqqiyot, ilgarilanma rivojlanish jarayonini, aksincha regress esa tanazzul, inqiroz, degradatsiya xolatini ifodalovchi tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Bu ikki jarayonnni ajratib turuvchi uchinchi holat ham mavjud bo‘lib, bu “turg‘unlik” tushunchasi orqali ifodalanadi va aksariyat holatlarda salbiy ma’noda qo‘llaniladi. “Turg‘unlik” tushunchasi agar taraqqiyotning oxiri ma’nosida qo‘llansa salbiy, agar ijtimoiy taraqqiyotning boshlanishi ma’nosida qo‘llanilsa – ijobiy ma’no kasb etadi.
    Tarixga nazar tashlasak, butun jamiyat xayoti mana shu uchta holat asosida kechganligini ko‘rishimiz mumkin. Tarihda xali xech bir jamiyat mutlaq progressiv hayot kechirmagan. Uning progressivligini ta’minlab turgan omillar va shart-sharoitlarning o‘zgarib turishiga qarab goh turg‘unlik, gohida regress holatlarini boshidan kechirgan.
    O‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqichini boshidan kechirgan jamiyatlar albatta progress-tanazzul holatini ham boshidan kechirganlar. Bu jamiyatga nisbatan “yo‘q bo‘lish” degani emas, balki sifat va miqdor jihatdan o‘zini o‘zi tashkil qilish demakdir. Davlatlarda esa regress aksariyat hollarda aksincha o‘zini o‘zi tashkil qilish va boshqarish qobiliyatini yo‘qotish evaziga parchalanish va yo‘q bo‘lish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu degani, jamiyatning boshqaruvchi va tartibga solib turuvchi mexanizmining ishdan chiqishi demakdir. Tushunarliki, regress birinchi navbatda davlatni tanazzuli ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu har doim ham salbiy ma’no kasb etmaydi, chunki barqarorlik va progressiv jarayonni ushlab tura olmagan davlat apparati(tashkilot) jamiyat tomonidan tabiiy ravishda inkor etiladi.
    Ijtimoiy taraqqiyot sodir bo‘lishi uchun hozirda quyidagi shart-sharoitlar bo‘lishi lozimligi ilgari surilmoqda:

    • ijtimoiy tizim strukturasining o‘zaro muvofiqligi;

    • ijtimoiy tizim tarkibiy elementlaring bir-biri bilan o‘zaro organik tarzda bog‘langanligi;

    • ijtimoiy tizim elementlarining funksional jihatdan o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishi;

    • ijtimoiy tizimni tashkil etgan insonlarning ijtimoiy faolligi;

    • jamiyat a’zolarining manfaatdorlik asosida erkin faoliyat yuritish imkoniyatining mavjudligi;

    • jamiyat a’zolari manfaatlarining mushtarakligi;

    • elitaning ijtimoiy tizimni boshqarishga qobilligi;

    • jamiyat a’zolarining o‘z kelajagiga nisbatan optimistik qarashlarga ega ekanligi (progressiv mafkuralar va g‘oyalar hukmronligi);

    • harakatchan (mobil) ijtimoiy va individual ongning mavjudligi, ya’ni ijtimoiy ongning qotib qolgan bo‘lmasligi va b.

    Regress esa yuqoridagilarning aksi sifatida quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

    • ijtimoiy tizimning hayot talablariga mos kelmay qolishi, ya’ni talabga javob bera olmay qolgan strukturaning qayta tashkil etilmaganligi;

    • ijtimoiy tizim tarkibiy elementlaring bir-biri bilan o‘zaro organik tarzda bog‘lanmaganligi, nomuvofiqlik;

    • ijtimoiy tizim elementlarining funksional jihatdan o‘z vazifasini bajarish qobiliyatining eng minimal darajadan ham pastligi;

    • ijtimoiy tizimni tashkil etgan insonlarning ijtimoiy passiv faolligi;

    • jamiyat a’zolarining manfaatdorlik asosida erkin faoliyat yuritish imkoniyatining o‘ta cheklanganligi;

    • jamiyat a’zolari manfaatlarining mushtarak emasligi, ijtimoiy ziddiyatlarning o‘ta keskinlashuvi;

    • davlat miqyosida elitaning ijtimoiy tizimni boshqarishga noqobilligi (ijtimoiy muammolarni hal qila olmaslik);

    • jamiyat a’zolarining o‘z kelajagiga nisbatan pessimistik qarashlarning kuchayishi (regressiv g‘oyalar hukmronligi);

    • ijtimoiy va individual ongning ijoddan mahrumligi va qotib qolganligi va b.

    SHuningdek jamiyatning regress holatiga tushib qolishiga harbiy urushlar va ekologik tangliklar ham sabab bo‘lishi mumkin.
    Progress va regress holatlarini tarixning ma’lum davrlarini qamrab olgan sivilizatsiyalar va jamiyatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
    Sivilizatsiyalardan qadimgi SHarq sivilizatsiyalari – Misr, Mesopotamiya, Xitoy va Hindiston sivilizatsiyalari, YUnon-Rim, Mayya va boshqa sivilizatsiyalarning ham qismati regress jarayonini chetlab o‘ta olmagan. Hozirda mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalardan peshqadami bo‘lgan zamonaviy Yevropa sivilizatsiyasi progress jarayonini boshdan kechirayotgan bo‘lsada, ammo ayrim faylasuflar nazarida bu sivilizatsiya ham regress tomon yaqinlashayotganligi aytiladi (O. SHpengler, N.Berdyaev, P. Byukenen).
    SHu davrgacha mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalar regress holatini o‘z boshidan kechirgan bo‘lsa ham, ammo insoniyat jamiyati o‘z-o‘zini qayta tashkil etish orqali o‘z mavjudligini saqlab qola olgan. Ammo o‘tmishga qarab bundan keyin ham jamiyat regressdan o‘z mavjudligini saqlab qoladi, degan hulosaga kelmaslik kerak. CHunki ekologik regress (tanglik), yadro urushi havfi jamiyatga bunday imkoniyat qoldirmasligi ham mumkin.
    Progress va regress jarayonini konkret davlatlar misolida aniqrok ko‘rish mumkin. Makedoniyalik Iskandar imperiyasi, Rim imperiyasi, CHingizxon imperiyasi, Usmonli turklar imperiyasi, CHor Rossiyasi imperiyasi, SSSR va boshqa imperiya ko‘rinishidagi davlatlar ham ma’lum vaqt progressiv taraqqiyot peshqadamligini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar-da (Gegel iborasi bilan aytganda “estafeta tayoqchasi”ni qo‘lga kiritgan halqlar), oxir-oqibat regress holatida ayrimlari butunlay yo‘q bo‘lib ketdi, ayrimlari esa o‘z taraqqiyot yo‘lini, yashash tarzini isloh qilish orqali hayotiyligini saqlab qola oldi.
    Sobiq SSSR davlatini misol tariqasida keltiradigan bo‘lsak, yagona mafkura asosida (garchi real hayotdan uzoq bo‘lgan) jamiyat a’zolarini bir maqsad yo‘lida birlashtira olgan bu davlat, tabiiy zaxiralarni imkon qadar o‘zlashtirish, inson ruxiyati va ongini boshqarish yo‘li bilan o‘z progressiv taraqqiyotini qisqa muddatgacha ta’minlab tura oldi holos. Inson erkinligini ta’minlay olmagan, mexanik birdamlik asosiga qurilgan, manfaatdorlik tuyg‘usini hisobga olmagan, qadriyatlarni qayta baholay olmagan o‘ta konservativ bu davlat avval turg‘unlik, so‘ngra regress holatida parchalanib ketdi.
    Hozirgi davrda bizning jamiyatimiz va davlatimiz ijtimoiy progress jarayonini ta’minlash uchun yuqoridagi regressga olib boruvchi holatlarni hisobga olgan holda davlat apparati islohotchiligida taraqqiyotning quyidagi tamoyillariga asoslanmoqda:

    • individual erkinlik va mulkiy manfaatdorlik;

    • qadriyatlarni qayta baholashda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik;

    • ijtimoiy va individual ong mutanosibligini ta’minlash;

    • manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash;

    • kelajakka ishonch uyg‘ota oladigan g‘oyalar va mafkura asosida ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash;

    • ijodiy va erkin fikrlaydigan, voqealarga ratsional-ma’naviy munosabatda bo‘la oladigan barkamol jamiyat a’zosini tarbiyalash;

    • barqaror iqtisodiyotni yaratish;

    • tinch-totuv hayotni, ijtimoiy havfsizlikni ta’minlash va b.

    Hozirda ijtimoiy taraqqiyot borasidanufuzli halqaro tashkilot BMT tomonidan “Barqaror taraqqiyot”, “Inson taraqqiyoti” konsepsiyalari ilgari surilmoqda. 1992 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit va taraqqiyot” (UNCED) bo‘yicha konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya dunyo mamlakatlari hukumatlarini barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun kurashishga da’vat etdi. Uchrashuv chog‘ida 2012 yilgacha bo‘lgan taraqqiyot davrida erishilgan yutuqlar, muammolar va galdagi muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.
    BMT tomonidan 2012 yilning iyun oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida “Rio+20” konferensiyasida o‘tkazildi. Ushbu voqea, shuningdek, juda ko‘plab hukumatga qarashli bo‘lmagan va davlat muassasalari, BMT agentliklarining ham diqqatini tortdi. Konferensiyada “Barqaror taraqqiyot” konsepsiyasi bir ovozdan ma’qullandi.
    Barqaror taraqqiyot – bu, kelgusi avlodlar hayot tarziga tahdid solmagan holda hozirgi avlodning hayot tarzini yaxshilash va ehtiyojlarini qanoatlantirishga yordam beradigan taraqqiyotdir. Boshqacha aytganda bu - bugungi avlodning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik talablariga javob beradigan va kelajak avlodlar uchun ham ma’qul bo‘lgan taraqqiyot yo‘lidir. Rivojlanayotgan mamlakatda ko‘mir vositasida qizdiriluvchi elektrostansiyalar qurilishini qo‘llab-quvvatlashni beqaror taraqqiyot deb hisoblash mumkin. CHunki u kelajak avlodlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘mir vositasida ishlovchi elektrostansiyalar o‘rniga atrof-muhitga zarar etkazmaydigan Quyosh energiyasidan samarali foydalanish xavfsiz va ayni paytda to‘g‘ri tanlangan yo‘l bo‘lardi. Barqaror taraqqiyot – sayyoramiz aholisining turmush darajasini yaxshilash uchun eng qulay yondashuv va “Rio+20” konferensiyasi ushbu fikrning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlashga xizmat qildi.
    Global miqyosda barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida “Rio+20” konfrensiyasida asosiy e’tibor ikkita masalaga qaratildi. Ulardan biri butun dunyoda “yashil iqtisodiyot”ni tashkil etish. Bunda foyda olish yo‘lida atrof-muhit musaffoligi xavf ostiga qo‘yilmasligi kerak. SHunday iqtisodiyotning rivojlanishi barqaror taraqqiyotning yorqin namunasi bo‘ladi va u qashshoqlikni bartaraf etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchi masala – shunday institutsional asosni yaratish kerakki, u dunyo mamlakatlari ichki siyosatni olib borishda ham undan foydalana olsin.
    YAna bir konsepsiya bu – “Inson traqqiyoti” konsepsiyasidir.BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tayyorlangan 2010 yil “Inson taraqqiyoti haqidagi ma’ruza”da unga quyidagicha ta’rif beriladi:
    “Inson taraqqiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra inson erkinliklari qatoriga odamlarning uzoq, sog‘lom va ijodkor hayotga bo‘lgan huquqlarini hamda boshqa, ularning fikri bo‘yicha qadrlashga arzigulik maqsadlarga erishish; bizning mushtarak sayyoramizda adolat va rivojlanishning barqarorligini ta’minlashda faol ishtirok etishni kiritishdan iborat. Odamlar – alohidami yoki guruhlarmi– bir vaqtda inson rivojlanishining ham sayi-maqsadi, ham harakatlantiruvchi kuchidirlar”319.
    Bu ta’rifni tushunib etish quyidagi xulosani chiqarishga imkon beradi: inson taraqqiyoti – kompleks xarakterga ega bo‘lib, o‘z ichiga insonning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarini qondirishni, uning sog‘liqqa, ta’lim olishga, o‘zini ifoda qilish erkinligiga, bugungi va kelgusi avlodlar xavfsizligiga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashni qamrab oladi.
    Uzoq vaqt davomida dunyoda iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi yakka hukmron bo‘lib kelgan. Qisqacha aytganda, ushbu konsepsiyaning mohiyati nihoyatda sodda va tushunarli: iqtisodiyot va mehnat samaradorligining o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan, yalpi ichki mahsuloti (YAIM) va aholi jon boshiga o‘rtacha daromadi yuqori bo‘lgan mamlakat farovon hisoblanadi. Turli siyosiy, iqtisodiy tizimlarga ega davlatlar aynan iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ko‘ra o‘zaro raqobatlashar edilar. Bu konsepsiya sodda va tushunarli bo‘lgani tufayli hamon odamlar tafakkuriga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda.
    Ammo XXI asr bo‘sag‘asida iqtisodiy o‘sishning o‘zi asosiy maqsad emasligi ayon bo‘lib qoldi. Jamiyatning daromadlari faqat vosita xolos: ular kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ham, qurollanishga ham, maorifni rivojlantirishga ham, dabdabali, ammo halq farovonligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan loyihalarni amalga oshirishga ham sarflanishi mumkin. SHu sababli turli mamlakatlardagi turmush sifati har doim ham o‘rtacha daromad darajasiga mos kelavermaydi. Bundan tashqari, YAIM notekis taqsimlanishi mumkin. Zero, hukumatlarning ijtimoiy siyosati faol, kuchli yoki sust, loqayd bo‘lishi mumkin. Demak, YAIM darajasi ham, o‘sish sur’ati ham taraqqiyot va muvaffaqiyatning asosiy mezoni bo‘la olmaydi. Bu haqiqatni anglash yangicha yondashuvni – Inson taraqqiyoti konsepsiyasini shakllantirish imkonini berdi.
    Ushbu konsepsiyani vujudga kelishiga hind iqtisodchisi, 1998 yil Nobel mukofoti laureati Amartya Kumar Senning ilmiy asarlari va pokistonlik mashhur iqtisodchi Mahbub ul-Haqning faoliyati katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Mahbub ul-Haq BMTTD tomonidan 1990 yilda tayyorlangan birinchi “Inson taraqqiyoti to‘g‘risida”gi ma’ruzaning tashabbuskori va mualliflaridan biri bo‘ldi. SHundan buyon ushbu nashr har yili chop etiladi.
    SHunday qilib, yigirma yildan kam muddatda Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ijtimoiy jarayonning umum tan olingan paradigmasiga aylandi. Boshqacha aytganda, u nafaqat nazariy qurilma, balki jamiyat rivojlanishning kompleks modelidir. Inson tarqqiyoti nuqtai nazaridan yutuqlar bugun barcha joylarda mamlakat farovonligi va u tanlagan yo‘lning to‘g‘riligini tasdiqlovchi bosh mezon sifatida tan olinadi.
    2000 yilning sentyabr oyida BMTning Ming yillik Sammiti bo‘lib o‘tdi va unda BMTning Ming yillik Deklaratsiyasi, ya’ni xalqaro hamjamiyatning inson taraqqiyoti va inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi harakat dasturi bir ovozdan qabul qilindi. Bu hujjatga binoan Ming yillik rivojlanish maqsadlari, ya’ni 192 davlat va 23 xalqaro tashkilotlar tomonidan 2015 yilga kelib qashshoqlikni bartaraf qilish, odamlarning bilim darajasini ko‘tarish, atrof-muhitni himoya qilish, inson huquq va erkinliklari tengligini ta’minlash, kasalliklarga qarshi kurashish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasida erishish kerak bo‘lgan vazifalarga oid majburiyatlar belgilandi. MRMga erishish bilan bog‘liq holatlar 8 ta maqsad, 21 ta vazifa va 60 ko‘rsatkichlarga asoslangan holda baholanadi320.
    Uning maqsadlari:
    - 1-maqsad. Haddan tashqari kambag‘allik va ochlikni tugatilishi. Vazifalar: 1990-2015 yillar davomida kuniga 1 AQSH dollaridan kamroq daromad oladigan aholi sonini ikki marotabaga kamaytirish;ishlab chiqarishdagi bandlikni to‘liq va barcha, shu jumladan ayollar va yoshlar uchun munosib ish bilan ta’minlash;
    - 2-maqsad. Umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash. Vazifalar: 2015 yilga qadar butun dunyoda bolalar, ham o‘g‘il bolalar, ham qizlarda boshlang‘ich maktab ta’limini olish imkoniyati bo‘lishini ta’minlash;
    - 3-maqsad. Erkaklar va ayollar tengligini rag‘batlantirish hamda ayollarni huquq va imkoniyatlarini kengaytirish. Vazifalar: 2005 yilgacha jinslar o‘rtasidagi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sohasidagi tengsizlik tugatilishi kerak, eng kechi bilan 2015 yilgacha esa ta’limning barcha darajalarida tengsizlikni yo‘q qilish;
    - 4-maqsad. Bolalar o‘limini kamaytirilishi. Vazifalar:1990-2015 yillar davomida besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini uchdan ikki qismga kamaytirish;
    - 5-maqsad. Onalikni muhofaza qilishni yaxshilash. Vazifalar: 1990-2015 yillar davomida onalik o‘limi ko‘rsatkichini to‘rtdan uch qismigacha kamaytirish; 2015 yilga qadar reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha xizmatlardan umumiyfoydalanishni ta’minlash;
    - 6-maqsad. OIV/OITS, malyariya va boshqa kasalliklarga qarshi kurash. Vazifalar: 2015 yilga qadar OIV/OITSni tarqalishini to‘xtatish va kasallanishning kamayish tendensiyasiga asos solish; 2010 yilga qadar OIV/OITS dan davolanishga muhtoj bo‘lganlar uchun umumiy imkon berish; 2015 yilga qadar malyariya va boshqa asosiy kasalliklar tarqalishini to‘xtatish va kasallanishning kamayish tendensiyasiga asos solish;
    7-maqsad. Ekologik barqarorlikni ta’minlash. Vazifalar: Mamlakat strategiyasi va dasturlariga barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritish va tabiiy resurslarni yo‘qolish jarayonlarini orqaga qaytarish;2010 yilgaqadar biologik xilma-xillikni yo‘qotish tempini sezilarli darajada qisqartirish; 2015 yilga qadar toza ichimlik suvidan va asosiy sanitariya-texnik vositalardan doimiy foydalana olmaydigan aholi ulushini ikki marotaba kamaytirish; 2020 yilga qadar xarob kulbalarda yashovchi eng kamida 100 million kishining turmush tarzini jiddiy yaxshilanishini ta’minlash;
    - 8-maqsad. Rivojlanish maqsadida global sherikchilikni shakllanishi. Vazifalar: Ochiq, tartibga solinadigan, ravshan va diskriminatsiyasiz savdo va moliyaviy tizim yaratilishini davom ettirish;eng kam rivojlangan mamlakatlarning maxsus ehtiyojlarini qondirish; dengizga chiqishga imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar va kichik orolli rivojlanayotgan davlatlarningmaxsus ehtiyojlarini qondirish; qarzdorlik darajasi uzoq muddatli rejaga maqbul bo‘lishi uchun milliy va xalqaro chora-tadbirlar yordamida rivojlanayotgan mamlakatlar qarzdorlik muammolarini komplekshal qilish; farmatsevtik kompaniyalar bilan hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy dori-darmon vositalaridan foydalanishni ta’minlash; xususiy sektor hamkorligida yangi texnologiyalar, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan barcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rish.
    Inson taraqqiyotini baholash uchta komponentga asoslanishi kerakligi belgilandi:
    -farovonlik;
    - huquqlar va imkoniyatlar kengayishi, agentlik;
    - adolat.
    Inson taraqqiyoti ko‘rsatkichlarini aniqlash quyidagi mezonlarga tayanadi:
    - Iqtisodiyot;
    - Demografiya;
    - Aholi daromadlari;
    - Kambag‘allik;
    - Sog‘liq;
    - Ovqatlanish;
    -Turar-joy va kommunal xizmatlar;
    - Ta’lim va madaniyat;
    - Jinoyatchilik;
    -Atrof-muhit holati;
    -Davlat boshqaruvini takomillashtirish, demokratiya va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish.
    ITKni qo‘llashning butun davri davomida muayyan mamlakatdagi inson taraqqiyoti darajasi va dinamikasini ifodalovchi va ularni boshqa davlatlardagi holat bilan taqqoslashga imkon beruvchi yagona integratsiyalashgan ko‘rsatkichni ishlab chiqish borasida urinishlar amalga oshirilgan. Oxir oqibat ITKning asosiy “savatlarida” bosh yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rsatkich sifatida Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) qabul qilingan. U agregatlashgan, yig‘ma indeks bo‘lib, mamlakat yutuqlarining o‘rtacha darajasini uch yo‘nalish – salomatlik va uzoq umr ko‘rish, bilim hamda munosib hayot kechirish darajasi bo‘yicha baholashga imkon beradi.
    ITK tufayli kishi boshiga taxminan bir xil miqdorda YAIM hajmiga ega bo‘lgan mamlakatlarni ko‘rish mumkin, shunga qaramasdan inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichiga ko‘ra ular turli o‘rin egallaydilar va bir-biridan kutilayotgan hayot davomiyligi, ta’lim sifati kabi ko‘rsatkichlarga ko‘ra farq qiladilar.
    Fikrlarimizni muxtasar qilib aytganda, jamiyatning rivojlanganlik darajasi nafaqat mamlakatning iqtisodiy salohiyati yuqoriligi bilan, balki bu salohiyatdan har bir insonni uyg‘un va har taraflama rivojlantirish uchun qanchalik foydalanilayotganligi bilan ham o‘lchanadi321.

    Download 4,4 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   311




    Download 4,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti

    Download 4,4 Mb.