|
– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
|
bet | 21/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFA5111600– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrni tayyorlash jarayonida asosan quyidagi ta’lim texnologiyalar va o’qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
o’qitishning interfaol metodi,
muammoli o’qitish texnologiyasi,
o’yinli texnologiyalar,
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari,
shaxsiy yo’naltirilgan ta’lim,
tabaqalashtirilgan ta’lim,
dasturlashtirilgan ta’lim,
o’qitishni individuallashtirish texnologiyasi,
o’qitishning kompleks metodlari (loyihalash metodi, tarmoqli rejalashtirish metodi, aqliy hujum, assosiogrammalar metodi va h.k.)
7.6 O’quv jarayonining moddiy-texnika bazasiga qo’yilgan talablar
Bakalavrlar tayyorlash asosiy ta’lim dasturini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasasi fanlar bo’yicha va fanlararo tayyorgarlikning barcha turlarini (laboratoriya, amaliy va ilmiy-tadqiqotchilik ishini) ta’lim oluvchilarning OTM o’quv rejasida ko’zda tutilgan va sanitariya hamda amaldagi yong’in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga muvofiq o’tkazishni ta’minlaydigan moddiy-texnik bazaga ega bo’lishi kerak.
Bakalavrlik dasturini amalga oshirish uchun minimal zarur moddiy-texnik ta’minot ro’yxati:
- leksiya (potok va guruh) auditoriyalari;
- seminar mashg’ulotlari uchun auditoriyalar;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish uchun laboratoriyalarni o’z ichiga oladi.
Mavjud moddiy baza:
- leksiyalar o’tkazishni - illyustrativ materialni namoyish etish uchun turli jihozlar;
- asosiy fanlarning amaliy-laboratoriya ishlarini bajarish uchun-laboratoriya ishlari dasturiga muvofiq jihozlar;
- ixtisoslik fanlarining laboratoriya ishlari uchun–laboratoriyalarning amalga oshirilayotgan ilmiy tematikasiga muvofiq jihozlar;
- seminar mashg’ulotlarini o’tkazish uchun-hisoblashlar va axborot tizimlaridan foydalanish uchun kompyuterlar hamda chet tili mashg’ulotlari uchun–lingafon xonalari bilan ta’minlashi kerak
|
| |