|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 159/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaKerakli Jihoz va materiallar: atributlar, sayyora tasvirlangan suratlar Faoliyatning borishi:
1. «Sayyora» mavzusidagi suratni ko`rish
2. Sayyoralarni solishtirish
Bolalar ishini muhokamasi va rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi sayyora kompozisiyasini ota-onalar ishtirokida tuzishni taklif etadi
E`tiborga molik jihati:
1.Jamoada ishlash malakalarni shakllantirish.
2.Fikrlashlarni o`stirish.
Fan va tabiat markazi:
Tajriba «Vulqonning otilishi»
Maqsad: Inson va tabiat uyg`unligi to`g`risidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Yer-bu shar ekanligi to`g`risida tasavvurga ega bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: (qum, suv, bo`yoqlar)
Faoliyatning borishi:
1. Vulqon va uning odamlarga va xayvonot dunyosiga nisbatan salbiy ta`siri to`g`risida suxbat.
2. AKT (slaydlar)ni tomosha qilish.
Qum, suv va bo`yoqlar bilan tajriba o`tkazish.
Bolalar faoliyatini muxokama qilish va ularni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga «Favqulodda vaziyatlar» mavzusida syujetli-rolli o`yinni taklif etishi mumkin. Vulqon rasmini chizish.
E`tiborga molik jihati:
1. Jamoada ishlash
2. Rollarni taqsimlash
San`at markazi
«Sayyorani asra»
Maqsad: qog`oz varog`ida turli chiziqlarni chiza oladi, batartib bo`yashni mashq qiladi, hajmli rasmlarni to`ldiradi. Atrof-olam to`g`risidagi ma`lumotlarni mustaqil izlay oladi, shaxsiy loyixalarini ishlab chiqishda g`oyalarini aks eta oladi, badiiy ijodi va mayda qo`l motorikasini rivojlantiradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: Tabiat tasvirlangan rasmlar. Rangli qalamlar, qog`oz, ekologik belgilar.
Faoliyatning borishi:
1. Yil fasllari tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.
2. Tabiatga muxabbat mavzusida bolalar bilan suxbat. Tabiatda o`zini tutish axloq qoidalarini o`rganish, mustaqil ish.
Bolalar faoliyatini muxokama qilish va ularni rag`batlantirish Qo`shimcha qism: Tabiat xaqidaAKTni ko`rish , tabiat to`g`risida she`rlar. E`tiborga molik jihati:
1. Tabiat qo`ynida axloq-odob qoidalarini mustahkamlash.
2. Mayda qo`l motorikasini rivojlantirish.
MAY
Oy mavzusi: «Buyumlar, anjomlar va asboblar»
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|