|
«Oltin tarvuz» ertagining inssenirovkasi
|
bet | 32/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotincha«Oltin tarvuz» ertagining inssenirovkasi
Maqsad: xalq ijodiyoti bilan tanishishda davom etadi, aktyorlik mahorati ko`nikmalarini orttiradi, yaxshi va yomonni farqlaydi.
Jihoz va materiallar: ertakning matni va rasmlari, qoliplar, kiyimlar, tarvuz maketi va oltin tangalar mulyajlari.
Faoliyatning borishi:
Bolalar rasmlarni tomosha qilish borasida ertakning syujetini esga olishadi.
Bolalarga rollarni taqsimlash.
Ertak inssenirovkasi.
Hayot havfsizligi asoslari.
Qo`shimcha qism: bolalar rollarni almashishlari yoki ertakka boshqacha yakun o`ylab topishlari mumkin.
E`tiborga molik jihati: bolalarning bir-biriga nisbatan o`zaro xurmati, nutqi va ijodiy sifatlarining shakllanishiga.
Nutq va savoDxonlikka o`rgatish markazi
«Bog`da va tomorqada nimalarni o`stiramiz?»
Maqsad: meva va sabzavotlarning nomini biladi, nima qayerda o`sishini farqlaydi. Meva va sabzavotlarning xususiyatlarini biladi, lug`at boyligini yangi tushunchalar bilan boyitadi, nutqini ravonligini, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
Jihoz va materiallar: bog` va tomorqa rasmlari, meva va sabzavotlar to`g`risida adabiyotlar, mavzuga doir kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
«Bog` va tomorqa» rasmini tomosha qilish;
Bolalar meva va sabzavotlarni nomlarini aytishadi va klassifikasiya qilishadi.
Bog` va tomorqa tasviri tushirilgan panno.
Meva va sabzavotlarni bolalar tegishli xonachalarga joylashtirishadi.
Qo`shimcha qism: meva va sabzavotli ramlarni ularning nomlari yozilgan kartochkalarga almashtirish.
E`tiborga molik jihati: agarda bola to`liq gap bilan javob berolmasa, yo`naltiruvchi savol va so`zlar bilan yordam berish mumkin, e`tiborni rivojlantirish va nutqni shakllantirish.
Fan va tabiat markazi
|
| |