|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 33/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaBilmasvoy darsi.
Maqsad: meva va sabzavotlarning kesilgan shakllari bilan tanishadi, meva va sabzavotlarning urug`lari xaqida ma`lumot to`playdi, ular orasidagi o`xshashlik va tafovutlarni farqlaydi.
Jihoz va materiallar: meva va sabzavotlarni kesish uchun taxtacha, bolalar uchun mo`ljallangan pichoqlar, meva va sabzavotlar, likopchalar, lupa.
Faoliyatning borishi:
Bolalar meva va sabzavotlarni ko`rib chiqadilar.
Mevalarni urug` va danaklari bilan solishtiradilar.
Meva va sabzavotlarni kesilgan xolda ko`rib chiqadilar.
O`z ishlarining to`g`ri bajarilganligini tekshiradilar.
Urug` va danaklarni solishtiradilar va taxlil qiladilar.
Qo`shimcha qism: bolalarga sabzi va x.z urug`larni ekish uchun belkurakchalar, leyka, idish va tuproq, tuvaklar taklif etish.
E`tiborga molik jihati: bilimlarni xayotga bog`lash, xayot xavfsizligi qoidalariga amal qilishni.
San`at markazi
«Tabiat omborxonasi» jamoaviy ish
Maqsad: meva va sabzavotlarni saqlash texnikasini biladi, qaychi bilan ishlash malakasini qo`llaydi, jamoada ishlaydi.
Jihoz va materiallar: rangli qog`ozlar va karton, qaychi, yelim, shablonlar, salfetkalar, korobkalar, tabiiy material, plastilin.
Faoliyatning borishi:
Salfetka, karton va qog`ozlardan meva va sabzavotlar yasash.
Quti va savatlarni yasash.
Tayyor mahsulotlarni savat va qutilarga joylashtirish.
Katta qutini omborxona o`rnida ishlatish.
Omborxonaga ya^ik va savatlarni joylashtirish.
Qo`shimcha qism: bolalar meva va sabzavotlar to`g`risidagi topishmoq va she`rlarni esga oladilar.
E`tiborga molik jihati: tafakkuri va mayda motorikani rivojlantirish, jamoada ishlashni bilish.
Qurish-yasash va matematika markazi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|