|
Maqsad: oshpaz nima bilan shug`ullanishini biladi, ayrim taomlar nomini biladi.
Jihoz va materiallar
|
bet | 59/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaMaqsad: oshpaz nima bilan shug`ullanishini biladi, ayrim taomlar nomini biladi.
Jihoz va materiallar: bolalar oshxona to`plami, oshpaz kiyimi; bolalar idish- tovog`i, mahsulotlar mulyaji va h.k.
Faoliyatning borishi:
O`yin syujetini o`ylab topadilar.
Syujetni sahnalashtirish uchun rollar taqsimlanadi.
Syujetli-rolli o`yin.
Qo`shimcha: yoqtiradigan taomlar haqida so`zlab beradilar.
Nimaga e`tibor qaratish lozim: o`yin mobaynida bolalarning o`zaro munosabatlari; o`yin ishtirokchilarining emosional holatiga
Til va nutq
Mavzu «Xunarmanlar shahri»
Maqsad: chizma asosida tavsifiy hikoya tuzadi; nutqida fe`llarni qo`llaydi; turli kasbdagi kishilarga o`z qiziqishi va hurmatini ifodalaydi.
Jihoz va materiallar: taqdimot, turli kasb vakillarining ish kiyimlari va ularning ish qurollari.
Mashg`ulotning borishi.
1. Tarbiyachi yordamida topishmoqlar o`qiydilar:
kim sizlarga ko`ylak, kurtka va sevimli oziq-ovqatlarni sotadi? (sotuvchi)
kim hamma kasalliklarni davolaydi, kimga nima foydali ekanligini biladi? (shifokor)
kim yong`inni o`chiradi, odamlarani qutqaradi? (Yot o`chiruvchi)
kim mashinada yuk tashiydi? (Haydovchi)
kim fen va taroq bilan do`stlashgan va modaga mos sochlarni turmaklaydi (Sartarosh)
kim taomlar tayyorlaydi: sho`rva, kotletlar, vinegretlar (Oshpaz)
Kim tinchligimizni saqlaydi, buzg`unchilarni tutadi? (Milisiya xodimi)
Kim maktab, uy, bolalar bog`chasi, do`konlarni quradi? (Quruvchi)
Turli kasblarning ish kiyimi va ish qurollari bilan tanishadilar.
Har bir kasbga mos fe`llarni tanlaydilar: «Nima qilyapti?» savoliga javob beradilar
(masalan: oshpaz - pishiradi, qovuradi, tayyorlaydi; Shifokor - davolaydi, ukol qiladi. Quruvchi - quradi va h.k.)
|
| |