|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 73/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaQo`shimcha qism: ishni applikasiya bilan to`ldirish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning mustaqil ijodini rivojlantirish.
Qurish va yasash markazi
«Shifonyer va qo`g`irchoq uchun komod»
Maqsad: turli materiallar, har xil o`lchamli qutilardan konstruksiyalar yasashga qiziqishni oshirish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: har xil o`lchamli qutilar, karton, yelim, salfetkalar, rangli qog`oz, bo`yoqlar, mebellar, shifonyerlar rasmlari, konstruksiyalashni bosqichma bosqich bajarishga oid kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
Mebellar, shifonyerlar rasmlarini tomosha qilish.
Materiallarni o`rganish. Ishni rejalashtirish.
Bolalarning samarali faoliyati.
Shifonyer, komodni bo`yash va bezash.
Qo`shimcha qism: qo`g`irchoqlar kiyimini shifonyer, komodga taxlab qo`yishni taklif qilish.
E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib ishlash, o`z xatti-harakatlarini do`stlari bilan kelishish.
Syujetli-rolli o`yin va Drama markazi
«Kiyim do`koni» Maqsad: turli mavsumda kiyiladigan (qishki, yozgi) va maqsadiga ko`ra kiyiladigan kiyimlar haqida tasavvur hosil qilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: ilgak-vitrinalar, turli bolalar kiyimi, kassa, schet, cheklar, kalkulyator, paketlar.
Faoliyatning borishi:
«Do`kon» rasmini tomosha qilish.
Do`kon atributlari bilan tanishish.
Ilgak-vitrinadagi kiyimlarni mavsumiga ko`ra, maqsadiga ko`ra taxlab chiqishni taklif qilish.
Rollarni taqsimlash, o`yin qoidalarini belgilash (sotuvchi, xaridor, maslahatchi, yordamchilar, kassir).
«Kiyim do`koni» o`yini.
Qo`shimcha qism: Yangi yil bayrami uchun kiyimlar kolleksiyasini yaratishni taklif qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|