|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 81/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaFaoliyatni olib borilishi:
Bolalar sport kiyimlarini kiyib ikki guruhga bo`linadilar.
Bolalar «Chang`ida (lmji) poyga». o`yinini o`ynaydilar. Bolalar chang`ida yurgandek (taqlidchan) harakatlanadilar.
BiatlonI o`yini.Chang`ida harakatlangandek (taqlidchan) belgilangan
masofagacha yuguradilar, to`pni nishonga uloqtiradi.
Qo`shimcha qism: sport mavzusiga oid suratlarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: bolalar orasida do`stona munosabatlarni
mustahkamlash, bir-birini qo`llab quvvatlashni tarbiyalash, sog`lom hayot tarzini singdirish, bolalarni jismonan kuchli, epchil va chaqqon bo`lishlariga ko`maklashish.
Til va nutq markazi
«Qish» surati asosida hikoya qilish
Maqsad: nutqda barcha kelishiklarni qo`llaydi, tayanch so`zlar va rasmlar asosida qisqa hikoya qiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qish tabiati aks etgan surat. Mazmunli suratlar: o`g`il bola va qiz bola qish kiyimida, chang`i, chana, konki (muz ustida uchish uchun mo`ljallangan chang`i) va qorodam.
Faoliyatni olib borilishi:
O`yin: «Belgilarini tanla!»
Qish qanday? - sovuq, qahraton, bo`ronli.
Qor qanday? - oppoq, yumshoq, momiqqina, kumush va h.k.
O`yin «Faoliyatni tanla»
Qor nima qiladi? - yog`adi, aylanadi, uchqunlaydi, qoplaydi, g`irchillaydi, yaltiraydi, eriydi.
Shamol nima qiladi? - yeladi, esadi, hushtak chaladi, uvillaydi.
«Qish» tabiati aks etgan suratni ko`rish.
Mazmunli surat asosida gaplar tuzish. «Qish» haqida qisqa hikoya tuzish.
Qo`shimcha qism: buyum-hodisaga oid belgilarni mashq qildirish. Bolalarni kirishimligini va do`stona hamkorlikni tarbiyalash.
E`tiborga molik jihati: so`zlarni va oxirgi bo`g`inlarni, to`g`ri talaffuz qilish, tayanch so`zlar asosida gap tuzish.
Til va nutq markazi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|