|
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|
bet | 5/133 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #274623 |
Bog'liq Katta guruh tematika lotinchaSan'at markazi.
Mavzu: «O'zbekiston bayrog'ini chizamiz».
Maqsad: O'zbekiston ramzlari haqidagi bilimga ega, bayroqning har bir rangini ifodalay oladi, namunasiz chizish qobiliyatiga ega, Uzbekiston bayrogini boshqa davlatlarning bayroqlaridan farqlay oladi.
Kerakli jixozlar: Bayroq tasvirlangan turli rasmlardan namunalar, konseliyariya mollari. Rag'batlantirish uchun «Ofarin» medallari.
Faoliyatning borishi:
Mavzu asosida suratlarni kuzatadi
Kerakli jixozlarni tanlab olish.
Bayroqni chizish.
Rasmlar yordamida ko'rgazma tashkil qilish.
Dustlari suratlarini taxlil etishi va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: Mavzu asosida she'r yod oldirish. Pazlla orqali bayroqni yig'ish o'ynini o'ynash.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolaning badiiy-estetik jixatlarini shakllanganligi, tasviriy faoliyatning turlarini ajrata olishi, o'z fikrini rasmlari orqali ifodalashiga.
Kurish-yasash va matematika markazi
Mavzu: «Maktab kuramiz».
Maksad: Binoni kurilishi va joylashishi shaklini biladi, balandligini ulchay oladi, geometrik shakllar nomini biladi, maktab inshoatini mustaqil qura oladi.
Kerakli jixozlar: katta kurilish materiallari, gishtchalar va stol ustida uynaladigan kurilish jixozlari.
Faoliyatning borishi:
Binoni qurish rejasini tuzish.
Kurilish uchun kerakli jixozlarni tanlash.
Qurish va yasash.
Tayyor binoni atroflariga qo'shimcha jixozlar joylashtirish.
Qo'shimcha: Maktab xakida sherni yod olish, ukituvchi kasbi xakida tarbiyachi bilan suxbat.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bino qurishda uning asosini nimadan tashkil topganligiga, binoni qay darajada mustaxkamligi va bajarilgan ishning sifatiga.
Kurish-yasash va matematika markazi
Mavzu: «Bolalar bogchasi».
Maksad: Turli bogchalar binolarini kuzatadi, bolalar bogchasi binosini kurilish materiallari, gishtchalardan foydalanib kuradi, katta kurilish materiallarini biladi, va kurilishda foydalanadi, shakllarning katta kichikligini biladi, ranglarni farqlaydi. Nechta? Nechinchi? Savollarini o'rinli ishlata oladi.
Kerakli jixozlar: kubiklar, geometrik shakllar, qurish-yasash materiallari, namuna, mavzu asosida rasm.
Faoliyatning borishi:
«Mening bog'cham» lavhasini tomosha qilish (AKTdan foydalangan holda).
Bolalar bog'chasini qurishni rejalashtirish.
Bolalar bog'chasini qurish.
Tayyor ishga qo'shimcha bezak berish.
Qo'shimcha: Tarbiyachi bolalarga o'zlari qurib bitirgan bog'chani mayda o'yinchoqlar bilan to'ldirishni tavsiya qilishi mumkin (moshina, mebel, daraxt va butalar) va mavzu asosida hikoya tuzish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Qurish-yasash materiallaridan to'gri foydalanishni bilishi, to'g'ri qaror qabul qilib o'rtoqlarini o'z izidan boshqarishga.
Syujetli-rolli o'yinlar markazi:
Mavzu: «Muzeyda».
Maksad: Muzeyda o'zini tuta bila oladi. «Ekskursiya» , «gid», «Maket» so'zlarining ma'nosini biladi.
Kerakli jixozlar: maskalar, kiyimlar, atributlar, chipta, mavzuga doir rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1.Mavzu asosida suratlarni kuzatish
2. Kuzatuv asosida taxlil etish
3.Muzeylar xakida dustlari bilan fikr almashish.
3. Dustlari urtasida rollarni taksimlab olish
4. Uyin mazmunini boyitish.
Qo'shimcha: Muzeylarga AKT orqali sayoxat uyushtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: tugri boglangan nutkga axamiyatni karatish nutk, suzlarni urnida kullash malakasi, tasavvur va akterlik kobiliyati.
Til va nutq markazi.
Mavzu: «O'zbekistonning qadimiy shaharlari» (Samarqand, Buxoro), AKT suhbat.
Maqsad: Samarqand va Buxoro qadimiy shaharligini biladi, Samarqanddagi «Registon»ni, Buxorodagi «Minorai Kalon»ni biladi. O'zbekistonning 12 ta viloyati mavjudligini biladi. Bola nutqi faollashadi, eshitish qobiliyati rivojlanadi, diqqat va xotira mustaxkamlanadi.
Kerakli jixozlar:Mavzu asosida videolavhalar, Samarqanddagi «Registon»ni, Buxorodagi «Minorai Kalon»ni rasmlari.
Faoliyatning borishi:
1. Lavhalarni tomosha qilish.
2. Lavhalardan olgan ma'lumotlari asosida rasmlarni ajratib olish.
3. Rasmda qaysi viloyat tasvirlanganligini aniqlash.
4. Samarqanddagi «Registon», Buxorodagi «Minorai Kalon»ni rasmlarda tomosha qilish.
5. Rasm va ko'rgazmalar orqali mavzu bo'yicha bilimlarini boyitish.
Qo'shimcha: O'zbekiston xaritasida O'zbekistonning viloyatlari qayerda joylashganligi va chegaradosh davlatlarni bolalarga ko'rsatish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Rasmlarni taxlil qilinishiga, tarixga bo'lgan qiziqishiga.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
|