• Sanat markazi
  • Qurish yasash
  • Til va nutq markazi .
  • Sanat markazi.
  • Syujetli roli uyinlar va drammalash markazi
  • O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish




    Download 2,01 Mb.
    bet6/133
    Sana12.10.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #274623
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
    Bog'liq
    Katta guruh tematika lotincha

    Fan va tabiat markazi.
    Mavzu: «Quvnoq sharlar».
    Maqsad: Havoning inson hayotidagi muhim o'rni haqida biladi, havoning xususiyatlarini biladi, havo yordamida elementar tajribalar o'tkaza oladi, to'g'ri nafas olib chiqarishni biladi.
    Kerakli jixozlar: sellofan paket, pufak, mavzu asosida rasmlar.
    Faoliyatning borishi:

    1. Sellofanga havo to'ldirish.

    2. Pufakka havo to'ldirish.

    3. Havo bilan to'ldirilgan sellofan va pufakning og'zini mahkamlash.

    4. Havoning hosil bo'lish va bir joyda to'planish jarayonini tahlili qilish.

    5. Sellofan va pufakning og'zini bushatish.

    6. Yengil jism yordamida (paxta yoki par) sellofan yoki pufakdan chiqayotgan havoning bosimini ko'rish va his qilish.

    Qo'shimcha: Markazda olib borilgan faoliyatni zimdan kuzatish, tinglash, bolalar fikrini tinglash, havoning ko'z bilan ko'rib qo'l bilan ushlab bo'lmasligini, havo yana nimalar uchun zarurligini, havo bo'lmasa sayyoramizda nimalar sodir bo'lishi mumkinligi haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni berish.
    Alohida etibor qaratiladi: Bolaning mavzu borasida qanday fikrga, bilimga ega bo'lganligiga, mavzuni to'g'ri tahlili qila olganligiga.

    San'at markazi.
    Mavzu: «Mustaqillik bayrami» mavzusida rasm chizish.
    Maksad: O'zbekistonda nishonlanadigan bayramlarni biladi, mustaqillik bayramining qachon nishonlanishini biladi, bayram arafasidagi o'zgarishlarni biladi. Mustaqillik hiyoboni haqida tushunchaga ega. Ranglarni to'g'ri tanlay oladi, mavzudan chetlashmaydi, berilgan mavzuni tez idrok etib, uni qog'ozga tushura olish qobiliyatiga ega.
    Kerakli jixozlar: shahar ko'chalarining bayram kunlaridagi suratlari, namuna, qog'oz va konselyariya mollari.
    Faoliyatning borishi:
    1. «Mustaqil O'zbekiston» mavzusi asosidagi rasmlar va namunani tomosha qilish.
    2. Rasm chizish uchun materiallarni tanlash.
    4. Rasm chizish jarayoni.
    5. Rasmni yana qo'shimcha bezaklar bilan boyitish.
    Qo'shimcha: Mustaqillik mavzusida she'rlar yod oldirish, ota-onalar uchun bolalar ishlaridan ko'rgazma tayyorlash.
    Alohida e'tibor qaratiladi: Ranglardan to'g'ri foydalana bilishi, ikki va undan ortiq ranglarni aralashtirib rang hosil qilishi.


    Qurish yasash va matematika markazi:
    Mavzu: «Yullar va kupriklar kuramiz» (uzun va kiska, keng va tor).
    Maksad: Kurilish materiallari va gishtchalar yerdamida yullarni kurishni biladi, fazoviy muljal olish malakasi, dikkat, tafakkur, xotirasi rivojlangan, topshirikni berilgan ketma-ketlik asosida bajaradi, katta xajmdagi shakllarni ajrata oladi va kurilish ishlarida ularning shakli, rangi va kattaligini inobatga oladi.
    Kerakli jixozlar: kubiklar, geometrik shakllar, lego shakllari, yul xarakati belgilari, «Tugriga xarakat» «Ungga xarakat», «Chapga xarakat»
    Faoliyatning borishi:

    1. «Yullar» va «Ko'priklar» suratini kuzatish.

    2. Yo'llar va ko'priklar haqida ma'lumot olish.

    3. Ko'prik qurish uchun geomertik shakllarni tanlash

    4. Yo'llar va ko'prik qurish

    5. Bajarilgan ishni o'rtoqlari bilan solishtirish, mustahkamligini tekshirish.

    Qo'shimcha: Bajarilgan ishni turli belgilar bilan boyitishni tavsiya etishi mumkin, rag'batlantirish.
    Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarni jamoa bo'lib ishlashiga, bajarilgan ishning mustahkam va to'g'ri bajarilganligiga, mavzuni to'liq o'zlashtirganligiga.


    Til va nutq markazi.
    Mavzu: «Toshkent – qurilishlar shahri» (AKT)
    Maksad: O'zi yashab turgan manzilini biladi, yashab yurgan shahri nomi, tarixi borasida qisqacha ma'lumotga ega
    Kerakli jixozlar: Toshkent shahrining rasmi, shaharning diqqatga sazovor joylari namoyish etilgan videolavhalar diski
    Faoliyatning borishi:

    1. «Toshkent qurilishlar shahri» videlavhasini kuzatish

    2. Lavha bo'yicha tushuncha berish, hikoya tuzish

    3. Lavha to'g'risida o'zaro suhbat qurish

    4. Lavhadagi diqqatga sazovor binolar va ularning nomlarini yodga olish, tahlil qilish.

    Qo'shimcha: Lavha yuzasidan savol-javoblar o'tkazish, «Baland, past», «Katta-kichkina» o'ynini o'ynashni taklif etish.
    Alohida e'tibor qaratiladi: Nutq boyligining oshganligi, lug'atiga yangi so'zlarning qo'shilganligiga ahamiyat berish.


    San'at markazi.
    Mavzu: «Gerb» Applikasiya (tabiiy materiallardan)
    Maksad: O'zbekiston Respublikasi ramzlarini biladi, ularning ma'nosini biladi, applikasiya yordamida mayda qo'l motorikasi rivojlanadi.
    Kerakli jixozlar: O'zbekistan gerbi, gerb namunasi, bug'doy boshog'i va paxta, oq va rangli qog'oz, qaychi, tabiiy materiallar
    Faoliyatning borishi:

    1. Rasmlar orqali O'zbekiston ramzlari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish.

    2. Gerbni kuzatish, tahlil qilish.

    3. Gerb yasashni rejalashtirish.

    4. Kerakli jihozlarni tanlash.

    5. Gerbni mustaqil yasash.

    Qo'shimcha: Gerb xaqida she'r yod oldirish.
    Alohida e'tibor qaratiladi: Ijodiy ish jarayonida tozalikka axamiyat berish, hayot xavfsizligiga rioya qilish.
    Syujetli roli uyinlar va drammalash markazi:
    Mavzu: «Hayvonot bog'ida».
    Maksad: Yovvoyi va uy hayvonlari to'g'risida ma'lumotlari boyib boradi, hayvonlarga nisbatan mehribonlik, qayg'urish, ozor yetkazmalik hissi uyg'onadi, hayvonlarga g'amxo'rlik qilish hissi uyg'onadi, lug'at boyligiga hammol (gruzщik), veterinar so'zlari mazmunini biladi
    Kerakli jixozlar: Yovvoyi va uy hayvonlari rezina o'yinchoqlar yoki mulyajlar, hayvonlarni ovqatlantirish uchun idishlar, tozalash buyumlari, hayvonlar maskasi
    Faoliyatning borishi:

    1. Hayvonot bog'i va u yerning faoliyati tasvirlangan rasmlarini kuzatish.

    2. Quruvchi, hammol, hayvonot bog'i ishchisi, veterinar, kassir, hayvonot bog'i xodimi, tashrif buyuruvchilar rollarni taqsimlash.

    3. Hayvonot bog'ini qurish.

    4. Hayvonlarni olib kelish.

    5. Hayvonlar solingan qafaslarni joylashtirish.

    6. Hayvonlarga xizmat ko'rsatish (ovqatlantirish, qafaslarini tozalash).

    7. Hayvonlar salomatligini tekshirish.

    8. Issig'ini o'lchash, kasallarini davolash.

    9. Chipta sotish.

    10. Hayvonot bog'i bilan tanishtirish.

    11. Hayvonlar haqida ma'lumot berish.

    12. Xavfsizlik haqida ma'lumot berish.

    13. Chiptalarni xarid qilish.

    14. Hayvonlarni kuzatish.

    Qo'shimcha: Mavzu asosida multfilmlar namoyish etish.
    Alohida e'tibor qaratiladi: Hayvonot bog'i ishchilarini nima ish bilan band bo'lishlari va ularning faoliyatlarini farqlay olishiga.

    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish

    Download 2,01 Mb.