|
O‘zbekistOn respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
|
bet | 12/19 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 153,96 Kb. | | #117159 |
Bog'liq ZbekistOn respublik-fayllar.orgmaqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
Dastur MTMning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va mudir buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
O‘quv dasturining namunaviy tuzilmaviy elementlari:
1. Titul varag‘i
Maktabgacha ta’lim muassasasi nomi
Pedagogik kengash tomonidan
qabul qilindi:
Bayon №___ sana_______________
|
Tasdiqlandi:
MTM mudiri: №___ «____»
F.I.SH
|
№ maktabgacha ta’lim muassasi
DASTURI
|
Tuzuvchi
Familiya, ism, sharifi_________
Toifasi ________________
Pedagogik staji __________
Lavozimi ___________________
20___y.
|
|
2. Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.
|
| |