Kurs ishining maqsadi va bajarilishi




Download 23,66 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2024
Hajmi23,66 Kb.
#144112
1   2   3   4   5
Bog'liq
Termiz muxandislik texnologiya institkti-fayllar.org
002dars, navigate-a2-unit-wordlist, -matematika 9, Mirkamol, 118716, «O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi (1), nasoslar asosiy, wDrtnIwxNWOL8PMqX-Ls4jAJ6hAbVUzo
Kurs ishining maqsadi va bajarilishi
Kurs ishinin bajarilishi talabalarning mustaqil ishlarining asosiy turi hisoblanib u quyidagiga yo‘naltirilgan: o‘qitilayotgan fan bo‘yicha bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirish; kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish; ilmiy tadqiqot metodlarini o‘zlashtirish; ilmiy tadqiqoti mobaynida ijodiy masalalarni hal etishda ko‘nikmalarni shakllantirish; aniq mavzu bo‘yicha loyihalash.

Kurs ishini maqsadi – neft va gaz geologiyasi, geofizikasi sohasida nazariy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va mustaqil hisob-analitik, grafika ishlari ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kurs ishini bajarilishi neft va gaz uyumlarini modelini tuzish va uni har xil chizmalar (xaritalar, sxemalar, kesmalar, blok diagrammalar va h.k.) bilan modelni yaratish, quduq kesmalarini tuzish, taqqoslash va geologik profilar tuzish, maxsuldor qatlamni shifti (yuzasi) va tagi bo‘yicha struktura xaritalarni har xil usullarda (uchburchak, profil va taqlid) tuzish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘rganilayotgan fanning nazariyasi va uni amaliyotda qo‘llash orasida aloqa vazifasini bajaradi.


Kurs ishini bajarishdagi asosiy masalalar quyidagicha:
  • Neft va gaz sohasidagi yo‘nalishlarning o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha talaba tomonidan o‘zlashtirib olingan nazariy bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish;


  • olingan nazariy bilim hamda kurs ishini bajarishda ko‘zda tutilgan amaliy mahorat va aniq masalalarni yechishni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari ega bo‘lish;


  • neft va gaz geologiyasi va geofizikasi sohasida aniq masalalarni yechishda hisoblash metodlarini mustaqil tanlashi, chizma va grafikalarni tuzishda ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish;


  • talabalarni maxsus adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.


Kurs ishi talabaga biriktirilgan mavzu bo‘yicha mustaqil tugallangan tadqiqot hisoblanadi.


Kurs ishi talaba tomonidan kurs ishi rahbari boshqaruvida o‘quv jarayoni rejasi va grafigiga muvofiq mustaqil bajariladi.



Download 23,66 Kb.
1   2   3   4   5




Download 23,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishining maqsadi va bajarilishi

Download 23,66 Kb.