Endi gaz tashqi maydonda masalan, og’irlik kuchi maydonida bulsin. Bu holda gazning bosimi hamma yerda har xil bo’ladi. Bu holni L. Bolsman o’rgangan va gaz molekulalarining og’irlik kuchi maydonida taqsimlanishi uchun shunday formula chiqargan:
nn0*exp(-) . (3.56) bu yerda: Er— potensial energiya, pa— potensial energiya nol bo’lgan nuqtadagi molekulalarning zichligi.
Bu formula Bolsman formulasi deyiladi va u gazning zichligini potensial energiya bilan o’zgarishini ko’rsatadi. Gaz bosimi molekulalar zichligidan kT o’zgarmas kattalik bilan farq qiladi.
SHuning uchun (3.13) formulani shunday yozish mumkin:
pp0*exp(-). (3.57)
Yerdan h balandlikda molekulaning potensial energiyasi Epmgh. (3.58) bo’ladi. SHu sababli (3.14) ni quyidagicha ifodalash mumkin:
pp0*exp(-). (3.59)
Bu formulani barometrik formula deyiladi, bunda r0 - yersathidagi gaz bosimi. Gaz molekulalari betartib issiqlik harakati sababli bir — birlari bilan to’qnashib turadilar. Bu to’qnashishlar orasida molekulalar biror yo’lni bosadilar. SHu sababli molekulalarning o’rtacha yugurish yo’litushunchasi kiritilgan. Uni <> bilan belgilanadi. Hisobga ko’ra <> quyidagiga teng:
<>. (3.60)
bu yerda — molekulaning effektiv diametri, p — hajm birligidagi molekulalar soni.