5-Mavzu: Ichki energiya. Termodinamika qonunlari. Adiabatik jarayon. Entropiya haqida tushuncha. Qattiq jism. Ideal kristall panjaradagi atomlarning joylashishida uzoq tartib. Kristaldagi atom bog’lanish turlari. Jismning ichki energiyasi deb undagi zarrachalarning harakat va o’zaro ta’sir energiyasini hamda jism ichida issiqlik muvozanatini ta’minlovchi nurlanish energiyasini tushunamiz. Termodinamik usulga asosan jism bir holatdan ikkinchi holatga o’tganida ichki energiyasining o’zgarishi jismni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazish uchun berilishi zarur bo’lgan issiqlik va sarflanishi zarur bo’lgan ish yig’indisibilan o’lchanadi.
Termodinamikaning birinchi qonuni shunday deydi: sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini o’zgarishiga va sistemaning tashqi jismlar ustida ish bajarishga sarflaydi.
Q va A algebraik kattaliklar va ular holat funksiyalari emas. (3.61) dan ko’rinadiki Q ning birligi ish yoki energiya birligidan kelib chiqadi, XBS da issiqlik miqdorining o’lchovi — Joul.
Termodinamikaning 1-qonuni izoxorik protsess uchun:
QU, (3.62) ko’rinishda yoziladi. YA’ni gazga berilgan issiqlik miqdorining hammasi ichki energiyaga aylanadi.