O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet112/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

metrologik ekspertiza - oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi bilan bog‗liq metrologik talablar, qoidalar va normalarni qoʻllash toʻg‗riligi va toʻliqligini tahlil qilish va baholash;
standart namuna - metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi shaklidagi oʻlchash vositasi;
standart namunasining metrologik attestatsiyasi - haqiqiy tavsiflarini aniqlash maqsadida standart namunani tekshirish;
texnik topshiriq - ishlab chiqiladigan standart namunalarning metrologik tavsiflariga qoʻyiladigan texnik talablarni oʻz ichiga olgan hujjat;
texnik hisobot - texnik topshiriqqa muvofiq standart namunalarning metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan yoki bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini oʻz ichiga olgan texnik hujjat.
Oʻlchash vositalarini qiyoslash boʻyicha asosiy atamalar va tushunchalar:
ariza beruvchi - oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazishda manfaatdor boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi - belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ yoxud tashkilotlar;
qiyoslovchi — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan davlat metrologiya xizmati yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlarining zarur malakaga ega boʻlgan, aniq bir oʻlchash turi boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassisi;
qiyoslash tamg‘asining izi — oʻlchash vositasi va (yoki) texnik hujjatga bosilgan, oʻlchash texnikasi vositalarini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, oʻlchash vositalarini, shu jumladan, rostlovchi qurilmalarni har qanday ruxsat berilmagan kirishdan himoya qilish uchun moʻljallangan belgi;

Download 4,33 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.