• Sinov qurilmalarini attestatlash va qiyoshlashning maqsad va vazifalari
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet113/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    qiyoslash tamg‘asi — belgilangan shakl va mazmundagi oʻyma belgilar maydoniga ega boʻlgan, oʻlchash vositasiga va (yoki) ularning foydalanish hujjatlariga izi bosib tushiriladigan va ularni qiyoslashdan oʻtkazilganligini va qoʻllanish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi texnik qurilma;
    oʻlchash vositalarining qiyoslashlararo intervali — oʻlchash vositalarini ikkita ketma-ket qiyoslash orasidagi vaqt oralig‗i;
    qiyoslash uslubiyoti — bajarilishi oʻlchash vositalari metrologik talablarga muvofiqligini imkonini beruvchi, aniq ta‘riflangan operatsiyalar jamlanmasidan iborat hujjat.
    Qiyoslash va kalibrlash ishlarini oʻtkazish huquqini olish uchun sinov jihozini metrologik attestatsiyalash zarur.
    Metrologik attestatsiya – bu oʻlchash (sinash) vositasini uning metrologik vazifasi va metrologik xarakteristikalarini koʻrsatish bilan uning metrologik xossalarini sinchiklab tadqiq qilish asosida qoʻllash uchun qonunlashtirilgan deb tan olishdir.
    Metrologik attestatsiya Oʻz DSt 8.011:2004 asosida oʻtkaziladi.
    Metrologik attestatsiya davlat yoki idoraviy metrologik xizmatlar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastur boʻyicha oʻtkaziladi. Natijalar ma‘lum shakldagi dalolatnoma koʻrinishda rasmiylashtiriladi. Natijalar ijobiy boʻlganida belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi. Oʻlchash va sinash orasida farq mavjud boʻlib, u shundan iboratki, sinash xatoligi oʻlchash xatoligidan va sinash rejimlarini qayta tiklash xatoliklaridan iborat. Oʻlchashni sinashning xususiy holi deb atash mumkin.



      1. Sinov qurilmalarini attestatlash va qiyoshlashning maqsad va vazifalari

    Sinov jihozini attestatsiyalashdan asosiy maqsad – mazkur jihozning ruxsat etiladigan ogʻishlar chegaralarida sinash sharoitlarini qayta tiklash
    imkoniyatini tasdiqlash va uning vazifasiga mos ravishda foydalanishga yaroqliligini aniqlashdap iborat.
    Oʻlchash vositasini attestatsiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • metrologik xarakteristikalarni aniqlash va ularni normativ hujjatlarga muvofiqligini oʻrnatish;

    • qiyoslashda tekshirilishi lozim boʻlgan metrologik xarakteristikalarini roʻyxatini belgilash.

    Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak:

    • sog‗liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;

    • moddiy boyliklarni va yoqilg‗i-energetika resurslarini hisobga olish;

    • soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;

    • zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;

    • umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;

    • aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‗in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta‘minlash;

    • sanoat xavfsizligini ta‘minlash;

    • davlat mudofaasini ta‘minlash;

    • mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta‘minlash;

    • sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;

    • geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;

    • oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta‘mirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;

    • foydali qazilmalarni qazib olish;

    • rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;

    • mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.

    Oʻlchash vositalarini attestatsiyalashning quyidagi turlari mavjud:

      • birlamchi attestatsiyalash;

      • davriy attestatsiyalash;

      • takroriy attestatsiyalash.

    Birlamchi attestatsiya sinov qurilmasining ishlatish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, texnik xarakteristikalarini eksperimental aniqlash va uning foydalanish uchun yaroqliligini tasdiqlashdan iborat.

    • sinash sharoitlari parametrlarining me‘yorlangan qiymatlardan ogʻishlari;

    • xodimlar xavfsizligining ta‘minlanishi va atrof-muhitga zararli ta‘sirning yoʻqligi;

    • jihozning attestatsiyalashda qiyoslanishi lozim boʻlgan parametrlari roʻyxati va, shuningdek, uni qoʻllash metodlari, vositalari va davriyligi.

    Davriy attestatsiyani sinash qurilmasini ishlatish jarayonida, uning xarakteristikalarining sinov metodikasiga oid me‘yoriy hujjatlar talablariga asosan rasmiylashtiriladi. Natijalar ijobiy boʻlganida jihozga ma‘lum shakldagi attestat beriladi va ishlatish hujjatlarida yoziladi.
    Xalq xoʻjaligida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarining talaygina qismlarini ishlatish uchun yagona ekzemplyarda (nus‘hada) yoki koʻp boʻlmagan partiyada ishlab chiqiladi. Bunday oʻlchash vositalari standartlashtirilmagan deyiladi. Bu oʻlchash vositalarini ekspluatasiya qilish uchun yaratishda, tayyorlashda, metrologik ta‘minotning asosiy qoidalarini reglamentlash maqsadida mos keluvchi standart yaratilgan boʻlib, unga muvofiq yaratilayotgan oʻlchash vositasi uchun konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizasi oʻtkaziladi, shuningdek metrologik attestatsiya ham nazarda tutilgan boʻlib, bunda ham davlat sinovlarida koʻzda tutilgan funksiya (vazifa) lar bajariladi.
    Moddalarning tarkibi va standart namunalari ham attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim. Mana shunda bizning mamlakatimizda oʻlchashlar yagonaligini ta‘minlashning asoslangan qonun-qoidasiga boʻlgan harakati namoyon boʻladi – bu esa har bir oʻlchash vositasini, faqat, standartlashtirilgan oʻlchash vositalariga davlat sinovlari, standartlashtirilmagan (yakka tartibdagi) oʻlchash vositalari va standart namunalar – metrologik attestatsiya shaklida tasdiqlanganidan keyin foydalanishga ruhsat beriladi demakdir.
    O‗lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni bosqichlari quyidagi sxemada koʻrsatib berilgan.
    Oʻlchash vositalarini qiyoslash. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada qoʻllaniladigan, O‗zbekiston Respublikasi oʻlchash vositalari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim.
    Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim:

    • sog‗liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;

    • moddiy boyliklarni va yoqilg‗i-energetika resurslarini hisobga olish;

    • soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;

    • zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;

    • umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;

    • aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‗in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta‘minlash;

    • sanoat xavfsizligini ta‘minlash;

    • davlat mudofaasini ta‘minlash;

    • mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta‘minlash;

    • sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;

    • geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;

    • oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta‘mirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;

    • foydali qazilmalarni qazib olish;

    • rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;

    • mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.


    O‗lchash vositalari ishlash siklida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan oʻtkaziladi (23.1-rasm).




    Download 4,33 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.