O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet2/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

MAVZU: FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI

Reja:

    1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.

    2. Fanning ishlab chiqarish tarmoqlarida tutgan oʻrni.

    3. Fanning rivojlanish tarixi haqida.




    1. Kirish Fanning maqsadi va vazifalari

Hozirgi vaqtda butun dunyo boʻyicha mahsulot sifati va uni ta‘minlash hamda yaxshilashga katta e‘tibor qaratilmoqda. Yuqori sifatli mahsulot korxonalarning bozorda raqobatchilikka kurashishida, asosiy muvaffaqiyatga erishishida asosiy rol oʻynaydi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning muvaffaqiyat qozonishi oʻzining xaridorlarini qanoatlantirish darajasiga bogʻliqdir. Faqatgina bunday holatlarda korxona oʻzining mahsulotiga barqaror talablarning vujudga kelishi va daromad olishga erisha oladi. Biroq, mahsulotning iste‘molchilar talablarini qanoatlantirish darajasi uning sifati bilan aniqlanadi. Mahsulot sifati uning raqobatbadosh boʻlishida asosiy omil boʻlib hisoblanadi.
―Mahsulot sifati‖ tushunchasi murakkab va keng qamrovlidir. Unga iste‘molchilar tomonidan qoʻyiladigan talablarning doimiy doimiy tarzda oʻzgarib borishi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga talab etilayotgan sifatni ta‘minlash va mahsulotning barcha hayotiy bosqichlari boʻylab uni boshqarish vazifasini qoʻyadi. Bu esa sifatni boshqarish sohasida muvofiq bilimlarni va ushbu sohada tayyorlangan mutaxassislar mavjud boʻlishini talab etadi.
Sifat sohasida bilimlarni oʻzlashtirishga va korxonada sifatni boshqarish tizimini yaratishga 1987 yilda ixtiyoriy sohada faoliyat yurituvchi tashkilot, korxona va muassasalar uchun sifatni boshqarish modelini tavsiflovchi ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarni qabul qilinishi katta turtki berdi. Bu standartlarda universal tavsiflar va sifat orqali korxonani boshqarish usullari va chuqur nazariy bilimlarni talab etuvchi sifat tizimi bayon etilgan. Sifat tizimini ishlab chiqish, joriy etish va ishchi holati samaradorligini ta‘minlashni faqat korxonada kasbiy tayyorlangan sifat boʻyicha mutaxassislar – muhandis va menejerlar mavjud boʻlgandagina amalaga oshirish mumkin.
Hozirgi vaqtda xalqaro standartlar asosida sifat tizimini joriy etish eng muhim zaruriyat hisoblanmoqda. Sifat tizimining mavjud boʻlishi yuqori sifatli va xavfsiz mahsulot ishlab chiqaryotganligini kafolatlaydi.
Ishlab chiqaruvchilar ham oʻzida sifat tizimini yaratishga shuningdek, sertifikatlashtirish yoʻli bilan sifatni ta‘minlashga harakat qilishmoqda.
―Mahsulot sifati nazorati‖ fani oʻz ichiga quyidagi masalalarni qamrab oladi:

  • mahsulot sifatini nazorat qilish usullari;

  • mahsulotning hayotiy sikllarida (1.1-rasm) mahsulot sifatini tekshirish va nazorat qilish vositalari;

  • mahsulotning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash usullari;

  • mahsulot sifatini baholash va mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasida statistik nazorat qilish;

  • sifatni nazorat qilish fani tarixi, uning rivojlanish tendensiyasi, istiqboli;

  • respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va hududiy muammolarning mahsulot sifatini boshqarish sohasi istiqboliga ta‘siri.






Download 4,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.