• Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
  • Xavfsizlik koʻrsatkichlari




    Download 4,33 Mb.
    bet14/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Xavfsizlik koʻrsatkichlari mahsulotning ishlatishda (iste‘mol qilishda) inson hayotiga, sogʻligiga va mulkiga, atrof muhitga xavfsizligi xossalarini va xususiyatlarini tavsiflaydi.

    Xavfsizlik koʻrsatkichlari me‘yoriy hujjatlarda mahsulot koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha rahbariy hujjat (Oʻz.RH 51-010:1998) ga asosan mahsulot turlari boʻyicha shakllantiriladi, masalan, elektrotexnik jihozlar va buyumlarning xavfsizlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • elektr tokidan shikastlanishdan saqlanish klassi;

    • boshqarish, xizmat koʻrsatish, ekspluatasiya qilishda mehnatning xavfsizligi;

    • izolyasiyani doimiy tekshiruvchi qurilmaning mavjudligi;

    • shovqin darajasi;

    • azot oksidlari, karbon (uglerod) va boshqalarni atrof-muhitga chiqarib

    yuboriladigan solishtirma miqdori.
    Sut va sut mahsulotlari uchun:

    • kislotalilik;

    • mikrobiologik koʻrsatkichlar;

    • pestisidlar, ogʻir metallar, aflotoksinlar va b. ning qoldiq miqdori. Demak, MSKT standartlarida koʻrsatilgan mahsulot tavsiflari majmui va

    Oʻzbekiston me‘yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan rioya qilish majburiy boʻlgan talablar majmui mahsulot sifatini tashkil etadi va standartlashtirish bilan ta‘minlanadi.


    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Mahsulot sifati deganda nimani tushunasiz?

    2. Mahsulotning sifat koʻrsatkichi deb nimaga aytiladi?

    3. Sifat koʻrsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish qanday amalga oshiriladi?

    4. Mahsulot sifatining integral koʻrsatkichi haqida tushuncha bering.

    5. Sifatning umumlashgan koʻrsatkichlariga nimalar kiradi?

    6. Mahsulot sifatining texnik iqtisodiy koʻrsatkichlari haqida ma‘lumot bering.

    7. Sifat koʻrsatkichlari qanday talablarga javob berishlari lozim?


      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




    Download 4,33 Mb.