• 4.2-rasm. Nazorat turlari. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
  • MAVZU. MAHSULOT SIFATI KOʻRSATLICHLARINI ANIQLASH VA SIFAT DARAJASINI BAHOLASH Reja
  • Mahsulot sifati koʻrsatlichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet22/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Texnik nazorat turlari

    Mahsulot sifatini texnik nazorat qilish jarayonlarining tashkiliy shakllari va turlari juda xilma-xildir. Shuning uchun ularni tasniflash mezonlari boʻyicha guruhlarga boʻlish maqsadga muvofiqdir.
    Nazorat jarayonlarining bir qancha turlari mavjud (4.2-rasm).

    4.2-rasm. Nazorat turlari.


    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Texnik nazorat nima?

    2. Texnik sifat nazoratining asosiy obyektlariga nimalar kiradi?

    3. Texnik nazorat obyektlarining mahsulot hayotiy siklining boshqariladigan bosqichlari bilan aloqasini tushuntirib bering.

    4. Ishlab chiqarish-texnika nazorati deganda nimani tushunasiz?

    5. Tashkiliy jihatdan texnik nazoratning qanday turlari mavjud?

    6. Texnik nazorat subyektlari haqida ma‘lumot bering.

    7. Nazorat turlarining turlari haqida aytib bering.

      1. MAVZU. MAHSULOT SIFATI KOʻRSATLICHLARINI ANIQLASH VA SIFAT DARAJASINI BAHOLASH

    Reja:

        1. Mahsulot sifati koʻrsatlichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari.

        2. Turli xil mahsulotlar sifatini baholash.



    Tayanch tushunchalar va atamalar: mahsulot sifati, sifat nazorati, eksperimental uslub, organoleptik uslub, ekspert uslubi, sifat koʻrsatkichi, Kornell jadvali, oʻrtacha namuna, laboratoriya namunasi.



      1. Mahsulot sifati koʻrsatlichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari

    Toʻqimachilik materiallari va boshqa turdagi mahsulotlarning sifatini baholash, uning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va oʻlchash ishlari boʻyicha olingan natijalarni hamda standart va me‘yoriy-hujjatlarga solishtirilgandagi bahosiga asoslangan boʻladi. Chunki, mahsulot xossalarini aniqlash uslublari asosan standartlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarda batafsil keltirilgan boʻladi.
    Toʻqimachilik materiallarning sifatini baholashning bir qancha usullari mavjud boʻlib, ularga eksperimental, organoleptik, ekspert, sotsiologik, hisoblangan, differensial, kompleks va aralash usul kabilar kiradi.
    Eksperimental uslub – toʻqimachilik materiallarining xossalarini oʻlchash yoʻli bilan (instrumental uslub) yoki nuqsonlarning sonini hisoblash va sanash yoʻli bilan olinadi.
    Organoleptik uslub - inson tanasining hislari va sezgirligiga qarab, hamda sinalayotgan toʻqimachilik materiallarini etalonga solishtirish yoʻli bilan sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi. Bu uslub yordamida toʻqimachilik materiallarining sifatiga toʻgʻri baho berish kerakligi, hamda mutaxassislarning malakasiga va bilim saviyasiga koʻproq bogʻliq boʻladi. Chunki, mutaxassislarning xulosasiga qarab mahsulotning sifat koʻrsatkichi belgilanadi.
    Ekspert uslubi – toʻqimachilik materiallari va buyumlarining sifat koʻrsatkichlarini soni 7 tadan 12 tagacha tashkil topgan mutaxassis- ekspertlarning baholariga asosan aniqlaydi va ular kichik-kichik guruhchalarni tashkil etadi, hamda baholashda eksperimental va organoleptik uslublardan ham foydalaniladi. Ekspertlar ishlarini quyidagi tartibda amalga oshiradi. Boshlanishida ekspertlar bir-biriga bogʻliqsiz ravishda mahsulot sifatini qayd etadi, keyin esa birgalikda muhokama qiladi va har bir ekspert oʻzining
    xulosasini bildiradi, hamda olingan umumiy ekspert-mutaxassislarning xulosalaridan keyin mahsulotning sifatiga yangi baho beradi.
    Olingan aniq natija koʻrsatkichlari mutaxassis-ekspertlarning kamida uchtasining ovoz berish natijasiga qarab baholanadi. Undan tashqari, ovoz berish natijalari uchtadan koʻproq boʻlishligi ham mumkin. U mutaxassislarning bilim darajasi va malakasiga bogliq boʻladi. Sifat bosqichi boʻyicha toʻqimachilik materiallari attestasiyalanadi va mutaxassis-ekspertlarning oʻzaro ovoz berish tartibiga binoan xulosa chiqariladi. Agar mahsulot sifatli deb topsa, unda shu mahsulotga sifat belgisi beriladi.
    Sotsiologik uslub - iste‘molchilarning taklif va mulohazalaridan kelib chiqqan holda mahsulotning sifat koʻrsatkichi baholanadi. Bu yerda asosiy e‘tiborni toʻgʻri va aniq ma‘lumotlarni yigʻishga qaratiladi, hamda sifat koʻrsatkichlarini baholash boʻyicha yetarli darajadagi xulosa ega boʻlishi shart. Aks holda mahsulot sifati haqida salbiy tuchunchani keltirib chiqarish mumkin.
    Hisoblash uslubi – toʻqimachilik materiallarining sifat koʻrsatkichlari va tuzilishi koʻpgina omillarga, masalan, texnologik jarayonlarning ta‘siri va shu bilan birgalikda boshlangʻich material xossalariga bogʻliqligi hisoblab chiqiladi. Bu uslub toʻqimachilik materiallar sifatini va texnologik jarayonlarni loyihalashda keng qoʻllaniladi.
    Toʻqimachilik materiallarining sifat koʻrsatkichlarini baholashda ishlatilgan barcha uslublardan turli yakuniy xulosalar kelib chiqadi, shu sababli mahsulotning sifat koʻrsatkichlarini baholashda differensial, kompleks va aralash uslublar ishlatiladi.
    Sifatni differensial baholash uslubi - mahsulotning alohida xossalari, hamda buyumlarning nuqsonli boʻlgan qismlarining oʻlchamsiz koʻrsatkichlari boʻyicha sifatni baholash ishlari amalga oshiriladi, shu bilan birgalikda kompleks va aralash sifatni baholash uslublari ham mustaqil ravishda ishlatishga toʻgʻri keladi. Birinchi holatda, mahsulotning ba‘zi bir sifat koʻrsatkichlari boʻyicha koʻpgina alohida boʻlgan oʻlchamli yoki oʻlchamsiz baholash amalga oshiriladi. Ikkinchi holatda esa jami mahsulotning sifat koʻrsatkichlari boʻyicha navi, sinfi, guruhi va boshqa sifat koʻrsatkich natijalarining oraligʻi aniqlanadi, hamda umumiy yigʻindili indeksi, koeffisiyentlar yoki koʻrsatkichlari hisoblanadi.
    Sifatni kompleks baholash uslubi - sifatning alohida koʻrsatkichlari boʻyicha materialni birgalikda baholash ishlari ba‘zida materialning bitta koʻrsagkichida bir qancha kompleks asosiy xossalarini umumiy baholash kerakligini keltirib chiqaradi. Natijada, bu toʻqimachilik materiallarining sifatini
    umumiy baholash deyiladi, masalan, zigʻir tolali xom ashyoning nomeri, bir jinsli junning sifati va boshqalar.
    Mahsulot sifat koʻrsatkichlari kompleks baholashning mohiyatiga bogʻlikligi haqiqiy va taqribiy kompleks baholashga boʻlinadi.
    Haqiqiy kompleks baholash belgilangan fizik maqsadga ega boʻlib, ular koʻpincha tolaning yigiriluvchanlik qobiliyati, hamda buyumning ishlatilishidagi xizmat muddatini ifodalaydi. Haqiqiy kompleks baholash har doimiy taqribiy baholashga nisbatan yaxshiroqdir. Masalan, paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdori haqiqiy kompleksli xususiyati deyiladi.
    Kompleks baholashning afzalligi shundaki, unda bir sonli yakuniy baholash boʻyicha xulosa qilinadi. Bu baxolash afzalliklar bilan bir qatorda, kamchiliklardan ham xoli emas, ya‘ni alohida xossalari haqida toʻliq ma‘lumotga ega boʻlmaymiz. Xom ashyoni toʻgʻri tanlash uchun, texnologik jarayonni boshqarish va ishlatilish davrida materialdan ratsional foydalanishni bilish lozim. Shuni e‘tiborga olish lozimki, u yoki bu materialning boshlangʻich xossalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ijobiy va texnologik jarayon harakatiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Tola qanchalik ingichka boʻlsa, undan tayyorlanayotgan ipning solishtirma mustahkamligi shunchalik yuqori va notekisligi kam boʻladi, hamda tashqi koʻrinishi silliqroq boʻladi. Shuni unutmaslik kerakki, u yoki bu sifatni kompleks baholashni alohida sifat koʻrsatkichlarini turli hisoblashdan olish mumkin. Bir qancha sifat koʻrsatkichlarning darajasi boʻyicha oʻrtacha kompleks baholash oʻzgarmasligi mumkin, ularning bir qismi pastki darajaga, bir qismi yuqori darajaga ega boʻlishi mumkin.
    Shunday qilib, materialning alohida sifat koʻrsatkichlarini oʻzgartirmasdan kompleks baholashni toʻldirib borish mumkin.
    Sifatni aralash baholash uslubi - jami sifat koʻrsatkichlarini juda yuqori darajada boʻlgashda qoʻllaniladi, bitta kompleks sifat koʻrsatkich mahsulotning butun imkoniyatlarini toʻliq tavsiflashga imkoniyati yetmaydi. Aralash baholash uslubida bir qancha kompleksli baholash yoki alohida differensial usul bilan kompleks baholash usuli birgalikda ishlatiladi, hamda mahsulotning sifat bosqichini, navini va boshqalarni olishga imkoniyat tugʻdiradi. Toʻqimachilik materiallari uchun ba‘zida kompleks sifat koʻrsatkichlaridan eng yomoni boʻyicha baholanadi, keyin esa bu bahoni boshqa koʻrsatkichlarning qiymatlari boʻyicha aniqlashtiriladi.


      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.