O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet21/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Texnik nazorat subyektlari

Sifatni nazorat qilish subyektlarining butun majmuasini ular oʻz faoliyatini amalga oshiradigan boshqaruv darajalariga, shuningdek nazorat turlariga koʻra tasniflash mumkin:

  1. Respublika miqyosida ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish, shuningdek, qoidabuzarlarga nisbatan turli ta‘sir choralarini qoʻllash quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

    • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy agentligi;

    • mahsulotlar, ishlar, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish organlari;

    • bojxona va monopoliyaga qarshi kurashish organlari;

    • davlat arbitrajining sud organlari;

    • sifatni nazorat qilish boʻyicha mahalliy hokimiyat komissiyalari.

  2. Tarmoq miqyosida va korxonalar (tashkilotlar) miqyosida mahsulot sifatini idoraviy nazorat qilish yuklangan vazifa va vakolatlarga muvofiq quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

  • vazir va uning oʻrinbosarlari;

  • vazirliklarning mahsulot sifatini tekshirish inspeksion organlari;

  • tarmoq sinov markazlari;

  • Sanoat korxonalari direktorlari va bosh muhandislari;

  • yirik ishlab chiqarish tuzilmalarining sifat nazorati boʻlinmalari;

  • korxonalar va ularning boʻlinmalarini texnik nazorat qilish boʻlimlari;

  • sexlar va uchastkalarni texnik nazorat qilish byurosi;

  • OTK nazoratchilar guruhlari;

  • OTK kontrollerlari;

  • ilmiy-tadqiqot oʻlchov laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh mexanik, bosh metallurg, bosh metrolog, bosh hisobchi, moddiy-texnik ta‘minot, savdo, yuridik, moliyaviy va boshqalar xizmatlari boʻlimlari;

  • sifat guruhlari;

  • oʻz-oʻzini nazorat qilishga oʻtkaziladigan ishlab chiqarish operatsiyalari ijrochilari.

  1. Berilgan vakolatlar va amaldagi qonunchilik doirasida mahsulot sifatini idoralararo nazorati quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

    • savdo, ta'minot va marketing boʻlinmalarini va boshqa tashkilotlarni nazorat qiluvchi davlat savdo inspektsiyasi organlari;

    • buyurtmachilar (buyurtmachilarning ishlab chiqarish korxonalaridagi vakillari);

    • iste'molchilar (ularning jamiyatlari, assosiatsiyalari, uyushmalari va boshqalar).

Nomlari keltirib oʻtilgan nazorat subyektlarining har biri sifat nazoratining oʻziga xos turiga mos keladi va u boshqa turlardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:

    • tekshirishlarning asosiy yoʻnalishlari va aniq vazifalari;

    • mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatini monitoring qilish uchun mavjud vositalar va usullari;

    • nazorat qilish joyi va vaqti;

    • hodisalarning mohiyatini chuqur anglash va mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatiga bevosita yoki bilvosita ta'sir etuvchi omillar va sabablar yig'indisini qamrab olish darajasi;

    • tekshirishlar natijalarini umumlashtirish darajasi;

    • boshqaruv obyektiga ta'sir qilish dastaklari va kanallari majmui;

    • boshqariladigan obyektga ta'sir qilish xarakteri.





    1. Download 4,33 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.