• 3.5-rasm. Korxonada sifatni boshqarish.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet17/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    3.4-rasm. Boshqaruv sikli.

    Boshqacha aytganda boshqaruvning bu sikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi.


    Rejalashtirish funksiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffisentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
    Konstruksiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi koʻrinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar koʻrinishida ifodalanadi.


    3.5-rasm. Korxonada sifatni boshqarish.

    Amalga oshirish funksiyasi konstruksiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qoʻllanadigan dastgohlar, mashinalar, asboblar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni oʻz ichiga


    oladi. Ushbu bosqichdagi asosiy maqsad mahsulotning texnik shartlarga javob berish darajasini saqlash va imkoni boricha bu koʻrsatkichlarni yaxshilashdir.
    Nazorat funksiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
    Boshqaruvning ta‘siri funksiyasi mahsulotni realizasiya qilish chora- tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari u bozorda sotilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni toʻplash, sifatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayoniga kerakli oʻzgartirishlarni kiritish maqsadida iste‘molchining mahsulot sifati toʻgʻrisidagi fikr- mulohazalarini oʻrganish funksiyalarini ham bajaradi. Sotilgan mahsulot toʻgʻrisidagi har qanday ma‘lumot uning kelgusi davr uchun rejalashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, korxonani boshqarish va mahsulotni sotishni tashkil etish faqatgina mahsulotni sotish vazifasi bilan cheklanib qolmay, balki bozor ma‘lumotlarini toʻplab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida qoʻllashlari kerak.
    Yuqorida sanab oʻtilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat - boshqaruvning ta‘siri funksiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha boʻlimlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qoʻllab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma‘suliyat bilan oʻz vazifalarini bajarishlari lozim.
    Shunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu ―iste‘molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega boʻlgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta‘minlovchi boshqaruv faoliyati turidir‖.


        1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.