• Standartlashtirish va birxillashtirish koʻrsatkichlari
  • Patent-huquqiy koʻrsatkichlar
  • Ekologik koʻrsatkichlar
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet13/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Tashishga moslanganligi – mahsulotning ochiq joyda koʻchishga (tashishga), ya‘ni mahsulotdan foydalanish (iste‘mol qilish) bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarga moslanganligini tavsiflaydi.

    Tashishga moslanganlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • mahsulotni tashishga tayyorlash oʻrtacha vaqti;

    • mahsulotni tashishga tayyorlaщda oʻrtacha mehnat sarfi;

    • mahsulotni ma‘lum turdagi tashish vositasiga ortishda oʻrtacha vaqt

    sarfi;



    • mahsulotni ma‘lum turdagi tashish vositasidan tushirishda oʻrtacha

    vaqt sarfi;

      • tashish vositasining sigʻimidan foydalanish koeffisiyenti.

    1. Standartlashtirish va birxillashtirish koʻrsatkichlari mahsulotning standart, birxillashtirilgan va original tarkibiy qismlar bilan boyitilganligini, shuningdek boshqa buyumlar bilan birxillashtirilish darajasini ifodalaydi.

    Standartlashtirish va birxillashtirish koʻrsatkichlariga:

    • qoʻllanuvchanlik;

    • takrorlanuvchanlik;

    • birxillashtirilish koeffisiyentlari va b. kiradi.

    1. Patent-huquqiy koʻrsatkichlar mahsulotda foydalanilgan texnik yechimlarning yangilanganlik darajasini, ularning patent bilan himoyalanganligini, shuningdek mamlakat ichida va xorijda xaridga toʻsiqsiz qoʻyish imkonini tavsiflaydi.

    Patent-huquqiy koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:

    • patent bilan himoyalanganlik koʻrsatkichi;

    • patent tozaligi koʻrsatkichi va b.

    1. Ekologik koʻrsatkichlar mahsulotdan foydalanganda yoki iste‘mol qilganda sodir boʻladigan atrof muhitga zararli ta‘sir darajasini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlarni tanlash va aniqlashda atrof muhitni muhofazalash talablari hisobga olinadi.

    Ekologik koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:

    • atrof muhitga chiqarib yuboriladigan zararli aralashmalarning ruxsat etilgan miqdori;

    • mahsulotni saqlash, tashish, ishlatish yoki iste‘mol qilishda atrof muhitga zararli zarrachalar, gazlar, nurlanishlarni chiqarib yuborishi ehtimolligi va b.


    1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.