|
O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan
|
bet | 12/119 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 4,33 Mb. | | #252328 |
Bog'liq MM Mahsulot sifati nazorati-2022Ergonomik koʻrsatkichlar ―inson – buyum‖ (jumladan, ―inson – mashina‖) tizimini tavsiflaydi va inson hayotida sodir boʻladigan gigiyenik, antropometrik, fiziologik va psixologik xususiyatlar majmuini hisobga oladi.
Ergonomik koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
muvofiqligi;
mahsulot konstrukdiyasining insonning kuch imkoniyatlariga muvofiqligi va b.
Estetik koʻrsatkichlar axborotning ma‘noligi, shaklning maqbulligi, tuzilishi (kompozisiya)ning butligi va mukammal tayyorlanganligi bilan tavsiflanadi va quyidagi koʻrsatkichlardan iborat:
asl nusxaligi;
uslubiy muvofiqligi;
modaga muvofiqligi;
vazifasi-konstruksiyasi jihatdan moslanganligi;
hajmiy-fazoviy tuzilmaning tartibliligi;
ranglar uygʻunligi;
sirtning puxta qoplanganligi va bezatilganligi;
firma belgilari, koʻrsatkichlari, oʻramlari va boshqalarning aniq va puxta bajarilganligi va b.
Texnologiklik – mahsulot tarkibi va tuzilmasini yoki konstruksiyasining ishlab chiqarishda, foydalanishda va sifat koʻrsatkichlarini, ishlab chiqarish va ishlarni bajarish sharoitlarini tiklashda xarajatlarning eng kam boʻlishini ta‘minlay oladigan xossalarini tavsiflaydi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
|
| |