• 2.1-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanishi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet10/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    2.3-rasm. “Alomat”, “parametr” va “sifat koʻrsatkichlari” tushunchalarining oʻzaro aloqadorligi.

    Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini, maqsadini va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi.


    Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklning toʻgʻriligini, kompo- zitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi.
    Mahsulotning xavfsizligi – bu uning murakkab xossasi boʻlib, inson uchun zararli ta‘sir etish miqdorini belgilaydigan koʻrsatkichidir.
    Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof – muhitga zararli ta‘sir etish miqdorini belgilaydi.
    Tayyor mahsulot oʻzining iste‘moldagi bahosi va boshqalariga hamda uning iste‘mol yoki ishlatilishdagi harajatlarning yigʻindisiga mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi.
    Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi boʻyicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi harajatlar boʻyicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi.

      1. Sanoaat mahsulotlarining tasniflanishi

    Sanoat mahsulotlari deganda, ishlab chiqarish sanoatining alohida mahsulotlari yoki mahsulotlari majmuasi tushuniladi.
    Sanoat mahsulotlari ikki sinfga boʻlinadi (1.1-rasm):

      1. chi sinf – foydalanishda sarf boʻluv mahsulotlari;

      2. chi sinf – oʻz resursini sraflovchi mahsulotlar. Bu sinflar esa oʻz navbatida 5 guruhga boʻlinadi.



    2.1-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanishi.

    Birinchi sinfga xomashyo, yarimfabrikatlar, materiallar, yonilgʻi, oziq- ovqat, oʻgʻit va boshqalar kiradi (bu mahsulotlardan turlicha foydalaniladi).


    Ikkinchi sinfga resurslari ishlatiladigan mahsulotlar kiradi: mashina, pribor, videotexnika va h.k.

    1. guruhga xom ashyo va turli xil tabiiy yoqilgʻilar, masalan suyuq, qattiq va gazsimon yoqilgʻilar, tabiiy qurilish materiallari, qimmatbaho minerallar va boshqalar.

    2. guruhga materiallar va mahsulotlar kiradi, masalan, sun‘iy yoqilgʻi, moylash materiallari; turli xil kimyoviy mahsulotlar; toqimachilik va yengil sanoat materiallari; qurilish sanoati materiallari; yogʻoch materillar; elektr va radiotexnika materiallari; kino va fotografik materiallar; dorilar va oziq-ovqat mahsulotlari va hokazo.

    3. guruhga foydalanish jarayonida oʻzi sarflanadigan mahsulotlar, masalan, sanoat qadoqlarida qandolat, dorixona va parfyumeriya hamda kosmetika mahsulotlari, konserva qutilari, bochkalardagi turli suyuq yoqilgʻilar, gaz ballonlari, induktiv gʻaltaklar va bobinalarda sim va kabellar, shnuningdek shu kabi boshqa mahsulotlar kiradi.

    4. guruhga ta‘mirlanmaydigan buyumlar: elektrovakuumli va yarim oʻtkazgichli asboblar, rezistorlar, kondensatorlar, keramik plitalar, bolt va gaykalar, podshipniklar, shestrniyalar va h.k.

    5. guruhga qayta ta‘mirlanadigan mahsulotlar kiradi. Masalan, turli sanoat tarmoqlarining texnologik jihozlari, avtomatik liniyalar va avtomatlashtirilgan

    komplekslar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, transport vositalari, oʻlchov asboblari, avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari, radioelektronika va elektronika qurilmalari, kino va fotografik uskunalar, tibbiy va maishiy texnika apparatlari, moʻyna mahsulotlari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, mebellar va boshqalar.
    Mahsulotlarni sinflar va guruhlarga boʻlishdan maqsad ularning sifat koʻrsatkichlarini aniqlashni hamda standart tuzishni yengillashtiradi.




      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.