O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet7/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

2.1- rasm. Sifat koʻrsatkichlari klassifikasiyasi.


Sifatning umumlashtirilgan koʻrsatkichlari. Bunga alohida-alohida koʻrsatkichlar yigʻindisi kiradi. Alohida - alohida koʻrsatkichlar bir xil
birliklarga ega boʻlishi kerak. Yoxud nisbiy oʻlchamsiz birliklarda boʻlishi lozim. Bunda har qaysi koʻrsatkichning ta‘siri koeffisentlarda (ballar bilan) ifodalanadi.
Barcha texnik iqtisodiy koʻrsatkichlar quyidagi guruhlar boʻyicha klassifikatsiya qilinadi:
-mahsulot vazifalari boʻyicha koʻrsatkichlar;
-ishonchlik koʻrsatkichlari;
-texnologik jarayonlar boʻyicha koʻrsatkichlar;
-ergonomik koʻrsatkichlar;
-estetik koʻrsatkichlar;
-standartlashtirish va unifikasiyalashtirish koʻrsatkichlari;
-patent - huquqiy koʻrsatkichlar.
Mahsulot vazifalari boʻyicha koʻrsatkichlarga mehnat unumdorligi, energiya iste‘mol qilishligi, ogʻirligi (material sarflanganligi), mashinaning universalligi va h.k. lar kiradi.
Mahsulot ishonchliligi koʻrsatkichlariga buzilmasdan ishlashi, koʻp yeyilmasdan ishlashi, ta‘mirlashning osonligi kabi koʻrsatkichlar kiradi.
Ergonomik (grekcha ergon- ish va nomes- qonun) koʻrsatkichlariga mashinani boshqarishning qulayligi, xavfsiz boshqarish mumkinligi, mashinaning gigiyena sifatidan qulayligi, psixologik koʻrsatkichlar, fiziologik koʻrsatkichlar kiradi.
Estetik koʻrsatkichlarga esa mahsulotning tashqi koʻrinishi, mashinaning atrof-muhitga bilan uygʻunligi, mashinaning tashqi pardozi kabilar kiradi.
Ijtimoiy koʻrsatkichlar. Ushbu koʻrsatkichlar mahsulotning ijtimoiy-zaruriy ehtiyojlarga javob bera olishi va uning turli guruh iste‘molchilari uchun ijtimoiy ahamiyatini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlarga tovarlar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati, tovarning optimal assortimentga mos kelishi, ma‘naviy eskirish va boshqa ijtimoiy samaralar koʻrsatkichlari kiradi.
Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati koʻrsatkichi mana shu tovarga nisbatan aholining qondirilmagan talabi hajmining zarurligini ifodalaydi. Tovarga nisbatan qondirilmagan talabning zarurlik darajasi aholining mana shu tovarlarga nisbatan ta‘minlanganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Tovarning ijtimoiy manzili va iste‘mol tiraji koʻrsatkichi mahsulotning iste‘molchining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus guruh iste‘molchilarini talablariga javob bera olishini tavsiflaydi. Tovarning maxsus guruh iste‘molchilarining talablarini qondirishiga qarab iste‘mol tipaji belgilanadi. Masalan, oyoq kiyimlar tiraji bogʻcha yoshdagi, maktab yoshdagilar, qiz bolalar, oʻgʻil bolalar, ayol yoki erkaklar oyoq kiyimlariga boʻlinadi.
Tovarning optimal assortimentiga mos kelishi koʻrsatkichi uning mana shu tur mahsulotlari assortimenti sistemasida foydalanilishi ishlarining samaradorligini tavsiflaydi.
Ma‘naviy eskirish koʻrsatkichi moda yoʻnalishlari oʻzgarishi, mavsum oʻzgarishi yoki yangi sifatli mahsulotning yaratilishi bilan mahsulotni ma‘naviy eskrishini koʻrsatadi.
Yondosh ijtimoiy samaralar koʻrsatkichilari deb mazkur guruh tovarlarini ommaviy ishlab chiqarish xaridorlarning tovarlarni xarid qilishlariga ta‘sirini tavsiflovchi koʻrsatkichlarga aytiladi. Masalan, mazkur guruh tovarlarini ishlab chiqarishganda, boshqa yondosh guruh tovarlariga nisbatan boʻlgan talab keskin oʻzgarishi mumkin.
Kiyimlariga nisbatan modalarning oʻzgarishi, kiyinish turining oʻzgarishi bosh kiyimlarga nisbatan boʻlgan talabni oʻzgartirishi mumkin.
Funksional koʻrsatkichlar. Mahsulot sifatining funksional koʻrsatkichlari ularning foydalanish maqsadlariga mos kelishi, moddiy, ma‘naviy ehtiyojlarni qondira olish darajasini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlar asosiy funksiyalarining bajarilishini takomillashtirish koʻrsatkichi, universallik koʻrsatkichlari va yordamchi operatsiyalarini bajarishni takomillashtirish koʻrsatkichlariga boʻlinadi.
Asosiy funksiyani bajarishni takomillashtirish koʻrsatkichlari iste‘molning foydali samarasini, mahsulotning iste‘molchilar tomonidan foydalanilganda ma‘lum ehtiyojni qondirish darajasini koʻrsatadi.
Universallik koʻrsatkichi mahsulotning oʻz oʻrniga qarab ishlatilishi bilan bir qatorda, kishilar uchun foydali boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkinligini koʻrsatadi.
Yordamchi funsksiyalarning bajarilishini takomillashtirish koʻrsatkichi mahsulotni ―inson-mahsulot-tashqi muhit‖ sistemasida asosiy va yordamchi faoliyatlarini bajarishining yondosh bosqichlarida: transportirovka, oʻrnatish, ta‘mirlash, xizmat koʻrsatish, saqlash va boshqa bosqichlarida mahsulotni oʻziga xos xususiyatlarini koʻrsatadi.
Yordamchi operatsiyalarni bajarilishini takomillashtirish uchun asosiy faoliyatining bajarilishini takomillashtirishga ham ta‘sir koʻrsatadi.
Ishonchlilik koʻrsatkichi mahsulotning iste‘mol yoki ekspluatatsiya vaqtida yaroqli holda boʻlishini koʻrsatadi. Bunga toʻxtamasdan ishlashi, uzoqqa chidamliligi, ta‘mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi koʻrsatkichlar kiradi.
Toʻxtamasdan ishlash koʻrsatkichi mahsulotning ma‘lum vaqt davomida toʻxtamasdan ishlatilishi mumkinligini koʻrsatadi.
Uzoqqa chidamlilik koʻrsatkichi xizmat koʻrsatish muddati davomida uzluksiz ishlashi mumkinligini koʻrsatadi.
Ta‘mirlanuvchanlik koʻrsatkichi mahsulotning realizatsiya qilish jarayonida ba‘zi mayda kamchiligini tuzatish mumkinligini koʻrsatadi.
Saqlanuvchanlik koʻrsatkichi mahsulotni saqlash va trasportirovka qilish jarayonida va undan keyin ham oʻzining iste‘mol qiymatini saqlash xususiyati tushuniladi.

Download 4,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.