• Mahsulot sifati haqida umumiy tushunchalar
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet5/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    MAVZU: MAHSULOTLARNING SIFAT KOʻRSATKICHLARI

    Reja:

      1. Mahsulot sifati haqida umumiy tushunchalar.

      2. Mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari nomenklaturasi.

    1. Mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlarining tahlili.

    2. Sanoat mahsulotlarining tasniflanishi.



    Tayanch tushunchalar va atamalar: mahsulot, mahsulot sifati, sifat koʻrsatkichi, texnik iqtisodiy koʻrsatkichlar, ishonchlik koʻrsatkichlari, texnologik jarayonlar boʻyicha koʻrsatkichlar, ergonomik koʻrsatkichlar, estetik koʻrsatkichlar, standartlashtirish va unifikasiyalashtirish koʻrsatkichlari, patent - huquqiy koʻrsatkichlar.



      1. Mahsulot sifati haqida umumiy tushunchalar

    Oʻzbekiston Respublikasining ―Standartlashtirish toʻgʻrisida‖gi qonunida standartlashtirishning asosiy maqsadlarida biri sifatida ―fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xoʻjaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirish‖ koʻrsatib oʻtilgan.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Boshqacha aytadigan boʻlsak, mahsulot – mehnat faoliyatining natijasi boʻlib, u moddiylashgan va moddiylashmagan koʻrinishda boʻladi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy mahsulot koʻrinishiga ega. Turli gʻoyalar, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot natijalari va tajriba-
    konstruktorlik ishlanmalari, informatsion mahsulotlar, adabiyot va sanʼat asarlari va kabilar moddiylashmagan mahsulotlar hisoblanadi.
    Kishilik jamiyatida amalga oshirilayotgan mehnat faoliyatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgan.
    Mahsulot sifati – oʻz vazifasi (qoʻllanilishi)ga koʻra ma‘lum darajada muayyan ehtiyojni qondirishga yaroqliligini koʻrsatadigan xossalari majmuasidir (GOST 15467- 70 boʻyicha).
    Mahsulot sifati ishlab chiqarishning texnik darajasiga bogʻliq va juda koʻp faktorlar bilan aniqlanadi: konstruksiyaning takomilligi, standartlashtirish va agregatlashtirish darajalari va h.k.
    Mahsulot sifatini oʻzgarmas deb boʻlmaydi. U jamiyatning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib boruvchi ehtiyojiga bogʻliq ravishda oʻzgarib turadi. Kecha ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot bugun sifatsiz boʻladi, bugun sifatli deb hisoblangani ertaga sifatini yoʻqotadi. Sifatni oʻz vaqtida ta‘minlash kerak, aks holda mahsulot maqsadga muvofiq boʻlmaydi va yaroqsiz hisoblanadi.




      1. Download 4,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.