O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet8/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Ergonometrik koʻrsatkichlar. Ergonometrik koʻrsatkichlar ―inson- mahsulot‖ sistemasini tavsiflab, insoniyatning ekologik, fiziologik, antropometrik, gigiyenik xususiyatlarini hisobga oladi.
Gigenik koʻrsatkichlar mahsulotni kishilarni mehnat va hayotiy faoliyatining gigenik shartlariga mos kelishini koʻrsatadi.
Antroponometrik koʻrsatkichlar mahsulot konstruksiyasi undan foydalanilayotgan vaqtda kishilar tanasining tuzilishiga mos kelishini koʻrsatadi.
Estetik koʻrsatkichlar. Estetik koʻrsatkichlarga ajralib turuvchanlik, tashqi koʻrinishning ratsional boʻlishi, kompozitsiyasining toʻliq boʻlishi, mahsulotni ishlab chiqarishni bajarishning mukammal boʻlishi, tovar koʻrinishlarining stabil boʻlishi kabi koʻrsatkichlar kiradi. Ajralib turuvchanlik mahsulotga nisbatan jamiyatda shakllangan estetik dunyo qarashlarini aks ettiradi. Bu koʻrsatkich mahsulotni boshqa analogik maqsulotni ajralib turishini, davr talabiga, zamon talablariga, moda yoʻnalishlariga javob berish darajasini koʻrsatadi.
Tashqi koʻrinishining ratsional boʻlishi mahsulotni funksional - konstruktiv mohiyatining toʻgʻri ifodalanishini mahsulotni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning obyektiv sharoitlariga mos kelishini tavsiflaydi. Ushbu koʻrsatkich mahsulot tashqi koʻrinishining uni ishlatilish maqsadlariga, konstruktiv yechilishiga, tayyorlash texnologiyasi va qoʻllaniladigan materiallarning oʻziga xos xususiyatlariga mos kelishini koʻrsatadi.
Kompozitsityasini toʻliqligi mahsulot qismlarini organik bogʻliqligini, uning boshqa ansambllariga ham mos kelishini koʻrsatadi. Ushbu koʻrsatkichlar mahsulotni modellashtirishda turli ranglari oʻzaro aloqada qoʻllashda, konstruksiyalash ishlarini badiiy tasvirlashda, toʻliq kompozitsion yechimga erishishda badiiy vositalardan foydalanish samaradorligini koʻrsatadi.
Mahsulotni ishlab chiqarishning mukammal boʻlishi va tovar koʻrinishining stabil boʻlishi mahsulotning estetik jihatdan tashqi koʻrinishiga ta‘sir koʻrsatadi va uni ishlab chiqarishda tashqi koʻrinishining mukammal boʻlishi, firma belgilarining aniq boʻlishi, informatsion material va hujjatlarning
toʻliq boʻlishi va mahsulot tashqi koʻrinishiga zarar yetmasligi uchun uni oʻrash- joylash ishlarining yaxshi yoʻlga qoʻyish darajasini koʻrsatadi.
Iste‘molning xavfsizligi koʻrsatkichi mahsulotni ekspluatatsiya yoki iste‘mol qilish, montaj, xizmat koʻrsatish, ta‘mirlash, saqlash, ortish va tashishda kishilarning xavfsizligini ta‘minlovchi xususiyatlarini tavsiflaydi. Iste‘molning xavfsizligi koʻrsatkichiga misol qilib, kishilarning ma‘lum vaqt davomida xatarsiz ishlashi ehtimoli; himoya moslamalarining ishlatilishi; voltli zanjirlarning elektr mustahkamligi kabilarni keltirishimiz mumkin.
Ekologik koʻrsatkichlar mahsulotni ekspluatatsiya qilishda yoki iste‘molda atrof muhitga zararli ta‘sir koʻrsatishini xisobga olish atrof- muhitiga ishlab chiqarish chiqindilarning tushishini cheklash, biologik resurslardan ratsional foydalanish, ularni saqlash, atmosferani ifloslanish darajasini pasaytirishni ta‘minlash kerak.
Ekologik koʻrsatkichlarga, atrof muhitga tashlanayotgan zaharli chiqindilarning tarkibi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish va iste‘molda, ortish, tashishda, saqlashda zaharli gazlar chiqishini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifati darajasini baholashda mahsulotni tayyorlash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish yoki iste‘mol soxasidagi farqlarni tavsiflovchi iqtisodiy koʻrsatkichlarni e‘tiborga olish muhimdir.
Iqtisodiy koʻrsatkichlar - bu tajriba namunalarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazishga ketgan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, texnik obyektlarni ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlar va boshqalar.
Sifat koʻrsatkichlari fizikaviy koʻrsatkichlar singari oʻlchamga ega boʻlishi yoki ega boʻlmasliklari mumkin. Sifat koʻrsatkichlarining miqdoriy tavsifi deganda ma‘lum birliklardagi ularning oʻlchamalari tushuniladi.
Masalan, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt boʻlib, ishchi-soatlarda ifodalanadi.
Bunda mehnat sarfini ishchi-kunlarda ifodalash bilan mahsulotning mehnat sarfi oʻzgarib qolmaydi. Xuddi shunga oʻxshab mahsulot tannarxi yoki bahosi kabi iqtisodiy koʻrsatkichlarni soʻmlarda yoki boshqa birliklarda ifodalanishi uning qiymatini oʻzgartirmaydi.
Fizik miqdorlar singari sifat koʻrsatkichlarining miqdori ham absolyut va nisbiy miqdorlar orqali ifodalanishi mumkin. Fizik miqdorlarning absolyut qiymati har doim oʻlchamga ega boʻladi, nisbiy miqdorlar esa oʻlchamsizdir. Mahsulot sifatining absolyut koʻrsatkichlari oʻlchamga ega boʻlishlari yoki oʻlchamsiz boʻlishlari mumkin, nisbiy koʻrsatkichlar esa doim oʻlchamsizdir.


    1. Download 4,33 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.