• Koʻrsatkichlar Mahsulotlar
  • Vazifa koʻrsatkichlari
  • Puxtalik
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet11/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mahsulot sifati koʻrsatkichlari tizimi

    Mahsulot sifati koʻrsatkichlari tizimi (MSKT) – mahsulotning bir turdagi guruhlari va muayyan turlari sifati koʻrsatkichlarining nomenklaturasini, shuningdek mahsulot sifati koʻrsatkichlari mezonlari va nomenklaturasining qoʻllanish doirasini oʻrnatuvchi standartlar majmuidir.
    MSKT mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi tarmoqlarini qamraydi va umumiy qoidalar va me‘yorlarni; atamalar va ta‘riflarni; sifat koʻrsatkichlarining nomenklaturasini; sinash usullarini oʻrnatadi.
    Muayyan mahsulot turiga bogʻliqligidagi sifat koʻrsatkichlari nomenklaturasi umumiy holdagi asosiy koʻrsatkichlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
    2.1-jadval Turli xildagi mahsulotlar uchun sifat koʻrsatkichlarini qoʻllanuvchanligi



    Koʻrsatkichlar

    Mahsulotlar guruhi

    I
    (xom-ashyo, tabiiy
    yonilgʻi)

    II
    (materi- allar)

    III
    (sarflanadigan mahsulotlar)

    IV
    (ta’mirlanmay digan mahsulotlar)

    V
    (ta’mirlanadig an mahsulotlar)

    1

    Vazifa koʻrsatkichlari

    +

    +

    +

    +

    +

    2

    Puxtaliligi:
















    2.1

    - buzilmay ishlashi

    -

    -

    -

    +

    +

    2.2
    2.3

    • koʻpga chidamliik

    • ta‘mirga yaroqliligi

    -
    -

    -
    +*

    -
    +*

    +
    -

    +
    +

    2.4

    - saqlanuvchanlik

    -

    +

    +

    +

    +

    3

    Iqtisodiy

    +

    +

    +

    +

    +

    4

    Ergonomik

    -

    (+)

    +

    +

    +

    5

    Estetik

    (+)

    (+)

    +

    +

    +

    6

    Texnologik

    +

    +

    +

    +

    +

    7

    Tashishga moslanganlik

    +

    +

    +

    +

    +

    8

    Standartlashtirish va bir
    xillashtirish

    -

    -

    (+)

    +

    +

    9

    Patent-huquqiy

    -

    (+)

    +

    +

    +

    10

    Ekologik

    (+)

    (+)

    (+)

    (+)

    (+)

    11

    Xavfsizlik

    (+)

    (+)

    (+)

    (+)

    (+)

    - * ta‘mirlanadigan mahsulotlar va materiallar uchun ta‘mirlanuvchanligi koʻrsatkichi oʻrniga tiklanuvchanlik koʻrsatkichi qoʻllaniladi.


    Izoh. «+» belgisi qoʻllanuvchanlik, «-» belgisi qoʻllanmaslik, «(+)» mansub guruh sifat koʻrsatkichlari cheklangan qoʻllanilishini anglatadi.

    Umumiy holda me‘yoriy hujjatning ilmiy-texnikaviy darajasini nisbiy baholash lozim boʻlgan sifat koʻrsatkichlarining tafsilotlariga quyidagilar kiradi:



    1. Vazifa koʻrsatkichlari – oʻzi bajarishi lozim boʻlgan asosiy vazifalarni aniqlovchi mahsulot xossalarini tavsiflaydi va qoʻllanish sohasini belgilaydi.

    Vazifa kursatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi:

      1. vazifa va texnik samaradorlik koʻrsatkichlari -

    • ish unumi;

    • gazlamaning puxtaligi;

    • oziq-ovqat mahsulotlari va b. ning kaloriyalikligi.

      1. konstruksiya koʻrsatkichlari:

    • gabarit oʻlchamlari(eng katta tashqi oʻlchamlari);

    • yigʻish koeffisiyenti (bloklik koeffisiyenti);

    • oʻzaro alnashinuvchanlik koeffisiyenti va b.;

    v) tarkib va tuzilma koʻrsatkichlari:

    • poʻlatda legirlovchi qoʻshimchalarning foiz miqdori;

    • kislotalarda turli aralashmalar konsentrasiyasi;

    • gazlamada sintetik tolalar miqdori;

    • oziq-ovqat mahsulotlari va b. da foydali moddalar mikdori.

    1. Puxtalik koʻrsatkichlari

      1. buzilmay ishlashlik – obyektning ma‘lum vaqt davomida yoki ma‘lum hajmdagi ishni bajarish davrida oʻzining ish imkoniyatini uzluksiz saqlash xususiyatini tavsiflaydi.

    Buzilmay ishlashlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • buzilmay ishlashlik ehtimoli;

    • buzilish jadalligi;

    • buzilishgacha bajargan oʻrtacha ish hajmi va b.

      1. Koʻpga chidamlilik (umrboqiylik) – obyektning belgilangan texnik xizmat koʻrsatish va ta‘mirlash tizimida chekka holatga kelguncha oʻzining ish qobiliyatini saqlash xususiyatini tavsiflaydi.

    Koʻpga chidamlilik koʻrsatkichlari:

    • oʻrtacha ish resursi;

    • belgilangan ish resursi;

    • gamma-foiz resursi;

    • resurs va b.

    v) ta’mirga yaroqlilik – obyektning buzilishlarni oldini olishga va buzilish sabablarini aniqlashga hamda ta‘mirlash va texnik xizmat koʻrsatish yoʻli bilan buzilish oqibatlarini bartaraf etishga moslanganlik xususiyatlarini tavsiflaydi.
    Ta‘mirga yaroqlilik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • ish qobiliyatini tiklash ehtimolligi;

    • ish qobiliyatini tiklashga sarflanadigan oʻrtacha vaqt va b.; Tiklanuvchanlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • sifat koʻrsatkichining belgilangan qiymatigacha tiklash oʻrtacha vakti;

    • tiklash darajasi (tiklangandan keyin sifat koʻrsatkichi qiymatining ushbu sifat koʻrsatkichining belgilangan yoki boshlangʻich qiymatiga nisbati) va b.

    Izoh - Mahsulotlar va materiallar xossalarining saqlash va tashishdan keyin tiklanishga moslanganligi tiklanuvchanlik koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi.
    g) saqlanuvchanlik – obyektning tuzuklik va ishga qobiliyatlilik holatini yoki mahsulotning iste‘mol kilishga yaroqlilik holatini saqlash davomida va saqlashdan keyin va (yoki) tashishdan keyin saqlash xususiyatini tavsiflaydi.
    Saqlanuvchanlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • saqlanuvchanlikning oʻrtacha muddati;

    • saqlanuvchanlikning gamma-foiz muddati va b.

    1. Boyliklar (resurslar)ni tejash koʻrsatkichlari – mahsulotning xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiyani va foydalanish (iste‘mol qiliщ)da mehnat resurslarini talab etishi darajasi boʻyicha uning texnik mukammalligini aks ettiruvchi xossalarini tavsiflaydi.

    Boyliklarni tejash koʻrsatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi:

      1. xom ashyo va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish kursatkichlari, jumladan:

    • xom ashyoning solishtirma sarfi;

    • materiallarning solishtirma sarfi;

    • belgilangan sharoitlarda xom ashyoning nobud boʻlishi;

    • belgilangan (reglamentlangan) sharoitlarda materiallarning nobud boʻlishi va b.

      1. energiya iste‘molining tejamlilik koʻrsatkichlari, jumladan:

    • yoqilgʻining solishtirma sarfi;

    • energiya (energiya tashuvchi) ning solishtirma sarfi;

    • foydali ish koeffisiyenti va b.

    Energiyadan tejamli foydalanish koʻrsatkichlari sifatida, odatda, solishtirma koʻrsatkichlardan, yani sarflanadigan energiya va (yoki) yoqilgʻining ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan foydali ish hajmiga (ish birligiga) nisbatidan foydalaniladi.
    v) mehnat resurslaridan tejamli foydalanish koʻrsatkichlari:

    • mahsulotdan foydalanganda (iste‘mol qilinganda) umumiy mehnat

    sarfi;



    • mahsulotdan foydalanganda (iste‘mol qilganda) asosiy koʻrsatkich

    birligiga solishtirma mehnat sarfi va b.
    Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya va mehnat resurslaridan tejamli foydalanishni tavsiflovchi umumlashtirilgan koʻrsatkichlar sifatida mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va foydalanish (iste‘mol qilish) dagi sarf-xarajatlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar qoʻllanilishi mumkin.


    Download 4,33 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.