• Maxmonov U.A.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet1/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022


    O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI


    MAHSULOT SIFATI NAZORATI
    (ma’ruzalar matnlari toʻplami)


    Qarshi 2022

    Ushbu ma‗ruzalar matnlari toʻplami 5310900-―Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)‖ bakalavriat ta‘lim yo`nalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, bakalavrlar tayyorlash boʻyicha fanning namunaviy dasturi asosida yozilgan.

    Tuzuvchi:

    Maxmonov U.A. – QarMII ―Fizika va elektronika‖ kafedrasi dotsenti v.b.

    Taqrizchilar:

    Rashidov A.S. – QarMII ―Fizika va elektronika‖ kafedrasi dotsenti v.b., t.f.f.d. (PhD).
    Azizov Sh.A.- ―UzTest‖ DM Qashqadaryo
    filiali rahbari.

    Ma‗ruzalar matnlari toʻplami «Fizika va elektronika» kafedrasi (Bayon


    №10, 12.01.2023 yil), ―Elektronika va avtomatika‖ fakulteti uslubiy komissiyasi (Bayon №6, 20.01. 2023 yil), Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Uslubiy kengashi (Bayon №6, 21.01.2022 yil) tomonidan muhokama qilinib, oʻquv jarayonida foydalanishga va chop etishga tavsiya etilgan.
    Kirish
    Zamonaviy ishlab chiqarish sanoatida dolzarb masalalardan biri – bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish masalasidir. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi va uning murakkabligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlari koʻpchilik korxonalarning ish tajribalariga binoan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning oʻta murakkabligi bilan tavsiflanadi. Alohida korxonalarda loyihalash va ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida bajarilmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarish faoliyatining samarali hamkorligi uchun bunda tizimlar bilan axborotli oʻzaro faoliyati amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari sanoat ishlab chiqarishining maqsadi sifatida axborotli oʻzaro faoliyat ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilarning oʻrtasida ham boʻlishi, ularga qulay xizmat koʻrsatish, talablarini oʻzlashtirish, talab etilgan sifat darajasidagi mahsulotni yaratish boʻlib hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda butun dunyo boʻyicha mahsulot sifati va uni ta‘minlash hamda yaxshilashga katta e‘tibor qaratilmoqda. Yuqori sifatli mahsulot korxonalarning bozorda raqobatchilikka kurashishida asosiy muvaqqiyatga erishishning shart-sharoitlaridan boʻlib hisoblanmoqda. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning muvaffaqiyat qozonishi oʻzining xaridorlarini qanoatlantirish darajasiga bog‘liqdir. Faqatgina bunday holatlarda korxona oʻzining mahsulotiga barqaror talablarning vujudga kelishi va daromad olishga erisha oladi. Biroq, muvofiq mahsulotning iste‘molchilar talablarini qanoatlantirish darajasi uning sifati bilan aniqlanadi. Mahsulot sifati uning raqobatbadosh boʻlishida asosiy omil boʻlib hisoblanadi.
    ―Mahsulot sifati‖ tushunchasining murakkabligi va koʻp qirraliligini hisobga olib va unga iste‘molchilar talablarini doimiy oʻzgarishi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga talab etilayotgan sifatni ta‘minlash va mahsulotning barcha hayotiy bosqichlari boʻylab uni boshqarish vazifasini qoʻyadi. Bu esa sifatni boshqarish sohasida muvofiq bilimlarni va ushbu sohada tayyorlangan mutaxassislar mavjud boʻlishini talab etadi [13].
    Usgbu ma‘ruzalar matni fanning oʻquv dasturi asosida yaratilgan boʻlib, jami 24 ta mavzuni qamrab olgan. Ma‘ruzalar matnidan soha mutaxassislari, ilmiy-tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilar ham foydalanishlari mumkin.


    1. Download 4,33 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.