• 3.2-rasm. Mahsulotlarning raqobatbardoshligini shakllantirish.
  • 3.1. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet16/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    3.1-rasm. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining sifatini shakllantirish sxemasi.

    Zamonaviy sharoitda mahsulot sifati tushunchasi nafaqat iste‘molchilarning talablarini, balki mahsulotning texnologik xususiyatlarini, dizayn va badiiy xususiyatlarini, ishonchliligini, chidamliligini, dizaynda qismlar va tugunlarni standartlashtirish va birlashtirish darajasini va boshqalarni qamrab oladi.






    3.2-rasm. Mahsulotlarning raqobatbardoshligini shakllantirish.

    Mahsulot sifati uning raqobatbardoshliligini ta‘minlashda eng muhim omillardan biridir. Mahsulotning raqobatbardoshliligi esa uning ichki va tashqi bozorda oʻz oʻrniga ega boʻlishidagi asosiy faktorlardan biridir.




    3.1. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
    Agar mahsulotga oʻrnatilgan talablarning barchasi qanoatlantirilsa, uni
    yaroqli mahsulot deb ataladi. Mahsulotga oʻrnatilgan talablarning nomuvofiqligi
    orqali nuqson kelib chiqadi. Nuqson mavjudligi sababli mahsulotni iste‘molchiga berib boʻlmasa, bunday mahsulot yaroqsiz mahsulot deyiladi. Mahsulot sifatini kerakli darajada belgilash, ta‘minlash va ushlab turish maqsadlarida uni yaratish va iste‘mol qilishda amalga oshiriladigan harakatlar orqali mahsulot sifatini boshqarish mumkin.
    Mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnik va axborot vositalari yordamida oʻzaro munosabatda boʻluvchi boshqaruv idoralari va obyektlari majmuasi mahsulot sifatini boshqarish tizimi deyiladi.
    Mahsulot sifati koʻrsatkichining ehtimoliy qiymatlarini aniqlash orqali mahsulot sifatini oldindan aytib berish (bashorat qilish), mahsulotni talab etilgan sifat koʻrsatkichlari bilan ishlab chiqishga asosli topshiriqlarni belgilash orqali mahsulot sifatini rejalashtirish, mahsulot xususiyatlarini miqdoriy va sifat jihatdan tekshirish orqali esa mahsulot sifatini nazorat qilish mumkin. Mahsulot sifati ustidan nazoratni maxsus vakolatli idoralar amalga oshiradi. Har qanday korxona faoliyatining muhim koʻrsatkichlaridan biri mahsulotning sifatini ta‘minlashdir. Sifatni ta‘minlash nafaqat korxona darajasidagi, balki umumdavlat darajasidagi masala hisoblanadi [17].
    Mahsulot sifatini boshqarish deganda, boshqarish idoralari va boshqariluvchi obyektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida oʻzaro bogʻlanishning majmui tushuniladi.
    Mahsulot sifatini boshqarish oʻzida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini oʻz ichiga oladi:

      • oldindan aytib berish va rejalashtirish;

      • ishlarni tashkil qilish;

      • oʻzaro muvofiqlashtirish va tartibga solish;

      • faol harakatni ragʻbatlantirish;

      • nazorat, hisob-kitob va tahlil qilish.

    Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari ikki guruhga boʻlinadi:

    • Ishlab chiqarish tizimini yuqori darajaga oʻtkazuvchi (mahsulotning yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish hamda oʻzlashtirishini ta‘minlovchi) guruhi;

    • Ishlab chiqarish tizimidagi turgʻunlikni ushlab turish va oʻzlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasini ta‘minlash guruhi.

    Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma siklda amalga oshuvchi
    ―rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat-boshqaruv‖ jarayonlarining yigʻindisidir. 3.4-rasmda boshqaruv sikli keltirilgan.


    Download 4,33 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.