• 5.4-rasm. Briksometr asbobi.
  • 5.5-rasm. Penetrometr yordamida oʻlchash ishlari.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet24/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    5.3-rasm. Refraktometr asbobi.

    Refraktometr asbobi oʻlchash ma‘lumoti signalini taqdim etish shakliga koʻra raqamli va mexanik turlarga ajraladi. Oʻrnatilish holatiga koʻra statsionar, koʻchma, ya‘ni qoʻlda olib yuriladigan turlari mavjud.


    Meva-savzovat mahsulotlari, masalan, olma yoki shaftoli tarkibidagi saxaroza miqdorini aniqlamoqchi boʻlsak, ushbu mevalarni siqish orqali ularning sharbati olinadi va refraktometrga belgilangan miqdorda tomiziladi. Asbob meva tarkibidagi saxaroza miqdorini, shu jumladan qattiq eruvchan moddalarning miqdorini aniqlab beradi. Eslatma sifatida shuni aytib oʻtish mumkinki, agar siqish orqali olingan meva sharbati qanchalik quyuqroq boʻlsa, ya‘ni zichligi kattroq boʻlsa, demak uning tarkibida saxaroza miqdori koʻproq boʻladi.
    Meva-savzovat mahsulotlarining sifatini baholashda, boshqacha aytganda navlarga saralashda mutaxasislar tomonidan qabul qilingan maxsus shkala mavjud, unga koʻra mahsulotlarning sifati quyidagicha baholanadi: past, oʻrta, yaxshi, a‘lo.
    Bunday baholashlarni amalga oshirishda briksometr deb ataluvchi maxsus oʻlchash asbobi (5.4-rasm) va Briks shkalasidan (5.2-jadval) foydalaniladi.


    5.4-rasm. Briksometr asbobi.
    5.2-jadval

    Meva-savzovat mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlaridan biri – bu ularning qattiqlik darajasidir. Meva-savzovat mahsulotlarining qattiqlik darajasini aniqlash uchun qoʻllaniladigan asbob - bu penetrometr deb ataladi (5.5-rasm).


    Meva-savzovat mahsulotlarining qattiqlik darajasiga qoʻyiladigan talablar mavjud. Bu talablar terim paytida, joʻnatish va iste‘mol paytidagi talablarga ajratiladi. Bu haqdagi ma‘lumotlar 5.3-jadvalda oʻz aksini topgan.





    5.5-rasm. Penetrometr yordamida oʻlchash ishlari.
    5.3-jadval Meva-savzovat mahsulotlarining qattiqlik darajasiga qoʻyiladigan talablar

    Jadvalda keltirilgan nasadka chuqurligi deganda mevaning qattiqligini oʻlchashda penetrometr asbobining maxsus uchligini mevaga botirilish chuqurlig tushuniladi. Modeli esa ushbu uchlik moslamaning modelini ifodalaydi.


    Penetrometrdan foydalanish boʻyicha quyidagi tavsiyalarini keltirib oʻtish mumkin:

    • daraxtni tashqarisidagi meva ichkarisidagiga nisbatan qattiqroq;

    • mayda olma ham nisbatan qattiqroq boʻladi;

    • Mumkin qadar hajmi bir xil boʻlgan mevalardan namunalar olish kerak, ruxsat etilgan farq 0,6 sm boʻlishi kerak;

    • Namuna uchun olinayotgan olma hajmi oʻlchami bogʻdagi aksariyat olmalarni tashkil etishi kerak;

    • Harorat ham ta‘sir koʻrsatishini e‘tiborga olish lozim. Issiq haroratda mevani qattiqligi past, sovuqroq haroratda esa ortadi;

    • Azot miqdori koʻp boʻlsa ham, olmani qattiqligi pasayadi.

    Ayrim mevalarning sifatini baholashda ularning rangi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, gilosning rangiga qarab, uning sifatini baholashda maxsus shablonlardan foydalaniladi (5.6-rasm).


    Download 4,33 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.