• 5.1-rasm. Meva-savzovatlarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet23/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Turli xil mahsulotlar sifatini baholash

    Mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash me‘yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va mutaxassisdan yuqori malaka, diqqat-e‘tibor va aniqlikni talab etadi.
    Quyida meva-sabzovatlarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va baholash haqida ayrim ma‘lumotlarni berib oʻtamiz.
    Meva-sabzovatlarning sifat koʻrsatkichlarini umumiy tarzda ikki guruhga ajratish mumkin: tashqi sifat koʻrsatkichlari va ichki sifat koʻrsatkichlari.
    Tashqi sifat koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • rangi;

    • hajmi;

    • shakli;

    • sogʻlomligi (nuqson yoki jaraohatlarning mavjud emasligi).

    Tashqi sifat koʻrsatkichlari asosan orgonoleptik usulda, ya‘ni asosan inson koʻzi yordamidagi kuzatishlar orqali aniqlanadi. Shuningdek namuna sifatida qabul qilingan mahsulot namunalariga solishtirish usulidan yoki zaruriyatga qarab boshqa usullardan foydalanish mumkin.
    Ichki sifat koʻrsatkichlari asosan laboratoriya usulida aniqlanadi (5.1-rasm,

    1. va ularga quyidagilar kiradi:

      • ichki tuzilishi va teksturasi;

      • mazasi (ta‘mi);

      • ozuqaviyligi;

      • ichki nuqsonlar mavjudligi;

      • xavfsizligi.





    5.1-rasm. Meva-savzovatlarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash.

    Meva-savzovat mahsulotlarini xarid qilish uchun tanlashda iste‘molchilar tomonidan qoʻyiladigan asosiy mezonlar mavjud. Quyuidagi 5.1-jadvalda ayrim meva-sabzovatlarga iste‘molchilar tomonidan qoʻyiladigan asosiy sifat mezonlari haqida ma‘lumotlar aks etgan.


    5.1-jadval

    Meva-savzobat mahsulotlarining umrini belgilovchi va unga bevosita ta‘sir etuvchi asosiy omil – bu uning namligidir. Meva-savzobat mahsulotlarini terish oldidan, terish paytida, saralash va saqlash jarayonida, transportirovka paytida va sotuvga chiqarilgan paytida ham ularning namligi doimiy tarzda nazorat qilib boriladi. Buning uchun esa maxsus nazorat- oʻlchash asboblari, jumladan termometr va gigrometrlar (5.2-rasm) qoʻllaniladi.




    a) b)
    5.2-rasm. Meva-savzovat mahsulotlarining namligini oʻlchash asboblari:
    a) termometr; b) gigrometr

    Meva-savzovat mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlarini belgilashda ularning tarkibidagi saxaroza, glyukoza, fruktoza, mineral moddalar, vitaminlar, aminokislota, protoin, garmon va bsohqalarning miqdori muhim ahamiyatga ega. Meva-savzovat mahsulotlarining tarkibidagi saxaroza miqdorini, qattiq moddalarning miqdorini aniqlashda refraktometr deb ataluvchi maxsus oʻlchash asbobidan foydalaniladi (5.3-rasm).



    a) portativ, mexanik b) portativ, raqamli c) statsionar

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.