• Ishlab chiqarish-texnika nazorati
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet20/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    4.1-rasm. Texnik nazorat obyektlarining mahsulot hayotiy siklining boshqariladigan bosqichlari bilan aloqasi.

    Texnik nazorat konstruktor-texnologik hujjatlar talablariga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlash, mahsulotlarni eng kam vaqt va kam


    xarajatlar bilan ishlab chiqarishni osonlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan dastlabki ma'lumotlar va materiallarni taqdim etish uchun moʻljallangan.

      1. Ishlab chiqarish-texnika nazorati

    Ishlab chiqarish-texnika nazorati - sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui.
    Texnik nazorat ishlab chiqarishning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dastgohlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va b.) da amalga oshiriladi.
    Nazorat qilinadigan obyekt xususiyatiga koʻra, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy tahlil, metallografik tadqiqotlar oʻtkazish, sinab koʻrib nazorat qilish va boshqa usullari bor.
    Tashkiliy jihatdan uning quyidagi turlari mavjud:

    • texnologik jarayonlarni nazorat qilish;

    • operatsion nazorat (mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq operatsiya bajarib boʻlingach, oʻtkaziladi);

    • inspeksion (yoki tanlab) nazorat qilish;

    • boshlangʻich nazorat (korxonaga yetkazib berilgan materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi detallar nazorat qilinadi);

    • faol nazorat (mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida oʻlchov asboblari yordamida nazorat qilish);

    • tayyor mahsulotni qabul qilish jarayonidagi nazorat va b.

    Ishlab chiqarish texnika-nazoratining asosiy vazifasi korxonalardagi nazorat operatsiyalarning bajarilishini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning komplektligini tekshirish, brakni yoʻqotish hamda mahsulotni belgilangan standart va texnik shartlarga muvofiq qilib ishlab chiqarishni taʼminlashdan iborat.
    Ishlab chiqarish texnika-nazoratini korxona boʻlimlarida xodimlar, sexlarda ishchilar, sozlovchilar, ustalar, brigadirlar va korxonalarning hamma muhim uchastkalarida texnika nazorati boʻlimi xodimlari amalga oshiradi.
    Texnika nazorati boʻlimining vazifasi nazorat usullarini ishlab chiqish, brakni hisobga olish va tahlil qilishidir.
    Hozirgi vaqtda detallarni ishlab chiqarish jarayonida nazorat qilishning eng zamonaviy usullari, ya‘ni avtomatlashtirish va yoppasiga nazorat qilishni yaratishga keng eʼtibor qaratilgan.
    Oʻzbekistonda Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, "Kabul tekstaylz" korporatsiyasining Oʻzbekistondagi qoʻshma
    korxonalarida va boshqalarda mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishning xuddi shunday zamonaviy usullari tadbiq etilgan.




      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.