• 3.3-rasm. Mahsulot sifati nazorati tizimining strukturaviy-funksional modelining umumiy koʻrinishi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet18/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mahsulotlar sifatini nazorat qilish

    Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi – bu oʻzaro bogʻliq boʻlgan nazorat obyektlari va subyektlari, mahsulot sifatini baholash va mahsulot hayotiy siklining turli bosqichlarida va sifat menejmenti darajalarida nuqsonlarning oldini olish uchun foydalaniladigan turli usullar va vositalar toʻplamidir (3.3-rasm) [16].
    Mahsulotlar sifatini tekshirish – mahsulotlarning sifat va morfologik koʻrsatgichlarini me‘yoriy-texnik hujjatlarga toʻgʻri kelishiga aytiladi.
    Mahsulotlar ishlab chiqishidan oluvchiga yetib borguncha bir necha bor tekshiriladi: operatsion, qabul, daromad tekshiruvlari mavjud.
    Operatsion tekshiruv – har bir bosqichdan keyin tekshiriladi.
    Qabul tekshiruvi – ishlab chiqarishni oxirida bajariladi. Sifatni boshqarish boʻlimi tamgʻasi bosilishi mahsulotni sifatliligini bildiradi.
    Daromad tekshiruvi – sanoat korxonalariga kelgan xom-ashyolarni va savdoga kelgan mahsulotlarni sifati boʻyicha qabul qilish jarayoniga aytiladi.




    3.3-rasm. Mahsulot sifati nazorati tizimining strukturaviy-funksional modelining umumiy koʻrinishi.

    Mahsulotlar sifatini tekshirishning quyidagi turlari mavjud:



    • yoppasiga tekshirish;

    • tanlanma asosida tekshirish.

    Koʻproq tanlanma asosida tekshirish ishlatiladi, chunki bu usul kamroq vaqt talab qiladi. Elektr lampalarini har biri nominal darajadan 15% oshiqroq kuchlanishdagi elektr tokka 10 sekund bardosh bera olishi sinab koʻrilishi kerak. Shunda 15-200 Vt li lampalar ichida kuygani 1,5 % dan oshmasligi kerak, shunda ular qabul qilinadi. Aks holda dalolatnoma tuzib ishlab chiqarishga qaytarilib yuboriladi.
    Mahsulotlarni sifat va morfologik koʻrsatgichlari koʻpligi uchun tekshirishlarda hammasini tahlil qilishi qiyin. Shu sababli standartlarini ―Qabul qilish qoidalari― boʻlimida tekshirishini dasturiga qarab har xil sinovlar koʻrsatiladi:
    Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari ham amalga oshiriladi.
    Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni me‘yoriy hujjat talablariga yoppasiga ba‘zi koʻrsatgichlar boʻyicha texnik nazorat boʻlimi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qoʻshib joʻnatiladigan hujjatlarda belgi qoʻyiladi.
    Sanoat korxonalarida sifatni barqarorligini ta‘minlash uchun davriy tekshiruv oʻtkazilib turiladi.
    Bir andozadagi (namunali) sinovlar. Bunda har 2-3 yilda oʻtkaziladigan sinovlar (mustahkamligini sinash uchun);
    Ta‘mirlashga yaroqliligini aniqlash uchun 5 yilda bir marta sinaladi.
    Mahsulotlar 3 ta belgi boʻyicha (sifat, miqdor, muqobil) sifat guruhlarga boʻlinadi.
    Mahsulotni sifat belgisi boʻyicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalari oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar esa 2 navga boʻlinadi.
    Nuqsonlar namoyon boʻlishiga qarab yaqqol koʻrinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga boʻlinadi.
    Yana nuqsonlar katta-kichikligi boʻyicha jiddiy, yirik va nojiddiy turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish boʻyicha hom-ashyo, konstruksiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga boʻlinadi.
    Mahsulotlarni miqdor belgisi boʻyicha qabul qilish. Bunda mahsulotning sifat koʻrsatgichlarini miqdori aniqlanib, me‘yoriy-texnik hujjatlar talabiga solishtirish koʻzda tutiladi. Masalan, sementning sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yoʻli bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligining yarmini bildiradi. 28 kundan keyin toʻla pishiqligi koʻrinadi bunda natijalarda 5% ortiq farq boʻlmasligi kerak. Koʻp farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha boʻlsa, 200 va 380 kg/sm gacha boʻlsa – 300 markali deb hisoblanadi.
    Mahsulotlarni muqobil belgisi boʻyicha tekshirish savdoda keng qoʻllaniladi, mahsulotlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga boʻlinadi.



    Download 4,33 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.