O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet35/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

Putur yetkazmasdan nazorat qilishni tashkillashtirish va oʻtkazish hamda natijalarini rasmiylashtirish

Putur yetkazmasdan nazorat qilishni tashkillashtirish laboratoriyada putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini kuzatuvchanligi ta‘minlash va putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini qayd qilish tizimi shakllantirish bilan amalga oshiriladi.
Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarni qayd qilish, lozim boʻlganda, obyektning hajmini toʻgʻri aniqlanganini, usilini, yoʻlini va putur yetkazmasdan nazorat qilish vositlarini, yaroqsizlash mezonlarini toʻgʻri tanlanganligini tekshirishga, tekshirish (sinash) ishlarni oʻtkazgan va xulosalar xodimlarni aniqlashga imkon beradigan axborat hajmiga ega boʻlishi kerak.
Laboratoriyada tekshirish (sinash) natijalarini (xulosalar, bayonlar, hisoblar va sh.u.) rasmiylashtirish tartibi aniqlangan boʻlishi va tekshirish (sinash) natijalari va ularni rasmiylashtirish uchun javobgarligi belgilangan boʻlishi kerak. Tekshirish (sinash) natijalari putur yetkazmasdan nazorat qilishni oʻtkazgan va putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarni tekshirgan mutaxassis tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Putur yetkazmasdan nazorat qilish
boʻyicha xulosa laboratoriya rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Laboratoriyada tekshirish (sinash) natijalarini saqlash uchun javobgar shaxs boʻlishi va Oʻz DSt ISO/IEC 17025 standartlari boʻyicha ishlarni amalga oshirish lozim.
Obyektlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari boʻyicha konstruktorlik hujjatlari (KH) yoki me‘yoriy hujjatlar (MH) lar talablariga muvofiqligini bohalash putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha tegishli malakaviy talablarni qanoatlantiradigan mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Sinov (tekshirish) natijalari shubhali boʻlganida korxona tegishli boʻlimlarining putur yetkazmasdan nazorat qilishning berilgan turi (usuli) boʻyicha ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish uchun mas‘ul mutaxassislari jalb qilinishi kerak.
Obyektlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari «Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarni roʻyxatga olish jurnali»ga kiritilishi kerak. Jurnalning shakli putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha MH bilan aniqlanadi va u quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
-tashkilot va uning boʻlimini nomi;
-tekshirish (sinov) ni oʻtkazgan boʻlimi (qismi) ning nomi;
-sinov (bayonnoma) raqami;
-sinov (bayonnoma) sanasi;
-sinov buyurtmachisi boʻlimining nomi;
-buyurtma raqami;
-sinov obyektning nomi;
-putur yetkazmasdan nazorat qilish (sinov) obyektining zavod raqami yoki chizmasining belgilanishi;
-putur yetkazmasdan nazorat qilish (sinash) obyektning materialini markasi;
-tekshirish natijasi – obyektni tekshirilgan (sinovdan oʻtkazilgan) parametrlarining KH va MH talablariga muvofiqligi (yoki nomuvofiqligi);
-talablariga muvofiq putur yetkazmasdan nazorat qilish (sinovlar) oʻtkazilgan KH yoki MHlarning belgilanishi;
-tekshirish natijalari boʻyicha xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, imzosi va lovozimi;
-putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari boʻyicha xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, imzosi va lovozimi, putur yetkazmasdan nazorat qilish ning muayyan usuli boʻyicha malakasini darajasi, guvohnamasining raqami va berilgan sanasi (bor boʻlsa);
-tekshirish (sinov) natijalarini tekshirgan putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻlinmasi (uchastkasi) rahbarining familiyasi, imzosi.
Zarur boʻlganda putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini roʻyxatga olish jurnallari va bayonnomala-rida tekshirish (sinash) natijalarini kuzatib borish uchun lozim boʻlgan boshqa qoʻshimcha axborot nazarda tutilishi mumkin.
Jurnalni rasmiylashtirishning toʻgʻriligini va oʻz vaqtida olib borilganligini muntazam tekshirishni korxonaning putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻlinma (uchastka) sining rahbari amalga oshiradi.
Obyektni putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari tekshirish (sinov) bayonnamasi koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
Obyektga putur yetkazmasdan nazorat qilishning mazkur usullari boʻyicha tekshirish (sinov) bajarilgani haqida guvohlik beruvchi va obyekt sifatining uni tayyorlash, montaj kilish, ta‘mirlash va ishlatish boʻyicha KH (MH) lar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi belgilar tushirish (tamgʻalash, markalash) shuningdek obyekt uchun putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari bilan tekshirish (sinov) bajarilgani tugʻrisidagi texnik hujjatlarni rasmiylashtirish korxonada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.




    1. Download 4,33 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.