O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet43/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

8.4-rasm. Magnitkukunli usulda mahsulot sifatini nazorat qilish.
1-magnit maydoni; 2-nuqson; 3-magnit maydonning buzilishi; 4-magnitsuspenziya; 5- zarrachlarning toʻplanishi.





oladi:
Magnit-kukunli usul quyidagi texnologik jarayonlarni oʻz ichiga qamrab



  1. Payvand birikma yuzasini tekshirishga tayyorlash. Yuzalar turli

ifloslanishlardan, shlaklardan, payvandlashdan keyin hosil boʻluvchi oqmalardan, suyuq metalning purkalish qoldiqlaridan va boshqalardan tozalanishi kerak.

  1. Suspenziayni tayyorlash, ya‘ni magnit kukini va maxsus suyuqlik aralashmasini tayyorlash.

  2. Nazorat qilinuvchi buyumni magnitlantirish.

  3. Tayyorlangan maxsus suspenziyani yoki magnit kukunlarini detalning nazorat qilinuvchi yuzasiga sepish.

  4. Nazorat qilinuvchi yuzani kuzatish va magnit kukunlari joylashish holatiga qarab nuqson mavjud joylarni aniqlash.

  5. Payvand birikmani magnitsizlantirish.

Magnit kukunli defektoskopiya payvand birikmalardagi oʻta mayda va nozik nuqsonlarni aniqlashga ham qodirdir. Bu usul ancha sodda, vizual natijalar beradi, vaqt sarfi ham kam.
Magnit kukunkli usulning sezgirligi quyidagi sabablarga bogʻliq tarzda farq qilishi mumkin:

  1. Kukun zarrachakarining kattaligi va qoʻllash usuli.

  2. Payvand birikmaga ta‘sir etuvchi magnit kuchlanishi.

  3. Qoʻllanilayotga tok turi (oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok).

  4. Nuqsonlarning shakli va kattaligi, ularning joylashish chuqurligi, shnuningdek nuqson fazoda qanday joylashganligi.

  5. Birirkmaning magnitlanish yoʻnalishi va magnitlash usuli.

  6. Nazorat qilinayotgan sirtning sifati va shakli.

Ultrabinafsha yoritilishida magnit lyuminissent kukunlarni ishlatilishi nuqsonlarni aniq koʻrinishiga va nazorat unumdorligini oshishiga olib keladi. Ularni tarkibiga masalan xlorli metilon va ferromagnit kukun kirishi mumkin. Zarrachalar oʻlchamlari 0,1  60 mkm gacha boʻladi. Bundan tashqari magnit suspenziyalar ishlatilishi mumkin. Bu suyuq muhitdagi magnit zarrachalardir. Koʻpincha suvli yoki moyli suspenziyalar qoʻllaniladi. Zarrachalar oʻlchamlarining yuqori chegarasi 40-60 mkm ni, pastki chegarasi esa 0,1 mkm ni tashkil qiladi.
Magnit kukunli usul boshqa usullarga nisbatan katta ahamiyatga ega. Bunga sabab yuqori sezgirlik nuqsonlarga nisbatan oddiy va nazorat natijalari universal darajada boʻladi.
Nuqson mavjud boʻlgan nuqtada magnit maydonidagi magnit zarrachalariga ularni nuqson joyiga tortuvchi kuch ta‘sir qiladi. Ushbu kuch ta‘sirida zarrachalar siljib, nuqson atrofida toʻplam hosil boʻladi. Nuqsonni aniqlash darajasi ishlatilingan zarrachalar oʻlchamlari va magnit xossalariga bogʻliq.
Detallarni magnitlash nazoratning asosiy jarayonlaridan biridir. Magnitlash usulini toʻgʻri tanlash sezgirlik va nuqsonni aniqlash imkoniyatiga katta ta‘sir qiladi. Magnit kukunli usulda magnitlashni uchta usuldan foydalaniladi:

    1. sirkulyar magnitlash.

    2. Qutbli usulda magnitlash.

    3. Aralash magnitlash.





  1. Download 4,33 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.