O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




Download 4,33 Mb.
bet41/119
Sana24.05.2024
Hajmi4,33 Mb.
#252328
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
Bog'liq
MM Mahsulot sifati nazorati-2022

8.1-rasm. Magnitli nazorat usuli.


8.2-rasm. Sifatli va nuqsonli payvand birikmalarda kesim yuzasi boʻlab magnit oqimining taqsimlanishi:
1 – sifatli payvand birikma; 2 – nuqsonli payvand birikma.

    1. Magnitli nazorat usullari

Putur yetkasmasdan nazorat qilishda qoʻllaniladigan magnit usullarining quyidagi turlari mavjud:

  • magnitkukunli;

  • ferrozondli;

  • induksion;

  • magnitografikli;

  • ponderomotorli;

  • magnitorezistiv;

  • Xoll effekti usuli.

Magnit-kukunli usul. Bu usullar ichida ishonchliligi yuqori boʻlgan va keng qoʻllaniladigani magnitkukunli usuldir. Bunda nuqsonlar magnit indikator yordamida suspenziya yoki kukun shaklida magnit tarqalish maydonlarini roʻyxatdan oʻtkazish orqali aniqlanadi. Usul 1,5-2 mm dan oshmaydigan chuqurlikdagi sirt va sirt osti nuqsonlarini aniqlash uchun ishlatiladi.
Magnitografik usul. Bu usulda obyektning magnit maydonlari toʻlqin shaklida magnit muhitda qayd yetiladi.
Ferrozondli usul. Bu usulda nuqsonlar ferrozondli oʻzgartkichlar orqali magnit maydon kuchlanganligini, shu jumladan magnit tarqalish maydonlarini oʻlchash orqali aniqlanadi.
Ponderomotorli usul. Oʻrganilayotgan obyekt magnit maydonining elektromagnit, doimiy magnit yoki tokli ramkaning magnit maydonlari bilan oʻzaro ta‘siriga asoslangan.
Magnitorezistiv usul. Oʻrganilayotgan obyekt magnit maydoni magnitorezistiv oʻzgartkichlar yordamida qayd etiladi.
Xoll effekti usuli. Bu usulda magnit maydonlarni qayd etish uchun uchun bir xil nomdagi oʻzgartkichlar qoʻllaniladi.
Nazoratning magnit usullari qisman yoki butunlay ferromagnit materiallardan tayyorlangan obyektlar uchun qoʻllaniladi. Ushbu materiallar magnit maydon ta‘sirida oʻz xossalarini oʻzgartiradi.
Magnit maydon tokli oʻtkazgichlar va doimiy magnitlar yaqinida paydo boʻladi, unga tegishli boʻlgan asosiy xarakteristika magnit induksiya vektoridir. U quyidagi formula orqali ifodalandi:
Ф BS cos ;
Bu yerda: Ф - magnit oqimi, B - magnit induksiya vektori, S - berk kontur yuzasi, α - maydon yoʻnalishi va kontur orasidagi burchak.
Magnit maydonning yana bir muhim xarakteristikasi - bu kuchlanganlik vektoridir:
B 0H ;

Bu yerda:
0 -magnit doimiysi, -materialni nisbiy magnit singdiruvchanligi, H -

magnit maydon kuchlanganligi, A/m; B- magnit maydon induksiyasi, Tl.
Temir va uning qotishmalarida struktura, faza tarkibi, plastik deformatsiya darajasi boʻyicha keng chegaralarda oʻzgarishlarni kuzatish mumkin. Temir asosli qotishmalar tarkibi ferromagnit (ferrit) va noferromagnit (austenit) fazalarga ajraladi. Temirning nouglerod qotishmalari va austenit poʻlatlar odatda paramagnit hisoblanadi. Ular kam miqdorda ferritdan iborat, shuning uchun magnit toʻyintirishga katta magnit maydonlar talab qilinadi (H = 106 A/m gacha). Kichik va oʻrta legirlangan poʻlatlar uchun H ≈ 105 A/m.
Putur yetkazmasdan nazorat qilishdagi barcha magnit usullari magnitlangan ferromagnetiklardagi mavjud nuqsonlar orqali maydon oʻzgarishini aniqlashga asoslangan. Quyidagi 8.3-rasmda 1 yuzada joylashgan nuqson (kengligi b va chuqurligi h) atrofidagi tipik maydon tarqalishi Фр koʻrsatilgan.





Download 4,33 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Download 4,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

Download 4,33 Mb.