• 9.2-rasm. Bitta gʻaltak yordamida uyurmaviy tok yordamida nazorat qilish jarayoni sxemasi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet49/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    9.1-rasm. Uyurmaviy tok yordamida nazorat qilish.

    Odatda oʻzgartirgich sifatida oddiy induktiv gʻaltakni qoʻllash (bitta yoki bir nechta) mumkin (9.2-rasm). Uyurmaviy tok oʻzgartkichi (UTOʻ) gʻaltagidagi sinusoidal yoki impulsli tok eletromagnit maydonni hosil qiladi va elektrr oʻtkazuvchi obyektda uyurma toklarni qoʻzgʻatadi. Uyurmaviy toklarning elektromagnit maydoni oʻzgartirgichning gʻaltagiga ta‘sir qilib, gʻaltakda EYUKni hosil qiladi yoki ularning toʻliq qarshiligini oʻzgartiradi. Gʻaltak zajimida kuchlanishni yoki ularning qarshiligini registratsiya qilib, obyekt xususiyati haqida va oʻzgartirgichga nisbatan qanday joylashgani haqida ma‘lumotlar olinadi.





    9.2-rasm. Bitta gʻaltak yordamida uyurmaviy tok yordamida nazorat qilish jarayoni sxemasi.

    Rasmda bitta gʻaltakli uyurmaviy tok oʻzgartkichi tasvirlangan. U halqa yoki spiral shaklida qilingan bitta g'altakdan iborat. Oʻzgaruvchan kuchlanish manbai datchikning gʻaltagida oʻzgaruvchan tok hosil qiladi, u esa birlamchi oʻzgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Gʻaltak tomonidan hosil qilingan maydon qisman nazorat obyektiga ma‘lum bir chuqurlikgacha kirib boradi, natijada oʻzgaruvchan magnit maydoni tufayli nazorat obyektida uyurmaviy toklar hosil boʻladi. Uyurmaviy toklar oqimining taqsimlanishi birlamchi oʻzgaruvchan maydonning chastotasiga, materialning magnit oʻtkazuvchanligiga, materialning oʻziga xos elektr qarshiligiga, shuningdek datchik joylashgan hududdagi nazorat obyektining geometrik parametrlariga bog'liq.


    Uyurmaviy toklar oqimi sohasida nuqsonlar mavjud boʻlsa, u holda ularning traektoriyalarida oʻzgarish kuzatiladi. Natijada, uyurmaviy toklar oqimi bilan aniqlanadigan ikkilamchi maydoni ham oʻzgaradi. Uyurmaviy toklar oqimlarining ikkilamchi maydonining shakli, amplitudasi va fazasini tahlil qilib, nuqsonlarning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻg'risida xulosa chiqarishimiz mumkin. Kamchiliklardan tashqari, uyurmaviy toklar oqimlarining ikkilamchi maydonining taqsimlanishiga nazorat obyektidagi mavjud tirqishlar va detalning qalinligi ham ta‘sir qiladi, shuning uchun usul nafaqat nuqsonlarni aniqlashga, balki nazorat obyektining qalinligini oʻlchashga imkon beradi.
    Oʻzgartirgich EYUKi (yoki qarshiligi) nazorat obyektining koʻplab parametrlariga bogʻliq boʻlib, uning ma‘lumoti koʻp parametrli boʻladi. Bu uyurmaviy toklar usuli (UTU)ni amalga oshirishni murakkabligini va yutuqlarini belgilab beradi. Bir tomondan UTU koʻp parametrli nazoratni amalga oshirish imkonini beradi, boshqa tomondan obyektni alohida parametrlari haqidagi ma‘lumotlarni ajratib olish uchun maxsus usullarni kerak.
    Bitta parametrni nazorat qilishda oʻzgartirgichning boshqa signallarining ta‘siri halaqit beruvchi hisoblanadi va ushbu ta‘sirni kamaytirish kerak boʻladi.
    Elektromagnit nazoratning boshqa usullardan farqlanuvchi xususiyati shundaki, nazoratni oʻzgartirgich va obyektni oʻzaro kontaktisiz oʻtkazish mumkinligidan iborat. Odatda ularning oʻzaro ta‘siri kichik masofada amalga oshiriladi, lekin obyektga nisbatan oʻzgartirgichning harakati uchun yetarli boʻladi (bir necha millimetrgacha). Shuning uchun ushbu usul bilan yuqori tezlik bilan harakatlanayotgan nazorat obyektlari haqida yaxshi natija olish mumkin. Dastlabki ma‘lumotlarni elektr signallar koʻrinishida olinishi, kontaktsizligi va yuqori samaradorligi nazoratni avtomatlashtirish imkonini hosil qiladi.
    UTUning farqli tomoni quyidagicha: olingan signallarga namlik, bosim va gaz muhitining ifloslanganligi, radiaktiv nurlanish, nazorat qilinayotgan obyekt yuzasi oʻtkazmas modda bilan ifloslanganligi ta‘sir qilmaydi.




      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.